Antidangasalik
Ko‘nikmali maqsadlar bilan ishlash
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
Ko‘nikmali maqsadlar bilan ishlash
Maqsadlar ikki xil bo‘ladi. Biz yuqorida shuning birinchi turi haqida gaplashdik. Bunday maqsadlarga do‘kon ochish, mashina sotib olish, sayohatga chiqish va hokazolar misol bo‘ladi. Ikkinchi turdagi maqsadlarga ko‘nikma shakllantirish orqali erishiladi. Misol uchun: IELTS'dan 7 ball olish, OTMga kirish, rus tilini o‘rganish va boshqalar. Bunday loyihalarni loyihachalarga ajratib amalga oshirib bo‘lmaydi. Hozir shunday loyihalarni amalga oshirishni o‘rganamiz. Ko‘nikma — bu avtomatizmgacha yetkazilgan mahorat. Misol uchun, o‘n yildan beri mashina haydaydigan taksichi yo‘lda harakatlanayotganda o‘zini erkin tuta oladi. Sababi, uning mahorati avtomatizmga yetgan. Yangi o‘rganuvchilardek qaysi pedalni bosishni o‘ylab o‘tirmaydi. Ko‘nikmani shakllantirishning asosiy qoidasi: ko‘nikmaga qancha ko‘p kuch va vaqt sarflasangiz, u shunchalik tez shakllanadi. Misol uchun, agar siz ingliz tili bilan kuniga yarim soatdan shug‘ullansangiz va sizning do‘stingiz ingliz tili bilan kuniga ikki soatdan shug‘ullansa, uning ingliz tilini bilish darajasi siznikiga qaraganda tezroq shakllanadi. Ingliz tilini o‘rganadiganlarning ko‘pchiligi dars qilishni istamasligining sababi — ular bir o‘tirganda kamida 2-3 soat davomida ingliz tili bilan band bo‘lishi kerak. Buncha vaqt davomida aqliy mehnat bilan shug‘ullanish har qanday odamni ish boshlanmasidan turib 36 dangasalikka chorlaydi. Katta vaqt hajmi tufayli biz ongsiz ravishda ishni boshlashdan qo‘rqamiz. Shunday holatda ham bir necha soatlab tinimsiz ishlashga undovchi samarali usul mavjud. 1980-yillarda universitet talabasi bo‘lgan Franchesko Chirillo (Francesco Cirillo) o‘zining “Pomodoro” texnikasini 27 yaratadi. Bu hozirda dunyodagi vaqtni boshqarish texnikalari orasida eng mashhuri hisoblanadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling