Reja: Iqtisodiy fikr,g’oya, qarash ta’limotlarning paydo bo’lishi


Download 16.48 Kb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi16.48 Kb.
#1751503
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish


Hasanov Alisher HBA-62 guruh
7-variant

Reja:
1.Iqtisodiy fikr,g’oya, qarash ta’limotlarning paydo bo’lishi.


2.Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi.
3.Iqtisodiyotning bosh masalasi va uning ikki tomoni.



  1. Iqtisodiy fikr, g’oya, qarash, ta’limotlarning, paydo bo’lishi.

Iqtisodiyotni sir-asrorlarini bilishga qiziqish juda qadim zamonlarda ham mavjud bo’lgan. Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Platon, Aristotel shu bilan bir qatorda qadimgi arab davlati Misr va Markaziy Osiyo mutaffakkirlari qarashlarida ham uchraydi. Qadimgi Hindistonning “Manu qonunlarida”gi ijtimoiy mehnat taqsimoti xukmronlik va qaramlik munosabatlari mavjud bo’lgani qayt etilgan. Endi qadimgi Xitoyga keladigan bo’lsak xususan Konfutsiy ta’limotida aqliy va jismoniy mehnatning farqlari ko’rsatiladi bunda birinchisi jamiyat “yuqori ” qatlamlar ikkinchisi asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan “oddiy kishilar”


ga tegishli bo’lishi ko’rsatilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek iqtisodiyot birdaniga paydo bo’lmagan insoniyat o’zining ko’p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar ya’ni olimlar tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr g’oya nazariya konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki bazi holda shu tufayli davlat xalqlar iqtisodiy rivojlangan yoki bo’lmasa tanazzulga yuz tutgan. Ana shu iqtisodiy g’oyalarni har tomonlama chuqur o’rganish tahlil etish ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib hozirgi davrga tatbiq etish amaliy va nazariy jihatdan foydalidir. Shu sababdan har bir davrning o’ziga xos va mos bo’lgan iqtisodiy qarashlari mavjud bo’lgan hozirgi kunga kelib hattoki shu ta’limotlarni ko’pligidan ularni o’rganadigan fan ham bor bunga misol qilib “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini olsak bo’ladi. Bu fanning maqsadi avvalgi ortodoksal g’oyalar zamonaviy iqtisodiy nazaryaning mazmuni va predmetiga qo’shgan hissalarini va shu bilan birga ortodoksal bo’lmagan boshqa g’oyalarning zamonaviy iqtisodiy ta’limotlarning shakllanishidagi ahamiyatini ko’rsatgan holda iqtisodiy nazariyaning asrlar davomida shakllanishini tasvirlab berishdan iborat.
Endi ta’limotlarni o’rganadigan bo’lsak qadim zamonlardan to hozirgi paytgacha juda ham ko’plab olim va mutaffakkirlar tomonidan har-xil iqtisodiy ta’limotlar olg’a surilgan ammo shuni ta’kidlash kerakki ularning hammasi ham jamiyatda o’z o’rnini topmagan hozir sizlar bilan ularning ba’zilarini ko’rib chiqamiz.

Download 16.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling