Antidepressantlar


Download 20.31 Kb.
bet2/5
Sana13.01.2023
Hajmi20.31 Kb.
#1090050
1   2   3   4   5
Bog'liq
ANTIDEPRESSANTLAR.

AMITRIPTILIN-Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha imizinga o‘xshash. Farmakologik xossalari ham o‘xshash, lekin amitriptilinning ruhiyatni ko‘taruvchi (qo‘zg‘atuvchi) ta’siri yo‘q. Bundan tashqari amitriptilin M-xolinoblokatorlik va gistaminga qarshi ta’siri bo‘yicha imizindan ustun keladi. Amitriptilining kuchli antidepressiv xossasi, kuchli sedativ ta’sir bilan mujassamlangandir. Amitriptilin eng faol antidepressantdir. Ta’siri 10-14 kundan keyin yuzaga chiqadi. Noxush ta’siri va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar imizinga o‘xshash.
AZAFEN – mo‘‘tadil antidepressiv va yorqin sedativ ta’sirga ega. Boshqa tritsiklik antidepressantlardan atropinsimon ta’sirining yo‘qligi bilan farq qiladi. Bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Noxush ta’siri juda oz. Azafen asosan engil va o‘rtacha og‘irlikdagi depressiyalarda qo‘llaniladi (ko‘proq qariyalarda). PIRAZIDOL-indol hosilasi. Antidepressiv ta’sirining zaminida noradrenalinni neyronal qayta shimilishining kamaytirishi va MAO faolligini susayishi yotadi. MAO faolligini susayishi qaytar bo‘lib, 6-24 soatdan keyin butunlay tiklanadi. Pirazidol periferik va markaziy xolinoblokatorlik ta’siriga ega emas, yuqoridagi antidepressantlardan ko‘ra kam zaharli, yurak tomir va qon bosimini o‘zgartirmaydi. Noxush ta’siri kam bo‘ladi.
Pirazidolning psixotrop xossasi ta’sirining muvozanatlashganligi bilan belgilanadi, ya’ni sustlik bilan kechadigan depressiyalarda (bo‘shashganlik, ruhiy tushkunlik, kam harakatlik) u qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi, ammo xavotir, qo‘rqinch, taxlika bilan kechadigan depressiyalarda tinchlantiruvchi, sedativ ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir kuchi imizindin va amitriptilindan pastroq.
PSIXOSTIMULYATORLAR
Bu guruh moddalari kayfiyatni, psixomator faollikni oshiradilar, tashqi taassurotlarni qabul qilishni yaxshilaydilar, charchaganda toliqish hissini yo‘qotadilar, jismoniy va aqliy mehnat qobiliyatini oshiradilar, vaqtinchalik uyquni bartaraf etadilar. Psixostimulyatorlar ko‘pincha engil darajadagi depressiya bilan kechuvchi har xil astenik, befarqlik, ipoxondrik holatlarda qo‘llaniladi. Ipoxondriya – bemorning diqqat e’tiborini ichki a’zolarining “kasalligiga” butunlay jalb bo‘ladi. Ertayu-kech o‘sha «kasallikni» o‘ylab yuradi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha psixostimulyatorlar quyidagi guruhlarga bo‘linadilar:
- fenil alkin-aminlar (fenamin);
- pipiridin unumlari (meridil);
- sidnonim hosilalari (sidnokarb);
- metil ksantinlar (kofein).


FENAMIN– psixostimulyatorlarinng tipik vakili. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha NA va adrenalinga o‘xshaydi, lekin gidroksil radikallarining yo‘qligi unga turg‘unlik, MAO fermenti ta’sirida parchalanmaslik va GEBdan oson o‘tish xossasini beradi. Fenaminning ta’sir mexanizmi dofamin va NA presinaptik membranadan ajralishini kuchaytirish va neyronal qayta shimilishni pasayishidan iborat. Buning natijasida sinaps yorig‘ida monoaminlar miqdori ortib, MNSdagi retseptorlarning qo‘zg‘alishi kuzatiladi, ayniqsa retikulyar formatsiyaning miya po‘stloq qismiga stimullovchi qismi va limblik sistemada. SHu tufayli fenamin neostriatumga susaytiruvchi ta’sir etadi. Bundan tashqari fenamin bosh miya po‘stloq qismining neyronlarini bevosita qo‘zg‘atsa kerak. MNSda fenamin dofamin retseptorlari NA retseptorlariga nisbtan ko‘proq ta’sir etadi. Fenamin periferik alfa va betta adrenoretseptorlarni ham qo‘zg‘atib, tomirlarni toraytiradi, yurak qisqarishini kuchaytiradi, qon bosimini oshiradi, bronxlarni bo‘shashtiradi, qorachig‘ni kengaytiradi. Bunday ta’sir davomli bo‘lsa ham, lekin adrenalinnikidan kuchsizroq (100-150 marta kuchsiz). Fenaminni to‘g‘ri qo‘llansa u MNS qo‘zg‘alish jarayonini kuchaytirib, charchoqni yo‘qotadi, kayfiyatni yaxshilaydi, kuch quvvat ortadi, bemorlar tetiklashishadi, ularning mehnat qobiliyati ortadi, uyquga bo‘lgan talab kamayadi. Fenamin narkotik va uxlatuvchi vositalar ta’sirini susaytiradi (uyg‘otuvchi ta’sir), ishtaxani pasaytiradi (ovqatga to‘yish hissini oshiradi), chunki gipotalamusda joylashgan ozuqa markaziga ta’sir etadi.

Download 20.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling