- Har bir populyatsiyadagi odamlar o‘zaro bo‘yi, yuz tuzilishi, terisi, sochining rangi va boshqa belgilar bilan farq qilishi tabiiy bir hol. Bu shaxsiy o‘zgaruvchanlik oqibatidir. Irqiy belgilar ayrim odamlargagina emas, balki butun jamoaga xos bo‘lib, ma’lum yashash sharoiti bilan uzviy bog‘liq. Barcha irqlarning ajdodlari bundan 90—92 ming yil oldin paydo bo‘lgan. O‘sha davrdan boshlab odamlar sayyoramizning turli bir-biridan keskin farq qiladigan o‘lkalarga tarqalib yashay boshlagan va albatta muhit odamlar tashqi qiyofasiga uzoq yillar davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Negroid irqi vakillarining terisi qora yoki to‘q jigarrang, sochi qora, jingalak, burni puchuqroq, keng, lablari qalin bo‘ladi. - Negroid irqi vakillarining terisi qora yoki to‘q jigarrang, sochi qora, jingalak, burni puchuqroq, keng, lablari qalin bo‘ladi.
- Mongoloid irqiga kiruvchilar terisi bug‘doy rang yoki tiniqroq, qirg‘izqovoq, sochi to‘g‘ri va qattiq, soqol va mo‘ylovlari kam yoki rivojlanmagan, yonoqlari bo‘rtib chiqqan, lab va burunlari o‘rtacha qalinlikda va bodomqovoq bo‘ladi. Irqiy belgilar odamlarning yashash sharoitiga moslashishi oqibatida paydo bo‘lgan. Chunonchi, negroid irqida tananing qora bo‘lishi quyosh nurlaridan himoyalanishda, mongoloid irqida ko‘zning kichik va qiyiq bo‘lishi chang-to‘zonlardan himo- yalanishda yordam bergan.
- Yevropeoid irqiga mansub odamlar terisining rangi oqish, sochi yumshoq, to‘g‘ri, sersoqol, sermo‘ylov, burunlari tor, lablari yupqa bo‘ladi.
Nima sababdan kishilar o‘rtasida bunday farqlar paydo bo‘lgan? Olimlar fikriga ko‘ra, hozirgi zamon odami shakllanish jarayonida uning dastlabki vatani hisoblangan Janubiy-Sharqiy Osiyo va unga qo‘shni Shimoliy Afrikada ikki irq – janubig‘arbiy va shimoliy-sharqiy irqlar paydo bo‘lgan. Birinchi tarmoq keyinchalik yevropeoid va negroid irqlarinig, ikkinchi esa mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. - Nima sababdan kishilar o‘rtasida bunday farqlar paydo bo‘lgan? Olimlar fikriga ko‘ra, hozirgi zamon odami shakllanish jarayonida uning dastlabki vatani hisoblangan Janubiy-Sharqiy Osiyo va unga qo‘shni Shimoliy Afrikada ikki irq – janubig‘arbiy va shimoliy-sharqiy irqlar paydo bo‘lgan. Birinchi tarmoq keyinchalik yevropeoid va negroid irqlarinig, ikkinchi esa mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
- Yevropeoid va negroid irqlarining ajralishi bundan taxminan 50—40 ming yil oldin boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |