Antiseptik va dezinfekstiyalovchi


Download 246.37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi246.37 Kb.
#1485782
Bog'liq
Antiseptik va dezinfekstiyalovchi moddalar - Vikipediya



Antiseptik va
dezinfekstiyalovchi
moddalar
Antiseptik vositalar — teri, shilliqqavatlar,
yara yuzasida joylashgan
mikroorganizimlarni bartaraf etish uchun
qoʻllaniladi. Ular mikroorganizimlarga
bakteriostatik (koʻpayishni toʻxtatish)
yoki bakteriostid (xalok etish) taʼsir
koʻrsatadilar va shu tufayli infekstion
Ushbu maqolani 
Antiseptika (https://uz.wikipedia.org/wiki/Antiseptika)  bilan birlashtirish taklif etiladi.
Ko‘proq o‘rganish


jarayonni oldini oladilar, uni rivojlanishga
toʻsqinlik qiladilar, uni toʻxtadilar. Bunday
vositalar mahalliy taʼsir etib infekstiya
oʻchogini bartaraf etganligidan davolash
taʼsiriga ham egadirlar. Baʼzi moddalar
mikroorganizmlar protoplazmasidagi
oqsillarni denaturastiyaga uchratadilar,
yaʼni bakteriostid taʼsir koʻrsatadilar. 
Bunday vositalarni dezenfekstiya-
vositalari deb ataladi. Dezinfekstiya
vositalari-tashqi muhitdagi (bemorlarning
atrof muhiti, xonalar, bemorlarning kiyimi,
buyumlari va hokazo.) patogen
mikroorganizimlarni xalok etish uchun
qoʻllaniladi. Natijada infekstiya
tarqalishini oldi olinadi (profilaktika).
Bunday vositalar tanlab taʼsir qilish


xossasiga ega boʻlmaganliklaridan inson
organizimi toʻqimalarini jarohatlashlari
mumkin.
[1]
Serigel - etergent, sintetik modda boʻlib
yuqori darajali satx faolligiga ega
boʻlganligidan kuchli yuvish (tozalash) va
anteseptik xossaga ega. (de tergeo -
yuvish, tozalash). Sterigel tarkibida
kationli detergent-stetil piridiniy xlorid
boʻlib, mikroorganizimlarning xujayra-
qobigi sirt tarangligini oʻzgartirib uni
oʻtkazuvchanligini buzadi. Koʻpgina
bakteriyalar va zamburugʻlarga xalokatli
taʼsir etadi.
Serigel


Qoʻllanilishi: jarroh qoʻlini, idish tovoqlar,
asbob va anjomlarni dezinfekstiyalash.
Odatdagi konstentrastiyalarda
toʻqimalarga salbiy taʼsir etmaydi. Lekin
anionli detergentlar (oddiy sovun) va
organik birikmalar bilan aralashsa faolligi
keskin susayadi.
Xlorgeksidin
0,12 % xlorheksidin glyukonat eritmasi


Xlorgeksidin — biguanidlar hosilasi,
antebakterial va fungistid taʼsir
koʻrsatadi. Qoʻllanilishi: jarroh qoʻlini,
yaralar, peshob puffagi, operastiya
maydoni, asboblariga ishlov berish.
Noxush tasiri: terining qurishi (ishlov
berilga joy), dermatitlar.
[2]
Furatsillin


Furatsillin- nitrofuran hosilasi boʻlib,
kichik konstentrastiyalarda ham /0,01-
0,3mg%/ gramm manfiy va gramm
musbat bakteriyalar, kata viruslar,
zamburugʻlar, sodda hayvonlarga
bakteriostatik taʼsir koʻrsatadi.
Mikroblarning furastillinga chidamliligi
sekin rivojlanadi, lekin yuqori darajada
boʻlmaydi.Bundan tashqari boshqa
mikroblarga qarshi vositalarga
chidamlilik rivojlangan
mikroorganizmlarga furastillin yaxshi
taʼsir etadi.
Dorixonada tayorlangan ~ 400 ml Furatsilinning suvli eritmasi (
ruscha
: Фурацилин, nitrofuran), 1 : 5000 (0.2 mg/mL or
0.02 %),


Taʼsir mexanizimi: mikroorganizmlar
xujayrasida nitrofuranlarning
nitrogruppalari va toʻyinmagan S=N
guruhlari qaytariladi. Shuning natijasida
mikroorganizimlarda energiya ishlab
chiqish keskin susayadi va ularning
koʻpayishi toʻxtaydi. Yaʼni nitrofuranlar
organizimda vodorod mitoxondriylardagi
tabiiy vodorod aksteptorlari bilan
raqobatlashadi. Bundan tashqari
nitrofuranlar ShUK (shavel sirka
kislotasidan limon kislotasini hosil
boʻlishinitormozlab, Krebs stiklidagi
odatdagi biokimyoviy jarayonini
kechishini buzadi. Prparatning taʼsiri
uning tarkibidagi nitrogruppalarning toʻla
qaytarilib boʻlguncha davom etadi.


Qoʻllanilishi: suvli eritma sifatida (1:3000)
yaralarning, plevra va qorin boʻshliqlarini,
kuygan joylarni, konyuktivitlar, blefaritlar,
yiringli blefaritlar, sinusitlar, gaymortlarda
ishlov berish va yuvish uchun Qoʻllaniladi.
Spirtli eritma sifatida furastillin quloqning
surunkali yiringli yalliglanishda va tashqi
quloq yoʻlining chipqonlarida qoʻllaniladi.
Bakterial dezenteriyada ichiladi.
Furodonin va furazolidon
Furazalidonning kimyoviy tuzilishi


Furodonin va furazolidon — furastillinga
nisbatan 20-50 marta kuchli, lekin suvda
yomon eridi. Furastillin kamdan-kam
hollarda dermatit chaqiradi. FENOL
GURUHI-fenol kichik konstentrastiyalarda
mikroblarning xujayra qobigiga taʼsir etib
ularning oʻtkazuvchanligini (buzadi)
oʻzgartiradi. Hamda degidrogenazalar
faolligini susaytiradi va shu tufayli
bakteriostatik taʼsir yuzaga chiqadi. Fenol
katta konstentrastiyalarda mikroblar
protoplazmasi oqsillarini
denaturastiyalab bakteriostid taʼsir
koʻrsatadi. Bunda uning tanlab taʼsir
qilish xossasi yoʻq. Fenol oqsillar bilan
mustahkam boglanmaydi.Shuning uchun
fenolning 1 molekulasi malum vaqt


ichida bir qancha oqsillar bilan ketma ket
boglanish mumkin.Shu sababdan fenol
bologik moddalar (ovqat tarkibidagi
oqsillar) bor boʻlsa ham oʻzining
dezinfekstiyalash qobiliyatini
yoʻqotmaydi.Fenol shilliq qavatlar yoki
toʻqimalarga tushsa ularni kuydiradi.
Fenolda yuqori lipofillik xususiyati
borligidan u teri va shilliq qavatlardan
oson oʻtadi. U bilan zaharlanganda avval
MNSning qozgalishi boʻlib tezda
paralichga oʻtib ketadi va nafas
markazining falajlanishi oʻlimga sabab
boʻladi. Agar fenolni ichish tufayli-
zaharlanish yuzaga kelsa oshqozon
oʻsimlik moyi bilan yuviladi, uchunki yog
fenolini surilishiga va shilliq qavatlarni


jarohatlanishiga toʻsqinliq qiladi. Teri va
shilliq qavatlarning fenol bilan
jarohatlangan joylarini 50 % spirt yoki
kastor moyi bilan ishlov beriladi.
[3]
Qoʻllanilishi: xonalarni, oʻrin-toʻshak
choyshablarini, bemorga tegishli
anjomlarini dezinfekstiyasi uchun (3-5 %
eritma) fenol asosan bakteriya va
zamburugʻlarning vegitativ formalariga
taʼsir etadi.
Krezol (metil fenol trikrezol)-zaxarliligi
boʻyicha fenoldan farq qilmaydi lekin
mikroblarga qarshi taʼsiri taxminan 3
marta yuqori.


Rezorsin — (dioksi benzol)-fenol unumi,
mikroblarga qarshi taʼsiri kuchsizroq lekin
zaxarsizroqhamda toʻqimalarga kamroq
salbiy taʼsir koʻrsatadi. Kichik
konstentrastiyalarda rezorstin
keratoplastik, katta konstentrastiyalarda
esa keratolitik taʼsir koʻrsatadi. Shu
sababli rezorstin teri kasalliklarida
qoʻllaniladi. (ekzema, seboreyali 
derematit, temiratika, mikozlarda).
Gidroxinon -tolkonyanka bargi (Folia Uvae
Ursi)ning asosiy taʼsir koʻrsatuvchi
Rezorsin
Gidroxinon


moddasi xisoblanadi. Peshob yoʻllarini-
dezenfekstiya qilish uchun ichiladi. Bu
oʻsimlik tarkibidagi glyukozid-arbutin
ichakda glyukoza va gidroxinonga
parchalanadi. Jigarda gidroxinon
glyukuron kislotasi bilan birikib peshob
tarkibida ajraladi.Peshobda bu
birikmadan gidroxinon ajraladi.
QAYIN QORA MOYI (Pix liquida)-
tozalanmagan mahsulot boʻlib tarkibida
fenol va uning xosilalari bor. qayin,
qaragʻay daraxti oʻtinlarni quriqhaydash
yoʻli bilan olinadi. Tarkibida fenol, krezol,
dioksibenzol, gvyakol va boshqa
aramatik moddalar bor. qayin qora moyi
Qayin qora moyi


mikroblarga va parazitlarga (kana, bit)
qarshi taʼsirga ega. Teriga surtilsa
konstentrastiyasiga Qqarab
kerotoplastik, keraotolitik taʼsir
koʻrsatadi.Asosan surtma sifatida-
(vishnevski malxami) yiringli yaralarda
qoʻllaniladi.
LIZOL-kalliy sovunda kerezol eritmasi.
Tabbobatda qoʻllarni ishlov berish uchun
(1-2 %eritmasi) va kinni yuvish (chayin-
sprinstevanie) (0,5-1 %) uchun
qoʻllaniladi.


Brilliayant yashili
Brilliayant yashili — trifenil metan
hosilasi, kuchli va tez taʼsirli antesentik
hossaga ega. Tilla stafilakkoklar, boʻgma
(difteriya) tayoqchasi, koʻpgina gramm
musbat bakteriyalar brlliant yashiliga
juda sezgirdirlar lekin bu antisektikning
taʼsir kuchi oqsillar va boshqa organik
moddalar taʼsirida susayib ketadi.
Asosan piodermiyalarda tashqi (surtish
uchun) qoʻllaniladi.
BOʻYOQLAR


Metil koʻki
Metil koʻki — brilliant yashilidan
kuchsizroq.Tez qaytarilib leykoformaga
oʻtadi, Qonda metilen koʻki leykoforma
bilan oksidlanish-qaytarilish potenstialini
hosil qiladi. M-n: metgemoglabinni
qaytarib gemoglobinga oʻtkazadi.
Preparatning (1 %eritmasi 0,1-1 kg)
parenteral (t/i)qoʻllaniladi. Asosan
metgemoglabin hosil qiluvchi zaxarlar
bilan zaxarlanganda kata dozalarda
metilen kmoglobinni met gemoglobinga
oʻtkazadi. Preparatning bu xossasi sinil
kislotasi bilan zaxarlanganda qoʻl keladi,
chunki metgemoglabin stianidlar bilan
boglanib zaxarsiz stianmetgemoglabin


xosil qiladi. Metilen kukini-anetseptik
vosita sifatida tashqi tomonda
qoʻllaniladi, masalan: avtoz stomatit,
gingevit, yarali stamotit. Bundan tashqari
stistit, uretrit va peshob yoʻllarining
boshqa hastaliklarida ichiladi.
Rivanol (etakridin-laktat)-ancha kuchli
mikroblarga qarshi taʼsirga ega, boʻlsa
ham taʼsiri sekin asta rivojlanadi.
Yaralarni yuvish va infekstiya tushgan 
boʻshliqlarni (plevra, Qorin, peshob
xaltasi, bachadon va xokozo.) chayqash
uchun qoʻlaniladi.
Rivanol


Xlorli oxak
Xlorli oxak — kalstiy gipoxlorid, kalstiya
xlorid, kalstiy gidrookisining aralashmasi
boʻlib, uning mikroblarga qarshi taʼsir
kuchi, tarkibidagi kalstiy gipoxloridga
bogliq. Xlorli ohak tashlandiq joylar axlat
xonalar va molxonalar, otxonalarni
hamda dez ipritaj qoʻlansa xidlarni
bartaraf etish voitasi sifatida qoʻllaniladi.
GALOGEN SAQLOVCHI 
ANTISEPTIKLAR


Xloramin-B
Xloramin-B —.Xlorli oxakga nisbatan
atomar xlorni asta-sekin ajratadi.Shu
sababli antimikrob taʼsiri davomli.
Toʻqimalarga zararli taʼsir
koʻrsatmaganligidan yaralarni
davolashda hamda teri va shilliq
qavatlarni zararsizlantirish uchun qoʻllash
mumkin. Xloramin B qorin tifi, vabo, sil va
boshqa xastaliklarda bemorlarning
chiqindilarini (ajratmalarini), ovqat
anjomlarini, qoʻllarni, yiringli yarallar,
jarrohlik qoʻlqoplarini, katetrlar va boshqa
metalldan boʻlmagan asboblarga ishlov
berishda qoʻllaniladi.


Yod — taʼsir mexanizimi
xlornikiday.Mikroblarga qarshi taʼsiri
faqat elementar yodga hos, yodidlar
bunday xossaga ega emaslar.
Qoʻllanilashi:yangi yaralarni, jaroxatlarni,
operastiya maydonchasi, jarox qoʻliga
ishlov berishda hamda zamburugʻlarga
qarshi vosita sifatida (rangorang
temiratka-leshay) qoʻllaniladi.
1. 
Harkevich. Antiseptik vositalar. TTA.
2. 
„Хлоргексидин (Chlorhexidine)“ (https://
www.vidal.ru/drugs/chlorhexidine__2145
Yod
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 23-Mart 2023, 17:32 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
0)
. www.vidal.ru. Qaraldi: 25-iyun 2022-
yil.
3. 
„Фурадонин (Furadonin)“ (https://www.vi
dal.ru/drugs/furadonin__11739)
.
www.vidal.ru. Qaraldi: 25-iyun 2022-yil.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Antiseptik_va_dezinfekstiy
alovchi_moddalar&oldid=3625203

dan olindi

Download 246.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling