Antidangasalik
Tim Urbanning fikrlash modeli
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
Tim Urbanning fikrlash modeli
Tim Urban TED Talks'dagi mashhur bloger hisoblanadi. U o‘zining fikrlash modelida 21 bizning miyamizda ikkita shaxs: “Odam” va “Maymuncha” bor deb tasvirlaydi. 16 Shu bilan u insonlar nima uchun asosiy ishlarni kechiktirishini tushuntiradi. U bu holatni quyidagi rasmlar bilan ifodalagan: Prokrastinatsiyaga berilgan odamlar nima uchun ishlarni bunchalik kechiktirishini tushunish uchun, keling, avval kechiktirmaydigan inson miyasini tushunishdan boshlaylik. Inson: “men mantiqiy ishlar bilan shug‘ullanaman. Uzoq muddat o‘ylayman. Men yosh bola emasman.” Juda normal, to‘g‘rimi? Endi, keling, kechiktiruvchining miyasiga qaraylik. 17 Inson: “mening maqsadim yuqoridagi rasmda berilgan yigitning maqsadi bilan bir xil. Biz bir xilmiz.” Qandaydir farq bormi? Kechiktiruvchining miyasida quloqsiz maymun ham bor. Maymunning borligi yaxshi bo‘lar edi, agar inson uni boshqarishni bilganida. Ammo bu uning qo‘lidan kelmaydi. 18 Inson: Hozir ishlarni qilish uchun qulay vaqt. Maymun: Yo‘q! 19 20 Maymun: Kel, YouTube'da dengiz jonzotlarini tomosha qilamiz va Richerd Feynmanning torlar nazariyasi haqida gapirganini ko‘ramiz, yana Jastin Biberning onasi bilan suhbatini tomosha qilamiz. Maymun: Keyin biz vazifalar ro‘yxatini qayta tuzamiz, Amazon'da paypoq narxlarini tekshiramiz va iPhone albomlarini kichikroq va muhimlariga ajratamiz! 21 Maymun: Bu vaqtga kelib soat 02:00 bo‘ladi va bizning 04:30 da uchrashuvimiz bor, shuning uchun o‘sha paytda biror bir ishni boshlashga juda kech bo‘ladi. Inson: Ammo… Maymun faqat hozirgi lahzadan zavq olish haqida o‘ylaydi. Uni boshqa narsalar qiziqtirmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, maymunni qo‘rqitadigan bir narsa bor. 22 Buni Tim Urban “Vahima yirtqichi” deb ataydi. Vahima yirtqichi ko‘pincha uyquda bo‘ladi, lekin belgilangan muddat yaqinlashib qolganda yoki jamoatchilik orasida sharmandalik, martaba halokati yoki boshqa daxshatli oqibatlar xavfi mavjud bo‘lganda u to‘satdan uyg‘onadi. 23 24 Boshqaruv maymunning qo‘lida bo‘lgan paytda hech narsa qila olmagan inson ishni bitirishga bir kun qolganda charchoqqa qaramay, ertalabgacha ishlab chiqishga majbur bo‘ladi. Tim Urban buning oldini olish uchun maymun bilan kelishuv tuzishni taklif qiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling