Antidangasalik
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB Nimadan boshlash kerak
ANTIDANGASALIK Hasan Mehmonov 1 KIRISH Bu kitobda keltirilgan barcha ma’lumotlar turli treninglar, kitoblar va tadqiqotlar asosida shakllantirilgan. Agar siz dangasalikni yengish yo‘llarini bilib olish uchun kitobni xarid qilgan bo‘lsangiz, sizga undan zarracha foyda bo‘lmaydi. Agar siz kitobni bir kunda o‘qib tugatishni niyat qilgan bo‘lsangiz, bunda ham sizga kitobning foydasi tegmaydi. Buning sababi shundaki, avvalo, bilib olishning o‘zi yetarli emas! “Bilim kuch emas, amalda qo‘llangan bilim — kuch”. Siz kitobning har bir bobini o‘rtacha ikki-uch kunda vaqt tashlab, shoshilmasdan o‘qishingiz va har bir aytilgan vazifani bajarib borishingiz kerak bo‘ladi. Shundagina sizga kitobdan foyda bo‘lishi mumkin. Unutmang, “Rim bir kunda qurilmagan”. Bu kitob yaratilishida eng katta hissasi teggan inson — ustozim Dovranbek Turdiyevga minnatdorchilik bidirmoqchiman. Kitobning ko‘p qismi u kishidan olgan bilimlarim va treninglari asosida to‘plangan. 2 I BOB Nimadan boshlash kerak? Barcha insonlarda orzu-istaklar bor, ammo odamlar o‘z orzularini amalga oshirish o‘rniga, ijtimoiy tarmoqlarga, kompyuter o‘yinlariga, foydasiz uchrashuv va boshqa narsalarga mukkasidan ketishadi. Asosiy ish esa doimgidek dangasalik tufayli qolib ketaveradi. Siz ham shular qatorida bo‘lmasangiz, katta ehtimol bilan bu kitobni qo‘lingizga olmagan bo‘lardingiz. Psixologiyada “dangasalik” o‘rniga “prokrastinatsiya” iborasi ishlatiladi. Prokrastinatsiya — bu topshiriqlarni berilgan muddatdan o‘tkazib yuborish, asosiy ishlarni keyinga surish harakati. Bu odat, ayniqsa, talabalar orasida juda keng tarqalgan. 2007-yilda Kalgari universiteti psixologi Pirs Stil (Piers Steel) tomonidan o‘tkazilgan meta-tahlil 1 shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasasi o‘quvchilarining 80 foizdan 95 foizgacha qismi topshiriq va kurs ishlarini bajarishni muntazam ravishda kechiktiradi. Shu sababli biz siz bilan prokrastinatsiyani yengishga harakat qilamiz. Prokrastinatsiya kelib chiqishining ko‘plab sabablari bor. Shifokorga ko‘rinish orqali davolanadigan sabablariga depressiya, obsessiv-kompulsiv buzilish (OKB), diqqat yetishmasligi/giperaktivlik buzilishi (DYGB) va boshqalar kiradi. Shuningdek, xohish, qiziqish, kayfiyat yo‘qligi, nimadan boshlashni bilmaslik, ish hajmidan qo‘rqish va boshqa sabablar tufayli ham sizda prokrastinatsiya kuzatiladi. Demak, siz prokrastinatsiyani yengish uchun bir qoidani mukammal o‘zlashtirib olishingiz kerak. “Mayda o‘zgarishlar katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi”. Hayotingizdagi barcha narsalar mayda o‘zgarishlar oqibatida kelib chiqqan. “Kapalak effekti — qachondir Avstraliyadagi kapalakning birgina qanot qoqishi tufayli bir necha yillar o‘tib Amerikada to‘fon hosil bo‘ladi”. Bu shuni anglatadiki, barcha narsalar bir-biriga chambarchas bog‘liqlikda bo‘lganligi tufayli siz bu mukammal mexanizmdagi biror mayda elementni o‘zgartirish orqali undan keyingi katta elementlarning ham o‘zgarishiga sababchi bo‘lib qolasiz. Hayotingizda bu effekt ta’sirini qo‘llashingiz mumkin. Ya’ni siz o‘z hayotingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, eng mayda 3 o‘zgarishlardan boshlashingiz kerak. Biz doim qilayotgan ishlarimizning natijasini tezroq ko‘zimiz bilan ko‘rishga harakat qilamiz. Shu sababli biror ishni boshlashning o‘zidayoq ko‘proq bajarishga urinamiz. Masalan, siz chet tilidan lug‘at yodlashni boshlaysiz va bir necha kun davomida kuniga 150 tadan yangi so‘z yodlaysiz. Undan keyin sizda ishtiyoq so‘nadi, barchasi qiyindek tuyuladi va ishni tashlab qo‘yasiz. Fitnes bilan shugullanishni boshlaysiz: birinchi bir necha kunlikda siz qiyin mashqlarni qilasiz va qarabsizki, tanangizdagi og‘riqlar kuchli. So‘ngra siz barini tashlab qo‘yasiz. Ko‘pincha mayda o‘zgarishlardan boshlagan insonlar ham tashlab qo‘yishadi. Buning sababi, yuqorida aytganimizdek, bizning miyamizga o‘rnashib qolgan natijani tezroq ko‘rish bilan bog‘liq tushunchadir. Mayda o‘zgarishlar bilan boshlangan ishlar, -15 li xonadagi muzni eritish ℃ uchun xonani sekinlik bilan qizdirishga o‘xshaydi. Siz xona haroratini 0 ga ko‘tarishga ℃ ketgan vaqtingiz mobaynida muzda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. 0 dan keyin muz ℃ erishni boshlaganini ko‘rishingiz mumkin. Hayotingizga kiritadigan kichik o‘zgarishlar mohiyati ham xuddi shunday. Bir qancha vaqtgacha o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi, ammo bir kuni uyg‘onganingizda ko‘p narsa o‘zgarganini payqab qolasiz. O‘sha kungacha sabr bilan kichik o‘zgarishlarni amalga oshirishda davom etish kerak. Bu kitobni xarid qila olgan ekansiz, demak, men beradigan mayda vazifalarni ham bajara olasiz degan umiddaman. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling