Login va parolga ega boʻlish shartlari. Biror shaxs oʻzining login va paroliga ega boʻlishi uchun u birinchidan axborot kommunikatsiya tizimida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak va shundan soʻng u oʻz logini va parolini oʻzi hosil qilishi yoki tizim tomonidan berilgan login parolga ega boʻlishi mumkin.
Login va parolni buzish. Login va parolni buzish – bu buzgʻunchining biror bir maqsad yoʻlida axborot kommunikatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish uchun qonuniy tarzda foydalanuvchilarga tegishli login va parollarini buzishdir.
Login va parolni oʻgʻirlash. Login va parolni oʻgʻirlash – bu foydalanuvchilarning maxfiy maʼlumotlari boʻlgan login va parollarga ega boʻlish maqsadida amalga oshiriladigan internet firibgarligining bir turidir.
1.Axborot xavfsizligi- Tabiiy va sunʼiy harakatlarga ega boʻlib tartib yoki tartibsiz axborotlardan himoyalash.
2. Axborotlarni himoyalash – Axborotni oʻgʻirlanishi, oʻzlashtirishlari oʻchirishi, va shunga oʻxshash harakatlarni oldini olish.
Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari
Axborot-kommunikatsiya tizimining ixtiyoriy tarkibiy qismlaridan biri boʻlgan, hamda axborot tizimi taqdim etadigan imkoniyat mavjud boʻlgan resurslardan belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlmagan holda, foydalanishni cheklash qoidalariga rioya qilmasdan foydalanish – bu resurslardan ruxsatsiz foydalanish toifasiga kiradi.
Bunday foydalanish natijasida quyidagi oqibatlar yuzaga kelishi mumkin:
axborotning oʻgʻirlanishi;
axborotni oʻzgartirish;
axborotning yoʻqotilishi;
yolgʻon axborotni kiritish;
axborotni qalbakilashtirish va h.k.
Hujum tushunchasi – buzgʻunchining biror bir maqsad yoʻlida axborot kommunikatsiya tizimlarining mavjud himoyalash tizimlarini buzishga qaratilgan harakati.
Axborot hujumlari odatda 3 ga boʻlinadi:
Obyekt haqida maʼlumotlar yigʻish (razvedkalar) hujumi.
Obyektdan foydalanishga ruxsat olish hujumi.
Xizmat koʻrsatishdan voz kechish hujumi.
Do'stlaringiz bilan baham: |