Antidangasalik
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Time bound — vaqt bilan chegaralangan
- Evaluate — baholang
- Readjust — qayta sozlash
- Yangi yil sindromi
Relevant — muhim
Siz nima uchun shu maqsadni tanlaganingizni o‘ylab ko‘ring. Bu qanchalik muhim? Bu maqsad orqali hayotingizda ahamiyatli o‘zgarish bo‘ladimi? Sizga bu maqsad qanday 32 foyda keltiradi? Agar maqsaddan oladigan foydangiz hayotingizda muhim rol o‘ynamasa, uni o‘zgartiring. O‘zingizning oldingizga missiya qo‘yib oling. U siz uchun juda muhim ahamiyat kasb etsin. Time bound — vaqt bilan chegaralangan Siz maqsadingizga erishmoqchi bo‘lgan aniq bir sana bo‘lsin. Aynan belgilagan sanangizda maqsadga erisha olmasligingiz mumkin, ammo u sizni tezlashtiradi. Chegaralangan ongga psixologik bosim beradi va siz aynan o‘sha sanaga qo‘ygan maqsadingizga erishishga ko‘proq harakat qilasiz. Evaluate — baholang Siz maqsad qo‘yib, bajarishga kirishishni boshlaganingizdan keyin uni turli intervallarda baholashni boshlang. Ya’ni har kunda, haftada, oyda maqsadingiz sari nima ishlar qilayotganingizni baholab, o‘lchab boring. Yana qancha ish qilganingizdan keyin erishishingiz mumkinligini aniqlashtirib borsangiz, ongingiz maqsadingingizni unutib yuborishiga yo‘l qo‘ymaysiz. Shuningdek, maqsadingiz amalga oshishi uchun qancha ish qilayotganingiz va yana qancha ish qilishingiz kerakligi ko‘zingizga ko‘rina boshlaydi, bu esa jarayonni yanada tezlashtiradi. Readjust — qayta sozlash Agar siz maqsadlaringizga erisha olmayotgan bo‘lsangiz, maqsadni o‘zgartirmang. Rejalaringizni qaytadan ko‘rib chiqing. Qayerdadir xato o‘ylagan bo‘lsangiz, uni to‘g‘rilang. Qaytadan hisoblab chiqing va yana boshlang. Yangi yil sindromi Aniqki, juda ko‘pchilik yangi yil arafasida bitta qog‘oz yoki daftarni oladi va yangi yilda erishmoqchi bo‘lgan maqsadlari ro‘yxatini yozadi. Kelasi yilgacha yozilgan maqsadlardan qanchasi amalga oshishini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Shu bo‘yicha 2014-yilda Skanton universitetida tadqiqot 26 o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yangi yilda 33 maqsad qo‘ygan odamlarning atigi 8 foizi qo‘ygan maqsadlariga haqiqatan erishadi. Faqat 64 foizi oxirgi bir oyda, 46 foizi oxirgi 6 oyda va 8 foizi oxirigacha uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishadi. Shu sababli maqsad qo‘yish uchun yangi yilni yoki yangi oy, yangi haftaning boshlanishini kutmasdan, bugunoq maqsadingizni aniqlashtirib oling. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling