Antidangasalik


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/29
Sana22.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1221279
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
Antidangasalik

Loyihalashtirish 
Biz maqsad qo‘yish qanchalik muhimligini va u qanday shartlarni bajarishi kerakligini
aniqlab oldik. Ammo maqsad qo‘yishning o‘zigina yetarli emas. Biz endi maqsadlarni
loyihalarga o‘tkazamiz. Loyihalashtirishda maqsadlarga aniq rejalar, qadamlar, topshiriqlar
belgilanadi. Bu bilan maqsadlar amalga oshishi yanada osonlashadi. 
Loyihani amalga oshirishning 3 bosqichi mavjud: 
1. Loyihalarni yozib olish.
2. Loyihalarni loyihachalarga bo‘lish. 
3. Birinchi qadamni aniqlash.
Bitta loyihani misol qilib olgan holda ish jarayonini tushuntiramiz. 
Loyiha — “Oziq-ovqat do‘koni ochish”.
Bu loyihani loyihachalarga ajratamiz: 
• MCHJ ochish;
• joy qidirish;
• ishchilar topish; 
• mahsulot sotib olish. 
“MCHJ ochish” loyihachasini olib, uning birinchi qadamini aniqlaymiz:
• internetga kirib, O‘zbekistonda MCHJ ochish uchun nimalar talab qilinishini
bilish.
Bu sizning birinchi qadamingiz bo‘ladi. Buni dangasa odam ham qila oladi. Sababi,
ikki daqiqadan ortiq vaqt olmaydi. Xuddi shunday barcha topshiriqlaringizni o‘ta
maydalashtirsangiz, uni amalga oshirishingiz shunchalik osonlashadi. Bu topshiriqni bajarib
34 


bo‘lishingiz bilan keyingi vazifa uchun birinchi topshiriqni aniqlab, shu zahoti bajarishga
tushasiz:
• Google-xaritaga kirib, Davlat xizmatlari markazi qayerda joylashganini
aniqlash; 
• “Yandex taksi”ni chaqirib, Davlat xizmatlari markaziga borish. 
Mana shunday ketma-ketlikda har bir topshiriqni yakunlashingiz bilan keyingi
topshiriqning birinchi qadamini aniqlab, bajarishni boshlaysiz. Birinchi qadamni
aniqlashingiz bilan stikerga yozasiz va daftaringizga yopishtirib qo‘yasiz. Shunda kun
oxiriga borib ko‘zingizga katta bo‘lib ko‘ringan ish bir nechta stikerdagi topshiriqlar bilan
bitganining guvohi bo‘lasiz.
Bir yillik maqsadlar qo‘yilganda o‘rtacha 7-9 ta maqsad qo‘yish taklif qilinadi. Siz
ham shunday qilishingiz mumkin, ammo ular orasida bittasi boshqalariga nisbatan
muhimroq bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Endi maqsadni qayerga yozish kerak, degan savolga javob bersak. Bloknotingiz
varag‘idek kattalikdagi bitta karton qog‘ozi olasiz va unga katta qilib asosiy
maqsadlaringizni yozasiz. So‘ngra uni shu bloknotning birinchi betiga qo‘yasiz. Istasangiz,
yopishtirib qo‘yishingiz ham mumkin. Sababi, siz maqsadingizni har kuni bir necha marta
ko‘rib turishingiz kerak. Ko‘z bilan ko‘rib turiladigan narsalar xotiradan osonlikcha
o‘chmaydi. Shuningdek, bu sizga psixologik bosim bergan holda oldinga tezroq
harakatlanishga undaydi. “Loyihalar ro‘yxatini ko‘rib chiqish” degan topshiriqni
cheklistingizning “Amaliyotlar” bo‘limiga yozib qo‘yasiz. “Time management” tizimlarida
barcha narsani oldindan rejalashtirish o‘rgatiladi. Ammo bunday qilish mutlaqo xato
bo‘ladi. Sababi, biz insonmiz va ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Kutilmagan hodisalar
biz avvaldan rejalashtirgan tuzilmalarni butunlay buzib yuborishi mumkin. Shu bois bizning
qiladigan birinchi asosiy ishimiz — maqsad (loyiha)ni aniqlash, ikkinchi — uni
loyihachalarga bo‘lib chiqish va uchinchi — kun davomida har bir loyihachaning birinchi
qadamini aniqlab, vaziyatga qaragan holda uni amalga oshirib borish.
35 


Ba’zida ko‘pchilik birinchi qadamni aniqlay olmaydi. Shu paytda “Vaqtni qisqartirish”
usuli qo‘l keladi. Oldingizda topshiriq bor va siz uning birinchi qadamini aniqlamoqchisiz.
Shunda tasavvur qilasiz: oldingizga bir qotil keldi va shu topshiriqni uzog‘i yarim soat
ichida bajarmasangiz, sizni o‘ldirishini aytdi. Shu paytda xayolingizga birinchi kelgan ish
topshirig‘ingiz bo‘ladi. Bu usul g‘alatidek tuyilishi mumkin, ammo eng samarali usullardan
biri hisoblanadi. O‘lim oldidagi qo‘rquv insonning o‘zi tasavvur qilmagan imkoniyatlarini
ochib beradi. Shunda tezroq o‘ylaysiz va tezroq harakatlanasiz. Topshiriqlaringiz vaqtini
qisqartiring va o‘zingizga savol bering: “Agar yarim soat vaqtim bo‘lganda, hozir nima ish
qilgan bo‘lardim?” Shunda javob tezda keladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling