Reja: Iqtisodiy fikr,g’oya, qarash ta’limotlarning paydo bo’lishi
Download 16.48 Kb.
|
Mustaqil ish
Ehtiyojlar turlari. Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo‘lganligi sababli,
ularni turkumlashga turli jihatdan yondashish mumkin. Ular, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga ajratadi. Ehtiyojlar qondirilish zaruriyatidan kelib chiqib birlamchi – eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan ehtiyojlar mavjudligi qayd qilinadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini, ikkilamchi ehtiyojlarga ularning ma‘naviy, intellektual faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san‘at, turli ko‘ngilochar tadbirlarga qatnashishga bo‘lgan ehtiyojlarini kiritish mumkin. Ayni vaqtda bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo‘lsa, boshqasi uchun hayotiy yashash vositalari ahamiyatli. Bir kishi uchun ma‘naviy ehtiyojga xohish bo‘lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi bo‘lish mumkin. Ehtiyojlar sub‘ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat ehtiyojlariga bo‘linadi. Individual ehtiyoj – har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar bilan birga har tomonlama kamol topishi uchun bo‘lgan ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiyotning bosh masalasi va uning ikki tomoni. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda uni qondirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Iqtisodiyotning bosh masalasi o‘zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va iqtisodiy resurslar cheklangan. Download 16.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling