Reja: Iqtisodiy fikr,g’oya, qarash ta’limotlarning paydo bo’lishi


Download 16.48 Kb.
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi16.48 Kb.
#1751503
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish

Merkantalizm - jamiyatning boyligi puldan oltindan iborat bo’lib u savdoda “asosa tashqi savdoda paydo bo’ladi va ko’payadi” deb tushuntiradi merkantalizm italyancha “mercante” so’zidan olingan bo’lib “savdogar” ma’nosini anglatadi. Bu oqimning namoyondalari Uil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkreten, Jon Lou, Gaspar Skarrufi va boshqalar hisoblanadi
Fiziokratlar – jamiyatning boyligi qishloq
xo’jaligida vujudga keladi, degan g’oyani ilgari
suradilar. Bu ta‘limotning asoschisi Fransua Kene
(1694-1774) hisoblanadi.
Klassik siyosiy iqtisodboylik faqat qishloq
xo’jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va
boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi.
U. Petti (1623-1686) boylikning manbayi yer va mehnat ekanligini e‘tirof etgan. «Mehnat boylikning otasi, yer uning onasi», degan ibora unga tegishlidir.
A.Smit «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida
tadqiqot» asarida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar
asosida bozor o’z-o’zini tartibga solishi («ko’rinmas qo’l») g’oyasini
ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat bu shaxsiy
manfaatdir, deb ko’rsatadi. D.Rikardo foydaning yagona manbayi mehnat ekanligini ko’rsatadi.
Sismondi (Jon Sharl Leonard Simon de Sismondi) kapitalistik
iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo’lida
ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo’lmog’i lozim,
deb ko’rsatadi.
Sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen)
kapitalizmni tanqid qilib, xususiy mulkchilikni yo’q qilish, ishlab
chiqarish, taqsimot va iste‘molni qayta tashkil etish va adolatli tuzum
(industrial jamiyat, garmonik jamiyat, kommunizm) o’rnatish talabi
bilan chiqadilar.
Marksizm jamiyat taraqqiyotiga tabiiy tarixiy jarayon deb qarab,
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning vujudga kelishi, rivojlanishi va
boshqasi bilan almashinishi sabablari to’g’risidagi ta‘limotni hamda
qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratadi.
Hullas bu maktablarning ba’zi fikrlaridan foydalanib davlatlar tobora rivojlanib bormoqda.



  1. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi.

Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi. Insonning yashashi va kamol topishi jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga zaruriyat


“ehtiyoj” deb ataladi.
Jamiyat ehtiyojlari tarkiban kishilar ya‘ni jamiyat a‘zolari, korxonalar va
davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarning ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma‘naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy ne‘matlardan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma‘naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali bo‘lgan ne‘matlarni iste‘mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular iste‘mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy ne‘matlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zebziynat, buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta‘kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne‘matlar kabi ma‘lum ehtiyojlarni qondiradi. Ma‘naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratiga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar
yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan iste‘mol faoliyatining turli shakllarida
qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligini taqozo qiladi. Masalan, ta‘lim olish, sog‘liqni saqlash,dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir. Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya‘ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, uning xavfsizligini ta‘minlash, tinchligini saqlash avtomobil va temir yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishi hamda ijtimoiy ne‘matlar bilan ta‘minlashni o‘z zimmasiga oladi.
Endi ehtiyojlarning turlariga keladigan bo’lsak:

Download 16.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling