Antoni Van Levenguk tomonidan mikroorganizmlarni kashf qilinishi
Download 104.04 Kb.
|
virusdan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.9..Gramm usulida bo’yash va uning mikroorganizmlar klassifikatsiyasidagi ahamiyati. Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o’rganish metodlari.
- 10..Zamonaviy mikroskoplar: yorug’ va qorong’i maydonli, faza — kontrast, lyuministsent va elektron mlkroskoplar. Biologik mikroskoplar imkoniyatlarining kimyoviy tavsifi.
7Oddiy va murakkab bo‘yash usullari (Gram usuli).Mashg‘ulotning maqsadi:Baktyeriyalarning morfologik va tinktorial xususiyatini o‘rganish, identifikasiya o‘tkazish jarayonining birinchi bosqichini tashkil qiladi. Talabalarga mikroorganizmlarni morfologik, tinktorial xususiyatini o‘rgatish orqali ularni farqlash va struktura tuzilishlarini va mikroorganizm faoliyatida qanday vazifalarga ega ekanligini tushuntirishdan iborat.Baktyeriyalarning morfologiyasi va strukturasi. Baktyeriyalarni murakkab usulda bo‘yab o‘rganish. (Gram usuli).Tayoqchasimon va spiralsimon baktyeriyalar morfologiyasi.Tayokchasimon baktyeriyalar yoki asl baktyeriyalar (yunoncha so‘z bo‘lib bacteria- tayokcha demakdir) silindirsimon shaklda bo‘lib, bu baktyeriyalar xam katta-kichikligiga, surtmada joylashishiga, tayoqchaning uchining ko‘rinishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Katta-kichikligiga qarab (razmyer) baktyeriyalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
1.juda mayda -0,1-1,0 mkm (ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi 2.mayda - 1,2 mkm (brusellyoz, tulyaremiya qo‘zg‘atuvchisi) 3.o‘rtacha - 10 mkm (ichak tayokchasi va boshqalar) 4.katta, yirik – 10 mkm, undan yuqori (kuydirgi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi)Surtmada joylanishiga qarab: yakka-yakka bo‘lib joylashgan baktyeriyalar monobaktyeriyalar, juft-juft bo‘lib joylashsa diplobaktyeriyalar, agar spora xosil qilsa diplobasillalar deb ataladi, baktyeriyalar surtmada zanjirsimon bo‘lib joylashsa, streptobaktyeriyalar deb ataladi, agar spora xosil kilsa streptobasillalar deb ataladi, tayokchaning uchini ko‘rinishiga qarab xam xar xil bo‘lishi mumkin.Baktyeriyalarni burama shakllariga vibrionlar va spirillalar kiradi. Vibrionlarni tayokchasi bir martagina egilgan bo‘lishi mumkin, vyergulsimon bunga misol qilib vabo qo‘zg‘atuvchisini aytishimiz mumkin. Spirillalarga (spira - bukilgan) bir necha marta bukilgan tayoqchalar kiradi. Bularning ko‘pchiligi saprofit kasallik chaqirmaydi, fakat bitta turi - spirilla minor sadoko kasalligini chaqiradi. Bundan tashqari baktyeriyalarning burama shakliga ipsimon baktyeriyalar xam kiradi (oltingugurt baktyeriyalar, temirbaktyeriyalar) shular jumlasidandir, bu mikroorganizmlar kasallik chaqirmaydi. 8.9..Gramm usulida bo’yash va uning mikroorganizmlar klassifikatsiyasidagi ahamiyati. Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o’rganish metodlari. Mikrobiologiyada mikroblarni bo’yashni oddiy va murakkab usullari mavjud. Oddiy bo’yash usullarida bir xil buyoqlardan, ya’ni suyultirilgan fuksin (1%10) buyogi, metil sinkasi va boshqalar qullaniladi. Murakkab bo’yash usulida 2-3 bo’yok ishlatiladi. Bu usul mikroblarning turli buyoq va reaktivlarga turlicha munosabatda bo’lishiga asoslangan. Bu bo’yashning ahamiyati shundan iboratki, fiksasiya qilingan preparatlarning gension-violet bo’yog’i yod eritmasi bilan bo’yalgan va mustaxkam protoplazm bilan birikkan bo’lib, spirtda erimaydi. Ba’zi bakteriyalarning xujayrasi bo’yalganda u spirtda erib ketadi. Shuning uchun xam murakkab bo’yash usulida ikki-uch bo’yoq ishlatilib, mikroblarning turli bo’yoq va reaktivlarga turlicha munosabatda bo’lishiga asoslangan Gram usulida bo’yalganda,bo’yoqqa bo’lgan munosabatga qarab ikki xil, ya’ni Gram-musbat va Gram-manfiy bo’ladi. A). Gram usulida bo’yalganda ba’zi mikroblar binafsha rangiga yakinroq bo’lib bo’yaladi. Bunday ranga bo’yaluvchi mikroorganizmlarni Gram musbat bo’yaluvchilar deyiladi. B). Aksincha, ba’zi mikroblar Gram usulida fuksin rangiga, ya’ni och qizil rangga bo’yaladi, bu xilda och-qizilga bo’yaluvchi mikroorganizmlar Gram-manfiy bo’yaluvchilar deb ataladi..Gram musbat va gram-manfiy bo’yalishning sababi mikrob tanasida ribonuklein kislotasining magniylik tuzi bor-yo’qligiga bog’liqdir. Mikroorganizmlarning tanasida ribonuklein kislotasining magniylik tuzi bo’lsa, unda mikrob gension-violet bo’yog’i bilan bo’yalganda ham u bo’yoqni o’z tanasida mahkam saqlab qoladi, preparatga spirt bilan ta’sir etilsa ham gension violet tusda bo’yalgan bo’ladi. Bu rangdagi mikroblarni Gram musbat dedik, gram manfiy bo’yaluvchi mikroorganizmlarda esa ribonuklein kislotasining magniyli tuzi bo’lmaydi. Shuning uchun unday mikroorganizmlar gension-violet bo’yog’ini tanasida mahkam saqlab qolaolmaydi, preparatga spirt bilan ta’sir etilganda gension-violet tusda bo’yog’i u xildagi mikroorganizmlarning tanasidan yuvilib ketadi, och-qizil rangga bo’yalib qoladi. Kuo’chilik sharsimon bakteriyalar achitqi nursimon zamburug’lar gram-musbat bo’yaladi. Ayrim tayoqchasimon bakteriyalar (kolibakteroid, karatid, brusellyoz va boshqa kasalliklarni quzg’atuvchilar) vibrionlar, spirillalar, risketsiyalar gram-manfiy bo’yaladi. Sporalarni bo’yash. Buning uchun maxsus murakkab bo’yash usullari qullaniladi. Sporalarni bo’yash uchun uning qobigi yumshatilishi kerak, buning uchun yuqori temperaturadan, kislota, ishqor va boshqa moddalardan foydalaniladi. Bo’yalgan sporalar kislota va ishqor ta’sirida o’z rangini yo’qotmaydi. Sporalarni bo’yashni bir qancha usullari bor, ulardan Zlatogorev usuli eng ko’p qo’llaniladi. Fiksasiyalangan preparat ustiga filtr qogizi yopib, ustiga fuksin bo’yog’i qo’yiladi va alanga ustiga 5-10 minut to bug’ chiqkuncha qizdirilib bo’yaladi. Qog’oz olib tashlanib preparat 10 sekund 2 % li N 2 SO 4 ning eritmasi bilan rangsizlantiriladi va so’ngra suv bilan yuviladi. Preparat bir minut davomida metilen sinkasi bilan yaxshilab bo’yalib quritiladi va quriladi. 10..Zamonaviy mikroskoplar: yorug’ va qorong’i maydonli, faza — kontrast, lyuministsent va elektron mlkroskoplar. Biologik mikroskoplar imkoniyatlarining kimyoviy tavsifi. Download 104.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling