Antidangasalik
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlarning turlari
Davr qaytariladi
Dam olish vaqti tugashi bilan yana taymerni 25 daqiqaga qo‘yib, ishni qayta boshlaysiz. 4 ta “Pomodoro” davridan so‘ng yarim soat yoki bir soatlik katta tanaffus qilinadi. Keyin yana shunday davrni takrorlab, ishni davom ettirishingiz mumkin. 25 daqiqa universal vaqt hisoblanadi. Ko‘pchilik 25 daqiqa davomida chalg‘imasdan ishlay oladi. Agar sizga 25 daqiqa uzoqlik qilayotgandek bo‘lsa, uni 20 yoki 15 daqiqa qilib belgilang va bajaring. Tassavur qiling, 20 ta 10 kilogrammlik qutilarni binoning uchinchi qavatiga chiqarishingiz kerak. Bir martaning o‘zida buni olib chiqishning iloji yo‘q. Ammo siz har ikkita yoki bitta qutini ko‘tarib bir martadan qatnasangiz, barcha qutilarni qiyinchiliksiz yuqoriga olib chiqa olasiz. Xuddi shunday har qanday katta ishni mayda bo‘laklarga bo‘lib bajarish mumkin. Cheklistimizning “Indikatorlar” bo‘limiga “Pomodoro davri soni” degan topshiriqni kiritamiz. Topshiriqlarning turlari Dovranbek Turdiyev o‘zining “Antidangasalik” treningida topshiriqlarni ikki turga bo‘ladi: “Yashil topshiriqlar” va “Qizil topshiriqlar”. Yashil topshiriqlar sizning ko‘tarilishingizga yordam beradi. 38 Yashil topshiriqlar sizning loyihalaringizdan kelib chiqib qo‘yiladi. Misol uchun: ingliz tili bilan shug‘ullanish, ishingizga taalluqli kitoblarni o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va hokazo. Qizil topshiriqlar sizning tushib ketmasligingizni ta’minlaydi. Qizil topshiriqlarga misol: Siz maktabda ishlaysiz va doimo turli xil hujjatlarni to‘ldirib borishingiz kerak. Bu sizni yuksaltirmasa-da, ishda saqlab turish uchun asos bo‘ladi. “Yashil” va “Qizil” topshiriqlarni ajratib olish uchun o‘zingizga quyidagi savolni berish kifoya: “Nima uchun bu topshiriqni bajaryapman?” Hozir qilayotgan ishingiz, kasbingiz o‘zingizga qanchalik yoqsa, sizda yashil topshiriqlar ko‘p bo‘ladi. Ko‘pincha davlat ishida ishlaydiganlarda, abituriyent va talabalarda qizil topshiriqlar ko‘p bo‘ladi. Siz yashil topshiriqlar sonini qanchalik ko‘paytirishda davom etsangiz, bu o‘sishingizni ta’minlaydi. Sana: Uyqu soatlari 6 6 7 8 6 7 8 7 8 8 Bajarilgan topshiriqlar soni 4 5 5 6 5 7 6 8 9 8 Pomodoro davri soni 4 6 4 8 6 8 10 8 6 8 Ekranda tungi va o‘qish rejimi + + + + + + + + + + 2 daqiqa hech narsa qilmaslik + + + + + + + + + + Qarmoqlar metodini bajarish + + + + + + + + + + Topshiriqlarni tuzish + + + + + + + + + + 39 Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling