Antidangasalik


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana22.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1221279
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Antidangasalik

Yengilish chegarasi
Qanday holat yuz berganda oldingizga qo‘ygan maqsadingizdan kechib ketishingizni
belgilab oling. Misol uchun, men boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lmoqchiman. Shunda
bu maqsadimdan quyidagi holatlarda kechib ketgan bo‘lardim: 
1. Sog‘ligimda o‘ta jiddiy muammo bo‘lsa va shifokorlar boks bilan shug‘ullanishni
taqiqlasa. 
2. Jahon chempionatidan boks sport turi olib tashlansa. 
3. Ota-onam bu maqsadimdan qaytmasam, mendan rozi bo‘lmasligini ma’lum qilsa.
4. Vafot etsam.
“Bo‘ldi, mana shu 4 narsadan boshqa hech qanday sabab maqsadimdan qaytara
olmaydi”. O‘z maqsadingizning yengilish chegaralarini bilib olganingizdan keyin boshqa
to‘siqlar sizga kichikdek tuyilib qoladi. Boshqa holatlarda ortga qaytmaslik uchun
o‘zingizga psixologik blok qo‘ygan bo‘lasiz.
Ijobiy o‘zgarishlarning 4 omili 
1. Muvozanatni ushlang
Biz kitobning boshida “Kapalak” effekti haqida gaplashgan edik. Shunga ko‘ra,
sizdagi mayda o‘zgarishlar ham katta o‘zgarishlarga sababchi bo‘lishi mumkin.
Hayotingizga juda ko‘plab yangi narsalarni birdan olib kirish hozirgi muvozanatni buzishi
ham mumkin. Taleb Nassim o‘z kitobida buni aytib o‘tadi:
49 


“Murakkab tuzilishga ega har qanday tizim mayda o‘zgarishlardan kutilmagan
“reaksiya”ga uchrashi mumkin”. 
Kutilmagan hodisalarning oldini olish bo‘yicha ham Taleb Nassim o‘z fikrini bildirib
o‘tgan:
“Murakkab tizimni xavfsiz o‘zgartirish uchun unga nimadir qo‘shgandan ko‘ra undan
nimanidir olib tashlagan ma’qul”.
Taleb Nassim “murakkab tuzilma” deb insonlarning hayotini qiyoslab keltirmoqda. Siz
o‘z hayotingizni kuzating, maqsadingiz yo‘lida sizga xalal berayotgan, taalluqli bo‘lmagan
narsalarni birma-bir olib tashlang. Shunda ularning o‘rniga sizga foydali bo‘lgan boshqa
narsalarni qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling