Antifungal xususiyatlari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1722348
  1   2   3   4   5
Bog'liq
22-26



ISSN-2181-3426 
www.re-search.uz
 
 
22 | V o l u m e 1 , I s s u e 1 .
BIR HUJAYRALI MIKROSUVO‘TLARINING ANTIBAKTERIAL VA 
ANTIFUNGAL XUSUSIYATLARI 
 
Maxmudova Muazzam Sobir qizi, Muxtorova Baxora Farxodjon qizi, 
Ismailov Zafar Fayzullayevich. 
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
E-mail: 
msaydaliyev5@gmail.com
 
 
Annotatsiya. Maqolada bir hujayrali mikrosuvo‘tlar tarkibidagi biofaol 
moddalar, ularning antiviral antibaterial va antifungal xususiyatlari bayon 
qilingan. Mazkur ma’lumotlar farmakologik xususiyatlarga va yangi ta’sir 
mexanizmlariga ega bo‘lgan moddalar izlash va ularni tabiiy obyektlardan, shu 
jumladan , suvda yashovchi mikrosuvo‘tlaridan olish imkonini beradi. 
Kalit soʻzlar. Scenedesmus, Ankisrodesmus, bakteriya, antioksidant, zamburug‘, 
antibacterial, antifungal. 
Kirish. Hozirgi kunda mikroblarga qarshi (antibakterial va zamburug‘larga 
qarshi) samarali preparatlarni ishlab chiqish tobora muhim ahamiyat kasb etib 
bormoqda. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining (JSST axborot byulleteni. 2016 
y. oktyabr) ma’lumotlariga ko‘ra mikroblarning ularga qarshi qo‘llaniluvchi 
preparatlarga chidamliligi (rezistentlik) butun jahon sog‘lig‘ini saqlash oldida katta 
xavf solmoqda. Bu xavf odamlarga istalgan mamlakatda istalgan yoshida ta’sir etishi 
mumkin. Antibakterial va zamburug‘larga qarshi preparatlarga chidamlilik bir qator 
muammolar – davolash muddatining uzayishi, tibbiy xarajatlarning oshishi va o‘lim 
holatlarining 
ortishiga 
olib 
keladi. 
Shunga 
asosan 
mikroorganizmlar 
rivojlanmaydigan farmakologik xususiyatlarga va yangi ta’sir mexanizmlariga ega 
bo‘lgan moddalar izlash, ularni tabiiy obyektlardan , shu jumladan, suvda yashovchi 
suvo‘tlaridan olish hozirda dolzarb masalalardan hisoblanmoqda.  

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling