Antroponimlarning tizim sifatida shakllanish manbalari


Mahalliy shevalariga xos ismlar


Download 20.67 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi20.67 Kb.
#1577903
1   2   3
Bog'liq
Matyusupova Munisa Maqsudovna 11

Mahalliy shevalariga xos ismlar.
Variantdorlik muammosi boʻyicha turdosh leksika misolida tadqiqotlar olib borilgan boʻlsa-da, atoqli otlardagi variantlar va variantdorlik masalasi deyarli oʻrganilmagan. Professor Ernst Begmatov oʻzbek ismlaridagi variantdorlik haqida toʻxtalib shunday degan edi: Ismning mahalliy shevada oʻzgarishga uchrashi bitta nomning ikki yoki undan ortiq variantga ega boʻlib qolishiga va variantlarning yozuvda ham aks etishga sababchi boʻladi. Oʻzbek tilidagi Zuhra//Zoʻra, Mashkura//Mashhura, Sharbon//Shahribonu shaklidagi otlar ham shunday atoqli otlardir1.
Ismlar imloviy variantlarining yuzaga kelishida quyidagi bir qator sabab va omillar muhim roʻl oʻynaydi:

  1. Ism talaffuzida nom tarkibidagi biror tovush oʻzgarishi.

  2. Kishi nomlarining qisqarishi tufayli shakliy variant tugʻilishi.

  3. Ismi mahalliy shevaga xos tarzda talaffuz qilish va yozish

  4. Familiya yasovchi qoʻshimchalarning ismga turli shaklda qoʻshilishi2.

Adabiy tilimizda yoki boshqa shevalarda oʻz variantlariga ega boʻlgan ismlar Xorazm hududida ham oʻz dialektal variantiga ega.
Quyida biz dialektal variantiga ega boʻlgan Xorazm ismlarini tadqiq qilishga harakat qildik.
Ernest Begmatov “Oʻzbek ismlari” kitobida lugʻatning tuzilishi haqida gapirar ekan oʻzbek ismlarining mahalliy, shevaviy shakllari ham roʻyxatga kiritilganligini ta’kidlab, oʻzbek tilining qipchoq va oʻgʻuz shevalariga mansub ismlarning bir nechtasini sanab oʻtadi.
Oʻzbek tilining oʻgʻuz shevalariga xos ismlar: Avaz, Avazdurdi, Avazquli Anna, Annamurod, Bayramali, Davlatturdi, Doʻschon, Eshchon, Qoʻshchon va b. Bu ismlar turkman tilida ham uchraydigan mushtarak nomlardir3.
Lahjaviy, ya’ni mintaqaviy antroponimlar umuman olganda uch xususiyat xarakterlaydi:
Ismning adabiy tildagidan farqlanuvchi lahjaviy shakli mavjud boʻladi
Jamanbola (ad.Yomonbola), Qolbuvi( ad.Xolbuvi) kabi.
2. Biror sheva yoki lahjagagina xos, ya’ni mintaqaviy ism uchrashi mumkin:
Gʻuchchi\\Goʻchchi ( qipchoq shevasiga xos), Mengli ( qipchoq shevasiga xos), Toʻti, Toʻtixon ( oʻguz shevasiga xos) , Soʻna, Soʻnaxon (oʻgʻuz lahjasiga xos) va b.
3.Lahja va shevalarda ismlar aksariyat holda qisqargan shaklda qoʻllaniladi4.
1.Xorazm ismlarining adabiy tildagidan farqlanuvchi lahjaviy shakllari haqida.
E//A hodisasi variantlari: Avaz( Evaz), Anagul ( enagul), Reymajon ( Rahimajon).
Avaz ismi koʻpgina Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Tatarlarda Abaz ( Gabbaz, Abbas, Avaz, Abas, Annas, Anas)5, turkmanlarda Ovaz, ozarbayjonlarda Evaz6, Eyvaz7, armanlarda Ayvaz 8shaklida uchraydi.
Avaz ismi arabcha“evaz” soʻzining shevaviy variantidir. “Evaz” soʻzi “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da “oʻrnini bosuvchi, oʻrnini qoplash, badal” shaklida izohlanadi va arab tilidan oʻzlashganligi koʻrsatiladi9.
Anna ismi Odina ismining shevaviy variant hisoblanadi.
Anna (ft) - Odina ismining shevaviy shakli . Odina “Anna “ soʻzi bilan boshlangan qoʻshma ismlarning qisqargan shakli. Odina (ft) shakllari: Odinajon, Odinaxon, Odinabibi, Odinagul.10
Shakllari: Annabibi ( forscha –oʻzbekcha), Annagul (forscha), Annagoʻzal (forscha), Annasuluv ( forscha - oʻzbekcha), Annatoji (forscha), Annaxol (forscha), Annaxon(forscha - oʻzbekcha), Annash (forscha), Annashahar (forscha), Annashirin (forscha).
Bizga ma’lumki, Xorazmda buviga “ana”, qipchoq lahjasida “ena” tarzida murojat qilinadi. Buvisining ismi qoʻyilgan qizga Ana (oʻzbekcha), Anagul (forscha - oʻzbekcha), Anaxon (oʻzbekcha), Anajon (forscha - oʻzbekcha), Anash (oʻzbekcha), Anaqiz (oʻzbekcha) kabi ismlar ham qoʻyiladiki, ustozimiz Ernst Begmatov “Oʻzbek ismlari “,“Oʻzbek ismlari imlosi” lugʻatlarida aynan mana shunday variantlar uchramasa ham, “ena” varianti izohlanadi:
Ena (oʻz.) – ona yoki buvisining nomi berilgan qiz.Shakllari : Enabibi, Enabuvi, Enabuvish, Enabu, Enajon, Enagul11.
Etimologik e oʻrnida э tovushi ham shevaning muhim xususiyatidir.Olimlar bu tovushni mustaqil fonema hisoblamay, uni quyi koʻtarilish til oldi ə unlisi bilan birlashtiradilar. Urganch shevasida oʻrta-quyi koʻtarilish til oldi e tovushi akustik jihatdan ə va e unlilari oʻrtasidagi tovush boʻlib , koʻproq ə ga yaqin aytiladi. Shevada bu tovush mustaqil fonema boʻlmay, fonemasining fakultativ variantidir.Birinchi boʻgʻinda bu tovush ayniqsa sezilarli talaffuzi etiladi.бəр, гəл, сəн kabi.12
T>D hodisasi bilan aloqador variantlar: Sobidaxon (Sobit), Durdigul, Durdijon, Durdinor, Durdiposhsha, Durdixon, Durdibika, Durdimomo, Durdiniso, Durdinoz, Durdinozik, Durdioy, Durdioshsha kabi.
Durdi – Turdi ismining shevaviy variant boʻlib, sofoʻzbekcha soʻz hisoblanadi. Ushbu ism – toʻxtaydi, yashaydi, sogʻ boʻladi – degan niyatda qoʻyiladi.
Soʻz boshida keladigan t tovushining shevada jaranglilashuvi umumiy hodisa: дил, дилəк, дəлладь( terladi)13.
Yana B>V: Qurbongul, Qurvongul, Qurvonbika, Qurvonjon, Qurvonoy,Qurvonbiyi va boshqalar.
Qurbon – qurbon oyida ( qamariya yil hisobining 12-zulxijja oyi) , qurbon hayiti kunlarida tugʻilgan bola14.
Xorazm shevasida bunday variantlarni yana koʻplab uchratish mumkin:
B>Y hodisasi variantlari: Toʻxtabiyi (Toʻxtabibi), Hojarbiyi (Hojarbibi), Anabiyi // Onabiyi (Onabiyi) , Ullibivi ( Ullibibi), Biyijon ( Bibijon) , Sanambiyi ( Sanambibi) Rejapbiyi ( Rejapbibi ) , Oybiyi ( Oybibi) va boshqalar15.
Garchi domlamiz umuman oʻzbek antroponimiyasini nazarda tutgan boʻlsalarda, ushbu ismlar Xorazm mintaqaviy antroponimiyasiga ham mos keladi.
H>Y hodisasi bilan bogʻliq variantlar: Meyribon ( Mehribon), Rayima ( Rahima), Zoyida ( Zohida ), Zoyira ( Zohira) va boshqalar.
X> Vhodisasi bilan bogʻliq variantlar : Zavra, Zoʻvra ( Zahro) boshqalar.
Xorazm mintaqaviy antroponimiyasi yuzasidan ilmiy tadqiqot olib borgan S.Rahimov joy nomlarining kishi nomlariga oʻtishi haqida shunday fikr bildiradi: “ Kishi ismlarining joy nomlariga oʻtishi keng tarqalgan boʻlsa, joy nomlarining kishi nomlariga aylanishi esa juda kam tarqalgan va kuzatilgan hodisadir. Masalan, Toshkentboyev familiyasi Toshkent shahrida mavjud.Xuddi shunga oʻxshash Xorazmda Urganchboy, Gurlanboy, Yumurboy antroponimlari juda sanoqli boʻlsa ham tilimizda uchraydi.
E.Begmatov shaxsni nomlashning oʻzbeklarda ommalashgan usullaridan biri ota ismidan keyin “Oʻgʻli”, “qizi” soʻzlarini keltirish ekanligiga misol tariqasida MangʻitoyToshpoʻlat qizi ismini keltirib oʻtadi16.
S.Rahimov keltirib oʻtgan Xorazm antroponimi ham izohli lugʻatga kirsa, maqsadga muvofiq boʻlardi.
E.Y.Oʻrozov janubiy Xorazmdagi oʻzbek shevalarida ismlarning quyidagi qisqargan variantlari mavjudligini qayd qilib Nurri ( Nurposhsha) , Doʻkki ( Durdixonim)ismlarini keltirgan boʻlsa, keyinchalik mana shu hodisa Ahmad Ishayevning Mangit shevasida shaklan toraygan quyidagiismlarni keltirar ekan Adol, Adish ( Adolat), Zummi ( Zumrat), Durpash ( Durdiposhsha), Sana ( Sanobar) kabi ismlarni koʻrsatib oʻtadilar17.
Shuningdek, Xorazmda Gul komponenti bilan boshlanuvchi bir qator ismlar borki, ularning erkalash-qisqartirish shakllari Gul-Gulli-Gulish-Gulishim kabi bir xil shaklga ega boʻlib qoladi.

Download 20.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling