Antropometriya. Bolalar qaddi-qomatini shakllanishi
Ko‘z qovoqlarini yumib-ochish refleksi va boshqa reflekslarni o'rganish
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
13 talik full 2 talik
Ko‘z qovoqlarini yumib-ochish refleksi va boshqa reflekslarni o'rganish
Gonioskopiya - ko‘z oldi kamerasi burchagini goniolinza va tirqishli lampa yordamida tekshirish usuli.Oldingi kamera burchagi shox parda chekkasidagi yarim tiniq qismi - limb ostida joylashgan va u tashqaridan oddiy ko‘z bilan qaraganda ko‘rinmaydi. Shuning uchun oldingi kamera burchagi mikrotuzilishini ko‘rish uchun Van-Boyningen, Krasnov, Goldman gonioskoplari ishlatiladi. Bu gonioskoplap murakkab joylashtirilgashisha va linzalar tizimidan iborat. Tekshirish paytida goniolinza instillyatsion anesteziyalangan ko‘zning shox pardasi yuzasigaKo‘rish a’zolarini tekshirish usullarini qo‘liashni ikki davrga bo‘lish mumkin: birinchi davrda umumiy oftalmologik tekshirish usullari qoilaniladi. Bu bemorning oftalmolog qabuliga yoki statsionarga kirib kelishidan, uning k o ‘zi xastaligi haqidagi shikoyatlarini eshitish, kasallik tarixi (anamnesis morbi), hayotarixini (anamnesis vitae) va umumiy organizmi holatini aniqlash, ko‘zlarini qarab tekshirib dastlabki tashxis qo‘yish va zarur doridarmonlami buyurishgacha bo‘lgan davrda qo‘llanilgan usulardir. Bularga shifokorning bemorni ko‘zdan kechirishi, uning ko‘zini yonidan nur tushirib qarashi, shox parda sezuvchanligini tekshirishi, ko‘rish oHkirligini tekshirishi, biomikroskopiya, ko‘z ichiga nur yuborib qarash, ko‘z ichi bosimini o'lchash va zarur bo ‘lsa, ko'pincha, refraktometriya va oftalmoskopiyadan foydalanish usullari kiradi.Bemorlami tekshirishning ikkinchi davrida klinik diagnoz qo‘yish uchun va agar ko‘zdagi patologiya juda og‘ir va murakkab bo‘lsa, yana qo‘shimcha bir qator spetsifik tekshirish usullari: rangliperimelriya, oftalmoxiomoskopiya, gonioskopiya, tsikloskopiya, tonografiya, exobiometriya, ekzoftalmometriya, diafanoskopiya,oftalmodinamometriya, angiografiyalar qo'llanilib, bular asbobuskunalar yordamida bajariladi.Shifokorning yana bir vazifasi bemor qabulxonaga kiri kelishidan boshlab, uni diqqat-e'tibor bilan kuzatish, uning qaddibastiga, qadam tashlashi, nigohiga ahamiyat berishi kerak. Shunda bemorning engashib yurishi, oqsoqlanishi, ozg‘in yoki juda semizligi,uning rangi-ro‘yi, yuzidagi turli xil toshma, yara yoki chandiqlari borligi ko‘zga tashlanadi. Bular ko‘z kasalligining patogenezini aniqlashga yordam berishi mumkin. Bemor bosh suyagining shakli boshqacha, juda katta yoki kichkina, ko‘z kosalarining simmetriyasi o‘zgargan biri katta, ikkinchisi kichik, ko‘z soqqasi noto‘g‘ri joylashib, chaqchaygan kokz, yoki buqa ko‘zbo'lsa, bu turli umumiy surunkali kasalliklar - toksoplazmoz, sil, zahm, bod, jigar, buyrak, alkogolizm va boshqa kasalliklardan darak berishi mumkin. Chaqchaygan ko‘z qalqonsimon bezning patologiyasidan, buqa ko‘z esa, ko*z kosasida o‘sma, o‘tkir yallig*lanish borligidan yoki qon quyilganidan bolishi mumkin. Agar bemorning ko‘zlari kam harakat, boqishi tikka yoki sal tepaga-yuqoriga yo'nalgan bo'lsa, bu ko‘rish o‘tkirligining juda pasayganligidan, yoki u ko‘zini yaxshi ocholmay, yorug* nurga qaray olmasa, bu ko‘zining o‘tkir yalligianganidan darak beradi. Bemorning pastki jag‘i ostida yoki bo‘ynidagi chandiq ko'pincha tuberkulyozga uchragan va u ko‘z pardalari yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.Bemor shifokorning yoniga kelib o‘tirgach, avvalo uning ijtimoiy ahvolini aniqlash, so’ngra shikoyatlarini diqqat bilan tinglamoq zarur. Uning nutqi va muomalasiga ham ahamiyat berish kerak. Agar u ko‘zim birdan og*rib qoldi, achishdi, qizardi, yoshlandi desa ko‘z pardalarining yallig‘langani, ko'zimga kecha qum tushdi yoki sim tegib ketdi desa, bu ko'zning shikastlanib yallig‘langanidan darak beradi. Bemor 2-3 oydan beri ko‘zim xira yoki ko‘p narsalarga ko‘zim o‘tmayapti yoki ko‘zim butunlay ko‘rmay qoldi, lekin hech qizargani ham og‘rigani ham yo‘q desa, bu ochiq burchakli glaukoma, ko‘rish nervi atrofiyasi, to‘r parda distrofiyasidan, yoki 3-4 haftadan beri ko ‘zimga mayda-mayda nuqtalar yaltirab k o ‘rinadi desa, bu donachalar xorioidit, xorioretinitdan, yoki ko‘zimda bir nuqta paydo bo‘lgan, qancha artsam ham ketmaydi yoki shu k o ‘zim bilan qaraganda elektr lampasi ikkita ko‘rinadi desa, bu qarilik kataraktasi boshlanayotganidan darak beradi.Agar bemor ba’zida charchaganimda yuragim o‘ynab, ko‘zlarim jimirlashadi va ko‘zimdan chaqmoq chaqqandagiga o'xshash chiziq va burchakli siniq chiziqlar paydo bo‘ladi desa, bu qon bosim ko‘tarilganidan, bosh miya ko‘ruv nervi va ko‘z ichki pardalari Nafasning rivojlanish ko’rsatkichlari Reja 1. Nafas olish organlarining umimiy tavsifi 2. Nafas olish va chiqarish 3. Gazlar almashinuvi Organizmda tinimsiz ravishda oksidlanish jarayoni bajariladi. Atrof-muhitdan tushayotgan kislorod hujayralarga yetkazib beriladi va u yerda sitoplazma tarkibiga kiruvchi yuqori molekulyar organik moddalardan ajraladigan uglerod va vodorod bilan birikadi. Organizmdan chiqarilishi kerak bo’lgan o’zgarishlarning oxirgi mahsulotlari – karbonat angidrid gazi, suv va boshqa birikmalar organizmga tushgan kislorodning katta miqdorini o’zlarida saqlaydi. Kislorodning kam qismi esa hujayra sitoplazmasi tarkibiga kiradi. Kislorod organizmni faoliyati uchun zarur bo’lgan energiyani ajratuvchi bioximiyaviy jarayonlarning asosi hisoblanuvchi oksidlanish jarayonini ta’min etadi. Shu sababli uning to’qimalarini kislorod bilan yetarlicha ta’minlamasdan organizm hayotini tasavvur qilish mumkin emas. Hayvon qanchalik murakkab darajada tuzilishga ega bo’lsa, u kislorod taqchilligini shunchalik qiyin yengadi. Yuqori darajada rivojlangan hayvonlar, ayniqsa odamlar oksidlanish jarayonlari to’xtashi bilan bir necha daqiqa ichida o’ladi. Nafas olish tiplarining evolyutsiyasi. Bir hujayrali organizmlarda – diffuzli nafas olish mavjud – ya’ni gazlarning to’g’ridan-to’g’ri hujayra po’stlog’i orqali o’tishidir. Quyi tabaqali ko’p hujayralilarda, masalan chuvalchanglarda, quyi hasharotlarda gazlarning almashinuvi tana yuzasidagi hujayralar orqali bajariladi (teri orqali nafas olish). Teri orqali nafas olish maxsus nafas organlari mavjud bo’lgan quyi tabaqali umurtqalilarda (baliqlar, amfibiya, sudralib yuruvchilarda) katta rol o’ynaydi. Bu organlar yashash sharoitiga qarab rivojlangan bo’ladi. Suvli nafas organlari bo’lib turli tuzilishga ega jabralar hisoblanadi (jabralar bilan nafas olish), havoli nafas olish organlari bo’lib – kekirdak va o’pka (kekirdakli, o’pkali nafas olish) hisoblanadi. Barcha baliqlarda jabrali nafas olish mavjud, lekin ayrim baliqlar teri hamda ichaklar orqali ham nafas oladilar. Ichak naychalaridan suzish pufakchalari rivojlanadi va uning hujayralari kislorodni o’ziga faol singdirib oladi (gazlar sekresiyasi). Masalan, cho’rtan baliqning suzish pufagida 35 %, dengiz okunida 88 % gacha kislorod saqlanadi. Bundan tashqari, suzish pufagi harakatlarni koordinasiyalashda ham ishtirok etadi. Suv umurtqalilarida ham tashqi, ham ichki jabralar mavjud. Umurtqasiz hayvonlarda havoni qayta ishlovchi nafas organlari bo’lib qayta o’zgargan jabralar hisoblanadi. Ko’pchilik hasharotlarda kekirdakning nozik o’simtalarining murakkab turidan tashkil topgan kekirdakli tizim bo’lib, u orqali to’qimalar kislorod bilan ta’minlanadi. Repitiliy va amfibiyalarda gazlar almashinuvining 2/3 qismi teri orqali va 1/3 qismi o’pka orqali (o’pkali nafas olish) bajariladi. Parrandalarda nafas organlari o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularda ham reptiliylardagi singari diafragma yo’q. Kekirdak o’pka ichidan to’g’ri havo xaltalariga o’tadigan 2-ta bronxga bo’linadi. O’pka unchalik katta emas va qobirg’alar bilan aralashib ketgan. Havo o’pkadan undan o’tadigan bronxlar shoxlariga, bronxiolalar va havo kapillyarlari hamda havo xaltalariga kelib tushadi. Uncha katta bo’lmagan havo xaltalari – ko’krak va qorin bo’shlig’ida joylashgan. Barcha havo xaltalari o’simtalarga ega va ularning ayrimlari oyoqlarning uzun naysimon suyaklari bilan tutashgan bo’ladi. Nafas olinganda qobirg’alarning qismlari orasidagi burchaklarning ortishi hisobiga vertikal yo’nalishdagi ko’krak hujayralarining hajmi ortadi. Gazlar almashinuvi qon kapillyarlari bilan juda yaxshi ta’minlangan o’pka va havo kapillyarlarda bajariladi va ular orqali havo nafas olish va chiqarish vaqtida ikki marta o’tadi (havo xaltalari va opkaga). Havo xaltalari – ancha katta havo rezurvuari bo’lib o’chish paytida qushlarni tanasini ushlab turish hamda tanani sovutish va uzoq muddat nafas olinmaganda hayotini saqlab qolinishini ta’minlaydi. Suvda suzuvchi parrandalarga esa tana zichligini kamaytiradi, natijada parrandalar suvga kam botadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling