Antidangasalik
Ko‘pchilik yoqtirmaydigan narsalarni yoqtiring
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Kognitiv xatolarni bartaraf etish
- 4. Takrorlang
2. Ko‘pchilik yoqtirmaydigan narsalarni yoqtiring
Maqsadlar sari harakat doim zerikarli va qiyin bo‘ladi. Shunisi odamlarga yoqmaydi. Siz esa shu jarayondan o‘zingizga yoqadigan narsalarni topishga urining. Bu ingliz tili bilan shug‘ullanayotgan vaqtda gaplarni talaffuz qilishda, oshpazlikni o‘rganayotgan vaqtda taomni hididan zavqlanishda va hokazolarda bo‘lishi mumkin. Maqsadni emas, jarayonni sevishni o‘rganing. Agar siz bunday jarayonni topa olmasangiz, buni sun’iy ravishda yaratishingiz mumkin. Biz avvalgi boblarda Pavlovning shartli refleksi haqida ma’lumot berib o‘tgandik. Siz ham o‘zingizda topshiriqlar bilan shartli refleks hosil qilishingiz kerak. Buning uchun har bir qiyin ishni bitirganingizdan keyin (masalan, “Pomodoro” texnikasi bilan shug‘ullanilgandan so‘ng) o‘zingiz yoqtirgan birorta ishni qilishingiz kerak bo‘ladi. Bu bir finjon qahva ichish, bir dona shokolad yeyishda kuzatiladi. Ammo ishni bajarib bo‘lish va o‘zni mukofotlash orasida boshqa ish bo‘lmasligi kerak. Vaqt o‘tgandan keyin sizdagi shartli refleks qiyin ishlarni qilishni undan keyingi rohatlanish bilan bog‘lab qo‘yadi. Shunda sizda qiyin ishlarni qilishda yoqimsiz holatlar yuzaga kelmaydi. 3. Kognitiv xatolarni bartaraf etish Kognitiv xatolar bu fikrlash jarayonidagi xatolar hisoblanadi. Shunday xatolardan bittasi — insonlar o‘ziga obyektiv baho bera olmasligi, o‘z imkoniyatlarini oshirib yoki 50 kamaytirib yuborishidir. Misol uchun, siz sport zaliga chiqib, turnik 30 ta tortilishni maqsad qilib qo‘ydingiz. Shuncha miqdorda tortila olishingizga ishonyapsiz. Agar avvaldan turnikda tortilib yurgan inson bo‘lmasangiz, katta ehtimol bilan siz bunday miqdorda tortila olmaysiz. Tortilgan taqdiringizda ham, mushaklaringiz og‘rigani hisobiga ikkinchi bor tortilish uchun kelmaysiz va bu maqsad ham o‘z-o‘zidan qolib ketadi. Bizning asl chegaralarimiz biz o‘ylagan joyda bo‘lmaydi. Shuning uchun maqsad (topshiriq) qo‘yishdan oldin shu jarayonni tajribangizda sinab ko‘ring, chegarangizni aniqlab oling. Har kuni turnikda nechtadan tortilishni maqsad qilib qo‘yishni bilish uchun avval borib tortilib ko‘ring, chegarangizni bilib olganingizdan keyin, shundan kelib chiqqan holda o‘z oldingizga maqsadni to‘g‘ri qo‘ying. Shuningdek, fanda Danning-Kryuger effekti 33 ham bor. Unga ko‘ra: “Professionallar o‘z qobiliyatlariga pastroq baho berishsa, havaskorlar o‘z qobiliyatlarini oshirishga moyil bo‘ladi”. O‘zingizga obyektiv baho berish uchun avval test qilib ko‘rishni unutmang. 4. Takrorlang Yuqorida bilib olgan narsalaringizni hayotingizga tatbiq qiling va qayta-qayta takrorlang. Kitobni ham yana bir marotaba takroran o‘qib chiqing. Bundan qo‘llanma sifatida foydalanishingiz, yoningizda olib yurishingiz mumkin. Kitobni o‘qishni boshlaganingizdan beri barcha bilganlaringizni amalda qo‘llab kelyapsiz degan umiddaman. Shu zaylda davom ettirish sizni muvaffaqiyatga yetaklaydi. Agar yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, Dovranbek Turdiyevning “Antidangasalik” 34 treningiga qatnashib ko‘ring. Harakatdan to‘xtamang. 51 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling