Antik davr faylasuflari Aflotun, Suqrot, Arastu asarlarida adolatli jamiyat g`oyalari


Download 17.77 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi17.77 Kb.
#1189859
Bog'liq
Antik davr faylasuflari Aflotun, Suqrot, Arastu asarlarida adola


Antik davr faylasuflari Aflotun, Suqrot, Arastu asarlarida
adolatli jamiyat g`oyalari
Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab, asta-sekin jismoniy va intellektual (aqliy) jihatdan takomillashib bordi. Odamzotning jamiyat bo‘lib yashashi uchun ma'naviy madaniyat kerak edi. Ana shu ehtiyoj­lar sababli hozirgi odam (Homo sapiens)da axloq norma­lari shakllanib bordi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi insoniyatning asrlar davomida shakllangan tafakkur mahsulidir.Natijada dunyoning turli mintaqalarida vujudga kelgan odamlar jamoasida “ruxsat” va “ta’qiq” tizimi shakllandi.
Diniy dunyoqarashning shakllanishi tu­fayli ruxsat va ta’qiqlar o‘rniga “savob” va “gunoh” haqidagi tushunchalar tarkib topdi. Insonlar jamoasining keyingi uch ming yillik ma'naviy madaniyati ana shu qarash­lar doirasida takomillashib bordi.
Fuqarolik jamiyati ta`limoti qadimgi yunon falsafasi bilan uzviy bog`liqdir. Xususan Platonning “Davlat” asarida jamiyatning shaxsiy va ijtimoiy hayotini bir-biridan ajratishni o`zigina emas balki unga hozirgidek qarashni nazarda tutib o`tgan. Platon murakkab ijtimoiy-siyosiy muhitda yashaganligi sababli ideal davlat qurilishi orzusida yashagan.Uning ezgulik asosiga qurilgan ideal davlat tuzumi quyidagi fazilatlarga ega bo`lishi lozim edi:
1)donishmandlik;
2) jasorat
3)har ishda me`yor
4)adolat.
Fuqarolik jamiyati ta`limotiga oid keyingi izlanishlarni Platonning shogirdi Aristotel davom ettirgan.Aristotel ustozining izidan borib, mukammal jamiyat g`oyasini ilgari suradi. Biroq uning qarashlari Platonnikidan farqli o`laroq ko`proq siyosiy qarashlardan iborat edi. Aristotel o`z qarashlarni amaliy jihatdan ham tahlil qilib bordi va uning qarashlari boshqalarnikiga qaraganda mukammalroq ekanligi ravshanlashdi.
Jumladan u insonlarni xususiy mulkka egalik qilishi haqidagi g`oyalarni ilgari surdi, chunki xususiy mulk insonlar o`rtasidagi munosabatning asosi hisoblanadi. Shuningdek o`zining “Siyosat” asarida jamiyatning sotsial strafikatsiyasi haqida ham fikr bildirib o`tgan. Aristotel, eng yaxshi hayot tarzi haqidagi ta’limot bevos­ita davlat tuzilishi va siyosatining maqbul shakliga bog‘liq, deya ta’kidlaydi. Ungako‘ra, ezgulik aniq-maqsad va unga do­imiy intilish bilan birga amalga oshiriladi. Ezgulik tug‘ma sifat bo‘lmasdan, unga ta’lim-tarbiya va mehnat orqali erishiladi. Aristotel adolatsizlik deganda qonunni buzuvchilar, va barchaga teng munosa­batda bo‘lmaydigan kishilarni tushunadi. Qonunga yarasha ish qiladigan, bar­chaga bir ko‘zda qaraydigan kishilarni adolatli deb hisoblaydi. Uning fikricha, barcha kishilar tenglikka amal qilishi lozim. Aristotelning buyuk xizmati shun­daki, u ilk bor erkinlikka intilish - insonga xos tug‘ma xususiyat ekani va bu hol un­ing o‘zligini anglashi, yuksak maqsadlar va ezgu amallar sari xatti-harakatlari bi­lan uzviy bog‘liqligini ta’kidlaydi.
Qadimgi yunon faylasufi Suqrot esa qonunlarni davlatning poydevori, inson va jamiyat hayotining, yashash tar­zining kafolati sifatida ko‘rgan. Suqrot o‘z ta’limotini og‘zaki ravishda ko‘cha-ko‘yda, maydonlarda, hi­yobonlarda o‘z shogirdlari va izdoshlari bi­lan suhbatlarda bayon qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Suqrot ta’limoticha, axloq masalalari jamiyatda ustuvor bo‘lishi lozim. Suqrot inson bilimining cheksizligi, haqiqatning nisbiyligi, olamn­ing bepoyonligini anglab yetgan.
Suqrotning nuqtai nazariga ko`ra, inson faoliyati uning yaxshilik, savob, oriyat, insof haqidagi tushunchalari mazmunidan iborat bo`lib, bu tushunchalarni shaxs qanday tushunishi katta ahamiyatga ega. Shunday ekan inson faoliyatini yaxshilash uchun uning fe`l atvorini va tarbiya to`g`risidagi qarashlari, tushunchalarini tartibga solish zarurdir.
Sivilizatsiyaning barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish insonlarning eng asosiy maqsadlaridan biri edi. Fuqarolik jamiyatining ildizini ya`ni kelib chiqish tarixiga oid manbalarni har kim turlicha tahlil qiladi ba`zilar u yevropada paydo bo`lgan desa yana kimdir uni ildizini Sharqqa tutashganini aytadi.
Download 17.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling