Antidangasalik
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
Nuqta mashqi
Diqqatni shug‘ullantirish borasidagi eng samarali mashq deb tan olingani — bu nuqta mashqi. Mashqni bajarish tartibi juda oddiy: Bitta daftar varag‘idek yoki o‘rtacha kattalikdagi oq karton qog‘ozi olasiz (bo‘lmasa, oddiy oq varaq ham bo‘ladi). Uning markaziga o‘rtacha kattalikda nuqta qo‘yasiz. Taymer signalini 2 daqiqa qilib belgilaysiz. So‘ngra taymerni bosishingiz bilanoq signal chalmaguncha bor diqqatingizni nuqtada jamlashga urinasiz. Shu ikki daqiqa davomida tashqi ta’sirlarning birortasiga ham javob bermaysiz. 42 Birinchi marta bajarish jarayonida chalg‘ishlar soni juda ko‘p bo‘ladi. Har safar chalg‘iganingizda e’tiboringizni yana nuqtaga qaratishga kuch sarflashingiz diqqatingiz kuchayishiga olib keladi. Bilishimiz kerakki, diqqat mavhum narsa emas, balki miyamizdagi ma’lum hududni egallovchi neyronlar to‘plami. U II Bobdagi miya tuzilishida keltirib o‘tilgan profental korteksda joylashgan. Shuning uchun ham uni shug‘ullantirish mumkin. Bu mashg‘ulotni kuniga ikki daqiqadan ortiq bajarishingiz sizga samara bermaydi. “Ko‘proq shug‘ullansam, tezroq kuchayadi”, degan tushuncha xato. Diqqat kuchayishi sekin rivojlanadigan jarayon bo‘lib, ikki-uch oydan olti oygacha cho‘zilishi mumkin. Shu bois boshida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rmasligingiz ham mumkin. Buni cheklistning “Amaliyotlar” bo‘limiga qo‘shib qo‘yasiz. Xona mashqi Sizni diqqatli insonga aylantiruvchi hamda tasavvuringizni boyituvchi yana bir mashq bor — bu xona mashqi. Bunda siz xonaning istalgan burchagiga biroz vaqt sinchiklab qarab turgan holda nimalar borligini, jihozlar qanday joylashganini eslab qolishga urinasiz. So‘ng ko‘zingizni yumasiz va ko‘rgan narsalaringizning suratini xayolan yasashga harakat qilasiz. Tekshirish uchun ko‘zingizni ochganingizda, tabiiyki, bir nechta narsalarni unutgan yoki 43 joylashuvida xato qilgan bo‘lasiz. Kunda bir marta buni bajarishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Shuningdek, bu mashq xotirani kuchaytirish uchun ham foydali ekanligini ta’kidlashadi. Aslida, insonlardagi xotira bilan bog‘liq muammolarning kattagina qismiga sabab xotira pastligi emas, diqqatning pastligidir. Siz diqqatingizni rivojlantirish bilan birga xotirangizni ham kuchaytirgan bo‘lasiz. Demak, hozir sizning cheklistingizga diqqatni kuchaytirish bo‘yicha ikkita amaliyot qo‘shildi. Shuningdek, bu sizning cheklistingizning so‘nggi ko‘rinishi bo‘ladi. Sana: Uyqu soatlari 6 6 7 8 6 7 8 7 8 8 Bajarilgan topshiriqlar soni 4 5 5 6 5 7 6 8 9 8 Pomodoro davri soni 4 6 4 8 6 8 10 8 6 8 Ekranda tungi va o‘qish rejimi + + + + + + + + + + 2 daqiqa hech narsa qilmaslik + + + + + + + + + + Qarmoqlar metodini bajarish + + + + + + + + + + Topshiriqlarni tuzish + + + + + + + + + + Loyihalar ro‘yxatini ko‘rib chiqish + + + + + + + + + + Telefonni olishdan oldin yashil topshiriq + + + + + + + + + + Nuqta mashqi + + + + + + + + + + Xona mashqi + + + + + + + + + + Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling