Antidangasalik
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadlar bilan ishlash
1
/0 1 2 /0 1 3 /0 1 4 /0 1 5 /0 1 6 /0 1 7 /0 1 8 /0 1 9 /0 1 1 0 /0 1 Ekranda tungi va o‘qish rejimi + + + + + + + + + + 2 daqiqa hech narsa qilmaslik + + + + + + + + + + Qarmoqlar metodini bajarish + + + + + + + + + + Topshiriqlarni tuzish + + + + + + + + + + 29 In d ik at o rl a r A m al iy o tl ar III BOB Maqsadlar bilan ishlash Inson borki, orzular bilan yashaydi va uning bo‘lishi tabiiy. Ammo insonlarning katta qismi o‘z orzulariga erisha olmaydi. Sababi, orzu — mavhum tushuncha, unda aniq chegaralar va miqdorlar yo‘q. Shu bois biz orzularni aniqroq tushunchaga — maqsadlarga alamshtirishimiz zarur. Ikki turdagi maqsadlar samarali bo‘ladi: birinchisi “Qisqa muddatli” maqsadlar bo‘lib, 3, 5, 6 oydan to 1 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olishi kerak. Bir yildan ortiq muddatli maqsad qo‘ymaslik kerakligining sababi shundaki, insonga ta’sir qiluvchi atrof- muhit omillari, o‘qish-izlanish tufayli fikrlash o‘zgaradi. Bir yil avvalgi “Siz” hozirgi “Siz” bo‘lmay qolishi mumkin. Shunda hozir xohlayotgan maqsadingizni bir yildan keyin xohlamay qo‘yishingiz ehtimoli yo‘q emas. Agar bir yildan keyin sizning fikrlaringizda o‘zgarish bo‘lmasa, shunchaki aqliy jihatdan o‘smagan hisoblanasiz, xolos. Ikkinchisi esa missiya hisoblanadi. Missiya bu maqsaddan ham, hatto sizning hayotingizdan ham ustunroq bo‘lgan narsadir. Missiya — erishish juda amrimahol bo‘lgan maqsad. U butun umringiz davomida harakatda bo‘lishingizni ta’minlaydi. Qisqa muddatli maqsadlarga imkon qadar bitta vazifa qo‘yish juda muhim hisoblanadi. Fokusni bir joyga qaratish orqali maqsadingizga erishishingiz osonlashadi. Deylik, sizda bitta maqsad bor va uni amalga oshish ehtimoli 90% bo‘lsin, chunki 100% amalga oshadi, deb ayta olmaymiz. Agar siz maqsadingizning yoniga yana bitta maqsad qo‘shsangiz, yuqoridagi ehtimollik ikkiga bo‘linadi va u maqsadlarning amalga oshish ehtimoli 45% ga tushib qoladi. Siz maqsadlaringiz sonini qancha ko‘paytirishda davom etaversangiz, ularning amalga oshish ehtimoli shuncha kamayishda davom etadi. Demak, biz bitta qisqa muddatga bitta maqsad qo‘yish kerakligini bilib oldik, ammo qanday qilib juda ko‘plab maqsadlarimiz orasidan bittasini tanlab olishimiz mumkin? Buning uchun biz sport o‘yinlarida jamoalarning keyingi bosqichga chiqish strategiyasidan foydalansak bo‘ladi. Bir dona oq qog‘oz olasiz va shu bir yil ichida amalga oshirmoqchi bo‘lgan barcha maqsadlaringizni birin-ketin qatorma-qator qilib yozib olasiz. So‘ngra ketma-ketlikda turgan har ikkitasidan bittasini, hozirgi kunda hayotingizni yaxshi 30 tarafga o‘zgarishida muhim ahamiyat kasb etadiganini tanlaysiz, qolganlariga e’tibor bermaysiz. Ko‘plab maqsadlar orasidan bittasini tanlash qiyin, ammo ikkitadan bittasini tanlash oson. Shu zaylda davom etasiz va oxirida sizda faqat bitta maqsad qoladi. Uni amalga oshirganingizdan so‘ng shu ishni yana takrorlaysiz. Quyida bunga bir misol: Xuddi mana shu tartibda istalgancha maqsadlar orasidan bittasini tanlab olish mumkin. Maqsadlar aniq bo‘lishi kerak, shundagina ularga erishish osonlashadi. Maqsadlarni tartiblashtirish uchun maxsus SMARTER texnikasi mavjud. Bu texnikaning paydo bo‘lishi dastlab 1981-yilning noyabr oyida Jorj T. Doran (George T. Doran) tomonidan yozilgan “Management Review” 25 jurnali nashriga to‘g‘ri keladi. U biznes boshqaruv maqsadlariga ishora qilgan holda SMART maqsadlarni belgilash uslubiga bag‘ishlangan. Shundan keyin bu texnika butun dunyo bo‘ylab maqsad qo‘yishda eng mukammal texnika sifatida qo‘llana boshlandi. Hozirda uning rivojlangan Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling