Antivirus dasturi Antivirus software
Axborot xavfsizligi siyosati
Download 240.43 Kb.
|
GULNOZA OPA
Axborot xavfsizligi siyosati
Amaldagi xavfsizlik siyosati 8 yoki 9 ta boʻlimdan tashkil topgan boʻladi. Masalan ular qoʻyidagi koʻrinishlarda boʻlishi mumkin: umumiy nizom; parollarni boshqarish siyosati; foydalanuvchilarni identifikatsiyalash; foydalanuvchilarning vakolatlari; tashkilot axborot kommunikatsion tizimini kompyuter viruslardan himoyalash; tarmoq bogʻlanishlarini oʻrnatish va nazoratlash qoidalari; elektron pochta tizimi bilan ishlash boʻyicha xavfsizlik siyosati qoidalari; axborot kommunikatsion tizimlar xavfsizligini taʼminlash qoidalari; foydalanuvchilarning xavfsizlik siyosatini qoidalarini bajarish boʻyicha majburiyatlari va h.k.lar. Bilamizki Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2018 yil 5-sentyabrdagi “Butunjahon internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 707-qaroriga asosan "Axborotlashtirish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qqonuniga muvofiq, shuningdek, butunjahon Internet tarmogʻida (keyingi oʻrinlarda Internet tarmogʻi deb ataladi) axborot xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish, axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish boʻyicha qarorida: 1. "Axborotlashtirish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 12-1-moddasiga muvofiq veb-saytdan va (yoki) veb-saytlardan va (yoki) sahifalaridan foydalanish maxsus vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan quyidagi hollarda cheklanishi mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilingan: Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish; urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish; davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek, fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur etkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish; giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish; pornografiyani targʻib qilish; qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni sodir etish. 2. Quyidagilar: Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq; Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi Reyestrini (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) shakllantiruvchi va yurituvchi vakolatli organ etib belgilangan. Download 240.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling