Antidepressantlar


Download 20.31 Kb.
bet4/5
Sana13.01.2023
Hajmi20.31 Kb.
#1090050
1   2   3   4   5
Bog'liq
ANTIDEPRESSANTLAR.

Qo‘llanilishi umumiy bo‘shashganlik, befarqlik, uyqusirash bilan kechadigan astenik holatlarda, stuporoz, substuporoz, apatobulik holatlarni davolashda, yuqumli kasalliklar, zaharlanish va bosh miya travmalarida, astenik va nevrostenik buzilishlarni daf etishda. Sidnokarb anksiolitiklar qo‘llanilganda yuzaga chiqadigan miorelaksatsiyani daf etadi, bunda ularning tinchlantiruvchi ta’sirini kamaytirmaydi. SHuning uchun fenozepam va sidnokarbni 1:1,25 yoki 1:2,5 nisbatda qo‘shib qo‘llash mumkin. Alkogolizmda sidnokarb astenonevrotik reaksiyalarni va abstenetsiya belgilarini kamaytiradi. Sidnokarbni bemorlar yaxshi qabul qiladi, ba’zan ishtaxani oshiradi. Sidnokarbni kechki vaqt qabul qilish mumkin emas – uyquni buzadi.
KOFEIN–metil ksantin guruhiga qarashli. CHoy, kofe, kakao tarkibida bo‘ladigan alkaloid (taxminan 2%). Sintetik yo‘l bilan ham olingan. Kofein MNSni kuchli qo‘zg‘atadi. U bosh miya po‘stloq qavatida qo‘zg‘alishni boshqarilishini kuchaytiradi Kofeinning psixostimulyatorlik ta’siri analeptik xossa bilan mujassamlashgan. U aqliy va jismoniy mehnat qilish, ruhiy faoliyatni oshiradi, ta’sirotlarga organizmni javob berish vaqtini qisqartiradi. Kofein ta’sirida tetiklik yuzaga chiqadi, uyquchanlik va charchoq yo‘qoladi. Kofeinning ta’siri uning miqdori va asab sistemasining tipiga bog‘liq. Kichik dozalari odatda kuchaytiradi, kattalari aksincha – susaytiradi (chunki nerv hujayralarini toliqtiradi, sillasi quriydi). Kofein uxlatuvchi, narkotik va narkotik analgetiklar ta’sirini keskin susaytiradi. SHuning uchun alkogol chaqirgan mastlikni va uxlatuvchi vositalar bilan chaqirilgan uyquni daf etadi. Kofeinni kattaroq dozalari uzunchoq miya markazlarini qo‘zg‘atadi (nafas, qon aylanishi), ayniqsa ularning faolliklari susaygan holatlarda (AD oshadi, taxikardiya, nafas tezlashadi va chuqurlashadi). Qon bosimi kollapslar va karaxtlikda kofein ta’sirida oshadi, lekin meyoriy qon bosimiga ta’sir etmaydi, chunki qon aylanish markazini va bevosita yurak faoliyatini kofein oshirsa ham, u ko‘pgina qon tomirlarni kengaytiradi, (skelet mushaklari, bosh miya, yurak, buyrak) va qorin bo‘shlig‘idagi ichaklarning tomirini toraytiradi. Kofein bosh miyadan tashqari ijro a’zolariga ham ta’sir etadi. Miotrop spazmolitik ta’siri tufayli bronxlar, o‘t yo‘llari mushaklarini bo‘shashtiradi, me’da sekretsiyasini oshiradi (diagnostika), peshob ajralishini oshiradi (filtratsiya oshadi, reabsorbsiya pasayadi N2O va elektrolit), modda almashinuvini 10-20%ga oshiradi, glikogenolizni oshiradi, giperglikemiya chaqiradi, lipolizni oshiradi (SJK miqdori qonda ortadi), adrenalinni buyrak usti bezidan ajralishini oshiradi.

Download 20.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling