Antropometriya. Bolalar qaddi-qomatini shakllanishi
Ish qobiliyatining yil chorak kun davomida o'zgarishi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
13 talik full 2 talik
Ish qobiliyatining yil chorak kun davomida o'zgarishi
O’quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyati. O’quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyati deganda ma’lum bir aqliy yoki jismoniy ishni uzoq muddat davomida oz kuch sarflab, sifatini talab darajasida bajarish tushuniladi. Ayrim adabiyotlarga asoslanib, aqliy ishchanlik qobiliyati ko’rsatkichlarini kun davomida o’rganib chiqib alohida davrlarga ajratish mumkin, bu o’z navbatida o’qish va mehnat qilish bo’yicha ratsional kun tartibi tuzishda eng obyektiv mezon hisoblanadi. Aqliy ishchanlik qobiliyati 5 ta davrdan iborat: 1. Ishga kirishish davri. Darsda bir necha daqiqa davom etib, o’quvchi o’quv va ish jarayonlariga moslasha boradi. 2. Optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabillashgan davridir. Bunda diqqat dominantligi vujudga keladi. 3. To’liq, kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toliqishning dastlabki belgilari paydo bo’la boshlaydi, ammo ularni odamning iroda kuchi kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi. 4. Beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish faoliyatining pasayishi bilan xarakterlanadi, ammo odam iroda kuchi bilan ma’lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin. 5. Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning tez ortib borishi bilan xarakterlanadi, bunda bajarilayotgan aqliy mehnatning mahsuli va samaradorligi keskin kamayadi. Bu davrlarni dars davomida, kun, hafta, chorak, yil davomida kuzatish mumkin. Aqliy mehnat faoliyatini yuqori darajada saqlay olish mumkinmi degan savolga rus olimi N.Ye Vedenskiyning ta’kidlashicha, aqliy mehnatning yuqori mahsuldorligini ta’minlovchi sharoitlar quyidagilardan iborat: - har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish; -ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya qilish; -ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish; -mehnat va dam olishni to’g’ri tashkil qilish, bir ish turini ikkinchisi bilan almashtirib olib borish. -muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish tufayli aqliy mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik malaka hosil qilish. Yuqoridagi omillarning ko’pchiligi o’quvchilarning ham ish qobiliyatini aniqlaydi, ammo ularning eng muhimi o’quv kun tartibiga, va o’z vaqtida dam olishga rioya qilishdir. Aqliy faoliyat uzoq, vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarilayotgan ishga nisbatan e’tibor kamayadi, fanlarni o’zlashtirish pasayadi, talaba bo’shashadi, mudraydi. Bu holat miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi asab hujayralari qo’zg’alish holatidan tormozlanish holatiga o’tganligini, ya’ni ular charchaganligini ko’rsatadi. Charchash bu tashqi muhit bilan miya po’stlog’idagi asab hujayralari o’rtasidagi aloqaning vaqtincha uzilishidir. Charchash deganda, miya hujayralarining shu bilan birga butun organizmning ishchanlik qobiliyatini pasayishi tushuniladi. Bu fiziologik jarayon bo’lib, tormozlanishning oxirgi pog’onasi hisoblanadi. Tormozlanish dastlab bosh miya po’stloq qismiga, so’ngra asab tizimining qo’yi qismlariga tarqalib, organizmni bo’shashtiradi. Darsda charchashning birinchi bosqichi faol tormozlanishning bo’shashi bilan bog’liq, bu harakatlar o’zgacha ko’rinishda namoyon bo’ladi. O’quvchilarning o’zlari faol o’quv holatidan to’xtagan bo’ladilar, sinfda ozgina shovqin-suron ko’tariladi. Charchashning bundan keyingi ikkinchi bosqichi qo’zg’alish jarayonining bo’shashi, bilan birga davom etadi. Tormozlanish jarayonlari qo’zg’alish jarayonidan ustun turadi. I.P. Pavlov charchashda tormozlanish jarayonining ahamiyatiga to’xtalib o’tar ekan: «Charchash tormozlanish jarayonining avtomatik ichki qo’zg’tuvchilaridan biridir» - deb yozgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling