Antropogenezning fan dalillari


Download 1.29 Mb.
bet3/10
Sana18.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1211336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Antropogenezning fan dalillari

Mehnat jarayonining rivojlanishi bilan o‘zaro ko‘maklashish foydali ekanligi tobora oydinlasha borgan. Atrof-muhitni, umuman tabiatni bilish bo‘yicha to‘plangan tajriba avloddan avlodga berilib, takomillashib borgan. Jamoa bo‘lib yashash odamlarni bir-biri bilan tovush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda bo‘lish imkonini bergan. Bora-bora maymunlarning rivojlanmagan hiqildog‘i va og‘iz apparati irsiy o‘zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish natijasida odamning nutq organiga aylangan.

  • Mehnat jarayonining rivojlanishi bilan o‘zaro ko‘maklashish foydali ekanligi tobora oydinlasha borgan. Atrof-muhitni, umuman tabiatni bilish bo‘yicha to‘plangan tajriba avloddan avlodga berilib, takomillashib borgan. Jamoa bo‘lib yashash odamlarni bir-biri bilan tovush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda bo‘lish imkonini bergan. Bora-bora maymunlarning rivojlanmagan hiqildog‘i va og‘iz apparati irsiy o‘zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish natijasida odamning nutq organiga aylangan.

Yuksak hayvonlar va odamlar tashqi predmet va hodisalarni ko‘rish, eshitish va boshqa sezgi organlarining bevosita ishtirokida ta’sirlanishi orqali javob berishi mumkinligini sizlar «Odam va uning salomatligi» o‘quv predmetidan bilasiz. Yuksak hayvonlardan farqli ravishda odamda ikkinchi signal sistemasi rivojlangan. Odam tashqi signallarni so‘z orqali qabul qiladi. Bu odam va hayvonlar oliy nerv faoliyatining sifat jihatdan farq qiluvchi belgisidir. Nutq, birgalikda mehnat qilish tufayli odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi kuchaygan ijtimoiy munosabatlar rivojlangan. Odamning paydo bo‘lishi jarayonida olovdan foydalanib, pishirilgan ovqatni iste’mol qilish ham muhim rol o‘ynagan. Ovchilik bilan shug‘ullanish, baliq ovlash faqat o‘simliklar bilangina emas, balki aralash ovqatlanishga ham imkon bergan. Bu esa o‘z-o‘zidan ichaklarning qisqarishiga sababchi bo‘lgan. Olovda pishirilgan oziqni ming yillar mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga bo‘lgan og‘irlikni yengillashtirgan. Oqibatda maymunlarning baquvvat chaynash muskullarini biriktiradigan tepa suyagining qirrasi o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotgan.

  • Yuksak hayvonlar va odamlar tashqi predmet va hodisalarni ko‘rish, eshitish va boshqa sezgi organlarining bevosita ishtirokida ta’sirlanishi orqali javob berishi mumkinligini sizlar «Odam va uning salomatligi» o‘quv predmetidan bilasiz. Yuksak hayvonlardan farqli ravishda odamda ikkinchi signal sistemasi rivojlangan. Odam tashqi signallarni so‘z orqali qabul qiladi. Bu odam va hayvonlar oliy nerv faoliyatining sifat jihatdan farq qiluvchi belgisidir. Nutq, birgalikda mehnat qilish tufayli odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi kuchaygan ijtimoiy munosabatlar rivojlangan. Odamning paydo bo‘lishi jarayonida olovdan foydalanib, pishirilgan ovqatni iste’mol qilish ham muhim rol o‘ynagan. Ovchilik bilan shug‘ullanish, baliq ovlash faqat o‘simliklar bilangina emas, balki aralash ovqatlanishga ham imkon bergan. Bu esa o‘z-o‘zidan ichaklarning qisqarishiga sababchi bo‘lgan. Olovda pishirilgan oziqni ming yillar mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga bo‘lgan og‘irlikni yengillashtirgan. Oqibatda maymunlarning baquvvat chaynash muskullarini biriktiradigan tepa suyagining qirrasi o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotgan.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling