Antonimiya va antisemiya munosabati, ularning ta'lim bosqichlarida o'rganilishi mundarija: Kirish i-bob. Antonim so'zlar vositasida qadriyat va bahoning ifodalanishi


II-BOB. ANTONIMIYA HODISASINI O`QITISHDA FOLKLORE NAMUNALARIDAN LINGVISTIK MASHQ SIFATIDA FOYDANALISH


Download 492.31 Kb.
bet4/6
Sana04.11.2023
Hajmi492.31 Kb.
#1748570
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ANTONIMIYA VA ANTISEMIYA MUNOSABATI, ULARNING TA\'LIM BOSQICHLARIDA O\'RGANILISHI

II-BOB. ANTONIMIYA HODISASINI O`QITISHDA FOLKLORE NAMUNALARIDAN LINGVISTIK MASHQ SIFATIDA FOYDANALISH.
2.1. FRAZEOLOGIK ANTISEMIYANI VUJUDGA KELISHI
Dars shakllari va usullarining rang-baranglashishi, innovatsion pedagogik texnologiyalarning ta’lim sohasiga keng joriy qilinishi ana shunday oʻzgarishlar sirasidandir. Shu ma’noda, ta’lim muassasalarida ona tili darslarida oʻqituvchi va oʻquvchi hamkorligiga asoslangan, talabalar faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan turli shakl va usuldagi darsliklardan foydalanib, ona tili ta’limi samaradorligiga erishish, oʻquvchi-talabalarning bilim va tafakkurini yuksaltirish bugungi kunning, oʻzbek tili oʻqitish metodikasining eng muhim muammolari siraga kiradi. Umumiy oʻrta ta’limning ona tili oʻqitish mazmunini tashkil qiluvchi DTS talablarida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan ona tili oʻquv dasturida oʻquvchilar egallashi zarur boʻlgan nazariy bilim, koʻnikma va malakalar aniq yoritib berilgan. Unda ona tili fanining boʻlimlariga alohida toʻxtalib, har bir tushunchaga muayyan izohlar berib oʻtilgan. Kuzatishlardan ma’lum boʻldiki, umumiy oʻrta ta’lim uchun ona tili fanidan ayni paytda amaldagi Davlat ta’lim standarti talablarida oʻquvchilarning fonetika, leksikologiya, morfologiya, nutq madaniyati va stilistika, punktuatsiya boʻlimlarini oʻzlashtirishlari uchun zaruriy nazariy tushunchalar ancha batafsil yoritilgan. Nazariy tushunchalar bilan bir qatorda o`quvchilarning yoshiga va qobiliyatiga ko`ra lingvistik mashqlar ham berib boriladi . Bu mashqlar o`quvchilar qiyinroq o`zlashtirayotgan mavzuni to`liqroq o`zlashtirishga, o`zlashtirgan mavzuni esa mustahkamlashga yordam beradi.. Leksikologiya bo`limi orqali so`zlarning shakl va ma`no munosabatiga turlari haqida ma`lumotga ega bo`lamiz . So`zlarning shakl va ma`no munosabatiga ko`ra to`rt turi mavjud.
Omonimlar;
Sinonimlar;
Antonimlar;
Paronimlar. Antonimlar mavzusi 5-sinfdan boshlab o`tiladi. O`quvchilar mavzuni mukammal o`rganish jarayonida mashqlarning o`rni beqiyos. Mashqlar o`quvchilarga tushunarli , topqirlikka, izlanuvchanlikka yo`naltirmog`i kerak. Aynan mashqlarni xalq og`zaki ijodi namunalaridan tanlamoq o`quvchilarga yanada qiziqarli tuyilishi tabiiy . Chunki bolalar topishmoq , maqollarni o`qish , ichidan antonim juftliklarni topishi dars jarayoniga samarali tasir o`tkazadi. Xo`sh, antonimlik qanday hodisa ? Biz bu savolga javob berish uchun tilshunoslarning antonimiya hodisasi haqidagi fikrlariga to`xtalamiz. Antonimiya kontekstdagi ikkita leksik birlik yoki so`zlar o`rtasidagi qarama-qarshi semantik munosabatni ifodalaydi.
S.J.Smit o`z asarida antonimiyani 2ta guruhga bo`ladi:
Leksik antonimlar;
Grammatik antonimlar.
O`zaro zid ma`noli so`z va qo`shimchalarga antonimlar (zid ma`noli so`zlar) deyiladi.So`z maqomidagi antonimlar lug`aviy (leksik) antonimlar, qo`shimcha maqomidagi antonimlar esa affiks antonimlar sanaladi. Demak, antonimlar qarama-qarshi zid ma`noli so`zlardir. Antonimlar doimo ikki qarama –qarshi a`zodan iborat bo`ladi. Birini aytsak ikkinchisini xayolimizga keltiramiz. Masalan, Sovuq deyishimiz bilan issiq esimizga tushadi. Sovuq va issiq so`zlari antonim juftliklardir. Antonimlik hodisasi bir so`z turkum doirasida kuzatiladi. Antonimlarning quyidagi ko`rinishlarini uchratamiz.
Lug`aviy antonimiya;
Affiks antonimiya;
Frazeologik antonimiya.
Frazemalar orasida insonning ruhiy holatini ifodalovchi frazemalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Mazkur frazemalarda antisemik munosabat yaqqol ko‘rinadi. Dil leksemasi asosida shakllangan frazemalar. Dili yorishdi frazemasi dili xira, dili g‘ash frazemalari bilan antonimik munosabatni shakllantiradi. Dili yorishdi frazemasining antonmk va antisemik munosabatini quyidagi ko‘rish mumkin.



muayayn obrazlarga ega frazemalar orqali ifodalash uni aniqroq tushunishga asos bo‘ladi. Asadbek qo‘rqib kutgan hodisa ro‘y bermadi. Ha, u qizi bilan uchrashishdan qo‘rqayotgan edi. Qizi faryod urgan taqdirda ichini kemirayotgan vulqonning otilishi tayin ekanini bilib, tashvishlanayotgan edi. Ushbu matnda Asadbekning ruhiy holati ichini kemirayotgan frazemasini ishlatish yordamida yanada aniqroq ko‘rsatib berilgan. Bu o‘rinda siqiyotgan, ezayotgan leksemalarini qo‘llash ham mumkin. Lekin ruhiy holat bevosita kuzatishda berilmagan holat bo‘lganligi uchun ham ularni obrazli frazmalar orqali berilishi o‘quvchida yoki tinglovchida to‘laroq taasurot uyg‘otadi. Dili siyoh bo‘ldi, dilida siyohlik bor, dili og‘ridi, dili xira, dili g‘ash frazemalari dili chog‘, boshi osmonda, boshi osmonga etmoq, og‘zi qulog‘ida frazemalari bilan antonimik munosabatga kirishsa, xursand, xursandchilik, xursand bo‘lmoq leksemalari bilan antisemik munosabatda bo‘ladi. Ko‘ngil leksemasi orqali ko‘ngli yorishdi, ko‘ngli g‘ash, ko‘ngli og‘ridi, ko‘ngliga qil sig‘maydi, ko‘ngli sovudi, ko‘ngli cho‘kdi, ko‘ngli ko‘tarildi, ko‘ngli yozildi, ko‘ngli ochildi kabi frazemalar shakllangan. Bu kabi frazemalardan ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek xalqida ko‘ngil isishi, sovushi, og‘rishi, cho‘kishi, yorishishi, torayishi, kengayishi mumkin bo‘lgan predmetga o‘xshatilgan.
Bu frazemalardan ko‘ngli yorishdi, ko‘ngli yozildi, ko‘ngli ochildi kabilar bir-biriga yaqin frazeologik ma’nolarni anglatadi. Birgina ko‘ngil so‘zi asosida o‘zbek tilida quyidagicha frazemalar yasalgan: ko'ngil bermoq, ko'ngil qo'ymoq, ko'ngil to'lmoq, ko'ngildan g'uborin olmoq, ko'ngili buzilmoq, ko'ngilni bo'lmoq, ko'ngli borday, ko'ngli izza bo'lib, ko'ngli qolmoq, ko'ngli qoralik qildi, ko'ngli ravshan bo'lmoq, ko'ngli shodmon bo'ldi, ko'ngli siniq, ko'ngli to'ldi, ko'ngli to'q, ko'nglida bori, ko'nglidagi yerga yetolgani yo'q, ko'nglidagini so'ramoq, ko'nglidan chiqarmoq, ko'nglidan chiqmadi, ko'nglidan kechirdi, ko'ngliga kelib, ko'ngliga og'ir oldi, ko'ngliga olib, ko'ngli buzildi, ko'ngli cho'kdi, ko'nglim jo'shib, ko'ngliga gap kelmoq, ko'nglima to'g'ri kelmadi, ko'nglimda bordi, ko'nglimda o'ylab, ko'nglini xushlamoq, ko'nglimning ko‘chasi, ko'nglin so'rab, ko'ngil tortib, ko'nglin xushlab, ko'ngli bo'lmadi, ko'ngilning g'ubori, ko'ngli ochiq, ko'nglini olmoq, ko'nglini xushlab, ko'ngli xushlamadi. Bu leksemalardan ayrimlarini antisemik munosabatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Ko‘ngil, dil leksemalariga sinonim tarzida qo‘llaniluvchi ich leksemasi ishtirokida ham ko‘plab FBlar shakllangan bo‘lib, ular shaxsning ruhiy holatini anglatish uchun xizmat qiladi. Bunday FBlar qatoriga ichi achidi, ichini kemirmoq, ichini mushuk tatalayapti, ichi pishdi singari birliklarni kiritish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, ich leksemasi orqali shakllangan FBlar “ruhiy holat” semasi bilan bir qatorda “baho”, ya’ni “salbiy baho” semasiga ham ega. Bunday semaga ega bo‘lishida FBlar tarkibidagi achidi, kemirmoq, tatalamoq leksemalari ham muhim rol o‘ynamoqda. Bu qatorga kiruvchi ichi pishdi frazemasi “toqatsizlanmoq” semasiga ega bo‘lib, bu holat ham inson ruhiyatidagi salbiylikni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ichini kemirmoq frazemasi ko‘ngli tinchidi frazemasi bilan antonimik, xotirjam va xotirjamlik leksemasi bilan antisemik munosabatlar hosil qiladi. Ichini mushuk tatalamoq frazemasi ruhiyatida kuchli darjadagi bezovtalik borligidan dalolat beradi. Mazkur frazema sarosima leksemasi bilan antisemik munosabat hosil qiladi. Ma’lum bir kishining kuchli ruhiy azobi, uni qalbidan nimalar o‘tayotganligi faqat shu odamning o‘ziga ayon.
Lekin ushbu holatni ichini mushuk tatalamoq frazemasi orqali berilishi holatni aniqroq va yorqinroq berishga xizmat qiladi. Odatda, ruhiy holatni nomlovchi leksemalarimiz o‘zlashgan so‘zlar 46 hisobiga to‘g‘ri keladi. Oddiy so‘zlashuvda esa, bu kabi so‘zlar kam ishlatiladi. Odamning hech qachon ichiga mushuk kirmaydi. Lekin tasavvur qilishning o‘zi bu holatning qanchalik azob berishini anglatadi. Shuning uchun xalqimizda ruhiy holatlar ko‘proq obrazli frazemalar orqali beriladi. O‘zbek tilida frazeologizmlarini tahlilida yosh bilan bog‘liq frazemalarda antisemiya munosabati ancha yorqin ekanligi kuzatildi. Sh.Rahmatullaev “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”da ayrim yosh anglatuvchi frazeologik iboralarni keltirib o‘tgan bo‘lishiga qaramay, bunday belgiga ega bo‘lgan iboralar ancha kam uchraydi. Yosh belgisi bilan alohida farqlanuvchi frazeologizmlar qatoriga ona suti og‘zidan ketmagan, balog‘atga etgan, suyagi qotmagan, bir oyog‘i erda, bir oyog‘i go‘rda, esini tanigan, sharti ketib, parti qolgan, o‘n gulidan bir guli ochilmagan kabi iboralar mansub. Bunday frazeologizmlar uchun xos bo‘lgan umumiy ma’no belgisi “yosh” semasi sanaladi. O‘z tarkibida bunday frazeologizmlarni “yoshlik” hamda “keksalik” belgisi bilan zidlangan frazeologizmlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, ularning har qaysisi ma’lum ichki belgilari bilan farqlanadi. Dastlabki bo‘linishda ular quyidagicha guruhlanadi: - “go‘daklik” semali frazeologizmlar; - “navqironlik” semali frazeologizmlar; - “keksalik” semali frazeologizmlar. Birinchi kichik guruhga suyagi qotmagan, ona suti og‘zidan ketmagan frazeologik birliklarini kiritish mumkin. Ularda mavjud yosh belgisi bilan birga, “go‘daklik” semasi kuzatiladi. Mazkur frazemalar qari, qarilik, keksalik kabi so‘zlar bilan antisemiya hosil qiladi.


Download 492.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling