Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi
Download 58 Kb.
|
Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama
Mavzu: Antonimlar va paronimlar Reja: I.kirish II.Asosiy qisim Antonimlar Antonimlarga misollar Paronimlar III. Xulosa Adabiyotlar Antonimlar Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi. Antonimik juft hosil bo‘lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o‘zaro qarama qarshi bo‘lishi kerak. Fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qo‘llanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun (har doim). Ko‘p ma’noli so‘z o‘zining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkin: xafa so‘zi bir o‘rinda xursand so‘ziga antonim bo‘ladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam. Bundan tashqari unga sinonim bo‘lgan shod, xushvaqt kabi so‘zlarga antonim bo‘la oladi. Demak, bir so‘z sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlarning har biri go‘zal – xushro‘y – ko‘hlik; xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimik juftlar ko‘chma ma’no ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga ko‘chgan), achchiq- bilan atnonim bo‘la oladi: qattiq – yumshoq, saxiy; tez – sekin, og‘ir; chiroyli –Antonim badiiy nutqda qo‘llanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi og‘rir. Antonimlarni kel – kelma, bor – borma kabi Antonimlar birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklidir. faqat bir xil so‘z turkumlari doirasida kuzatiladi chuchuk (otga ko‘chgan). yaxshilik – yomonlik (ot), uzun – qisqa (sifat), ko‘p – oz (ravish), keldi – ketdi (fe’l). Nutqimizda lug‘aviy antonimlardan foydalanish fikrimizni ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma’noli so‘zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi. Paronimlar (talaffuzdosh so‘zlar) – ruscha para – “juft” va grekcha onyma yoki onoma – “nom” degani bo‘lib, aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi boshqa-boshqa so‘zlardir. Boshqacha aytganda, bir harf yoki bir tovush bilan farq qiluvchi so‘zlar paronimlardir. Paronimlar ko‘pincha bir tovush bilan bir-biridan farq qiladi: asr – asir, shox – shoh, amr – amir. Paronimlar bir so‘z turkumi doirasida yoki turli so‘z turkumlari doirasida kuzatiladi: zirak (ot) – ziyrak (sifat); asr (ot) – asir (ot). Omonimlar va paronimlar haqida aytilganda shu narsa ma’lumki, ko‘pincha orfoepiya qoidalariga rioya qilmaslik yoki so‘z fonetik strukturasini to‘g’ri bilmaslikdan yuzaga keladi. Paronimlarning quyidagi turlari mavjud: lug‘aviy (leksik) paronimlar: shox – shoh, asl – asil, nufuz – nufus, dara – dala, dadil – dalil; frazeologik paronimlar: joni kirdi (rohatlanmoq) – jon kirdi (tetiklashmoq), og‘ziga qaramoq (tinglamoq) – og‘ziga qaratmoq (mahliyo qilmoq). Uyadosh so‘zlar bir turdagi narsa, belgi, voqea-hodisa, harakat ma’nolarini ifodalaydigan, bir mazmuniy guruhga mansub bo‘lgan so‘zlardir: kiyim turlari: ko‘ylak, shim, kostum, do‘ppi; rang turlari: oq, qizil, sariq; ruhiy holatni bildiruvchi harakat turlari: yig‘lamoq, kulmoq, xo‘rsinmoq. Antonimlar (yunoncha anti-zid, onoma-nom so‘zidan olingan bo‘lib) o‘zaro zid tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir. So‘zlarning zid ma’noligi boshqa shu kabi hodisadan farqli ravishda leksik (lug‘aviy) antonimlar deyiladi Masalan: oq - qora, kun - tun. Antonimlar ham odatda bir so‘z turkumi doirasida yuzaga keladi va zid ma’nolilik, odatda, faqat ikkita so‘z doirasida sodir bo‘ladi: uzun - qisqa (sifat), kelmoq - ketmoq (fe’l) kabi. Antonimlar bir xil va har xil o‘zakli so‘zlardan ham tarkib topishi mumkin. O‘zakdosh so‘zlarning antonimligi, asosan, zid ma’noli so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida yuzaga keladi: suvli - suvsiz, xabardor - bexabar kabi. Har xil o‘zakli so‘zlardan tarkib topgan antonimlar esa tub shaklda bo‘ladi: katta - kichik, rost - yolg‘on. Ko‘p ma’noli so‘zlar o‘z va ko‘chma ma’nolari bilan bir necha antonim juftliklar tarkibida ishtirok etishi mumkin: og‘ir yuk - yengil yuk, og‘ir masala - oson masala kabi. Bir so‘z o‘zaro sinonim so‘zlar bilan yoki o‘zaro sinonim so‘zlar boshqa sinonimlar bilan ham antonimik munosabat hosil qilishi mumkin. Masalan, xafa so‘zi xursand, shod xushnud kabi so‘zlar bilan o‘zaro antonim munosabatga kirisha oladi. Antonimlar nutqda belgi-xususiyat, miqdor, o‘rin, payt ifodolovchi so‘zlarda ko‘p bo‘lib, aniq tushuncha ifodalaydigan lug‘aviy birliklarda kam uchraydi. Bu hol antonimlarning asosan belgi, xususiyat negizida (sifat va ravishlarda) paydo bo‘lishidan darak beradi. Antonimlarga so‘z turkumlari nuqtai nazaridan qaralganda ularning quyidagi turkumlarda uchrashini kuzatish mumkin: 1) ot antonimlar: ota-ona, yigit-qiz, kelin-kuyov; 2) sifat antonimlar: shirin-achchiq, katta-kichik, baland-past; 3) fe’l antonimlar: kulmoq-yig‘lamoq, turmoq-o‘tirmoq; 4) ravish antonimlar: uzoq-yaqin, oz-ko‘p, sekin-tez; 5) ba’zan nutqda baho me’zoni bo‘lgan besh va ikki sonlari ham zidlikka ega bo‘ladi. Antonimlar nutqda juft holda qo‘llanilib, ma’no ko‘chgan holda yangi tushuncha ifodalash vositasi bo‘ladi. Masalan: bordi - keldi, keldi - ketdi, yaxshi - yomon, oq - qora kabi antonimik juftliklar aslida fe’l va sifatlar bo‘lib, nutq jarayonida otga ko‘chishi mumkin: bordi-keldi uzildi, keldi-ketdi ko‘p bo‘ldi, oq-qorani tanigan kabi. Antonimlar asosida anglashilgan ma’no zidligi kuchli va kuchsizligi bilan ham farqlanadi. Masalan, oq-qora, issiq-sovuq kabi belgi anglatuvchi so‘zlarga nisbatan ota-ona, chol-kampir singari nom bildiruvchi so‘zlarda ma’no zidligi kuchsizroqdir. Shunga ko‘ra ularni sof va yarim antonimlar sifatida ajratish mumkin. Bulardan tashqari, muayyan matndagina o‘zaro zidlik kasb etuvchi o‘t (olov)-suv, it-mushuk, mushuk-sichqon kabi matniy antonimlar ham mavjud. Zidlik munosabati faqat so‘zlar doirasida mavjud bo‘lmay, so‘z bilan iboralar o‘rtasida ham uchraydi: qo‘rqoq-yuragida yoli bor, botir-chumchuq pirr etsa, yuragi shirr etadigan kabilar shular jumlasidandir. Budnay antonimlar leksik-fraziologik antonimlar deyiladi. Antonimlar tildagi kuchli uslubiy vositalardan biri bo‘lib, badiiy ijodda tazod san’atini vujudga keltiradi. Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling