Antroponimlarning tizim sifatida shakllanish manbalari


Download 20.67 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi20.67 Kb.
#1577903
  1   2   3
Bog'liq
Matyusupova Munisa Maqsudovna 11


ANTROPONIMLARNING TIZIM SIFATIDA SHAKLLANISH MANBALARI
Urganch davlat universiteti Magistratura bo'limi Lingvistika:o'zbek tili yo'nalishi 2-bosqich magistranti Matyusupova Munisa Maqsudovna
Annotatsiya:Ushbu maqolada xorazm antroponimlarining kelib chiqishi,ma’no xususiyatlari tadqiqiga doir fikrlar ,qarashlar , umumiy xulosalar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar : antroponim, tangri nomlari ,kosmonimlar,indikator ,variantdorlik
Xorazm diyorining ma’naviy meroslaridan biri “Avesto” orqali ham qadimiy soʻzlar shodasini terishimiz va tadqiq qilishga harakat qilishimiz mumkin. “Ilgari ham bir necha bor ta’kidlaganimizdek, har bir xalq, jumladan, oʻzbek xalqinning ham tarixi betakrordi. Iloh nomlari bilan bogʻliq ayol ismlari:
Ozar( Otash) - Tangri, iloh nomlari orasida ushbu ism ham uchraydiki, Ozar- olov qoʻriqlovchi ilohdir. “Avesto”da OtarvaOtarsh, pahlaviyda Otur va Otaxsh tarzida uchraydi. Ozar tangrini ulugʻlash uchun uni Ahura Mazdaning oʻgʻli deb hisoblaganlar.U devlarga qarshi jang qilgan1.
“Avesto”da bu ism oʻgʻil bolaga xos ism sifatida koʻrsatilgan boʻlsa ham bugungi kunda ayollar ismi shakllari ham keng tarqalgan.
Ozara(forscha) - olov qizi, otash farzandi.
Ozarafroʻz- nur, shul’a sochuvchi; olovning qoʻriqchisi, olov homiysi.
Ozargul- oʻt-olovdek mehrli, joʻshqin va guldek koʻrkam qiz.
Ozarish- nur, yogʻdu; chaqmoq paytida tugʻilgan qiz.
Ozarmehr- mehri olovdek joʻshqin, oʻtkir, behisob, mehr-muhabbat sohibi.
Ozarmomo - Ozar va momo.
Bundan tashqari, oʻzbek ismlari ma’nosi izohli lugʻatida Ozari, Ozarmin ismlari ham keltiriladiki, biroq ular uyatli, hayoli; nomusli qiz tarzida izohlanadi2.
Iloha va mabudalar nomi va ular bilan bogʻliq bugungi kundagi ayol ismlari: Ariduyasvar Ana-Hida - suv ilohining nomi. Bu iloha nomi uch qismdan tashkil topgan: birinchi qism….”ariduy” bunda , shubhasiz, daryo ma’nosida kelgan. Ikkinchi qism “suro” yoki “sura” donishmandva uchinchi qism “anohito” pok, begʻubor ma’nosidadir. Bu soʻz pahlaviychada Anohid, armanchada Onotva forsiyda Kohiddir va Zuhro sayyorasi ham shunday nomlanadi.
“Avesto” dagi kosmonimlar bilan bogʻliq ismlari:
Parvin – “Avesto” da “pavoiri iyniy”, pahlaviyda Parviz, forsiyda Parviyin, arabchada Surayyo yulduz turkumi, yulduzshunoslik ilmida Oyning uch xonasi, savr burjidagi toʻrtta yulduz hamshu nom bilan ataladi.
Ismlari orasida Parvin ismi aynan “hulkar yulduzidek oily martabali, toleyi baland boʻlsin” manosida qoʻyiladi2.
Mitra – Quyosh hudosi, nur va ravshanlik hudosining nomi. “Avesto” da Mitr yoki Mixr shaklida berilgan.Pahlaviy tilida Mehr shaklidadir.
Shuningdek, Mehr (“Avesto” da “miysra”, pahlaviyda “miytr”, “miyhr”3) ilohi ham mavjud boʻlib u farogʻat va yorugʻlik ilohidir.
Oy -“Avesto” da “movagha”. Uch xil ma’noda keladi:

  1. Oy sayyorasi.

  2. Oyning zamin kurrasi atrofida uch kun charx urish

  3. Iloh.

“Oy yasht” (“Moh yasht”), “Oynoma” (“Moh niyoyish”) kabi “Avesto” juzlaridan iloh Oy madh etiladi.
“Oy (oʻzbekcha) soʻzi ayollar ismida chiroyli, goʻzal ma’nolarini; erkaklar ismida esa, baxtli omadli ma’nolarini anglatadi” – deydi hurmatli domlamiz Ernst Begmatov Oy ismiga izoh berarkan. Ushbu soʻz bilan bogʻliq ham 210 dan ziyod ayol ismi mavjud: Oy, Oybadan, Oybaldoq, Oybanot, Oybarno, Oybas, Oybaxti, Oybahor, Oybegim, Oybika, Oybeka, Oybibi, Oybodoq, Oybozor, Oybolqi, Oybon, Oybonu, Oybos, Oyboqar, Oyboqdi, Oyboqsin, Oybuvish, Oyboʻbak, Oyboʻlak, Oyboʻlar, Oyparda, Oypari, Oyparcha, Oypaxta, Oypora, Oyposhsha, Oypoʻlat, Oyruba, Oyrusta va boshqalar.
Ushu ismlar oyning, chiroyliligiga qiyoslanib yoki yangi oyning chiqishi, toʻlishi bilan bogʻliq holda qoʻyiladi.Oydinda tugilgan qizlarga Oytuvgʻon, Oytugʻar, Oytugʻan, Oytuqqan, Oytoʻlin, Oytoʻliq kabi ismlar qoʻyilgan.
Bundan tashqari, mifologik, tasavvur, bilan bogʻliq “pari” obrazi ham mavjud.
Prof. Z.Doʻsimov toponimik indikatorlar misolida ma’nosi unutilgan indikatorlarni toponomik farmantlar shaklida qoʻllaydiva E.M.Murzayevning indikatorlar toponomik farmantlar kelib chiqishi uchun asos vazifasini oʻtagan, degan fikrini qoʻllab- quvvatlaydi Akademik Sh. Shoabdurahmonov oʻzbek ismlari tarkibida uchraydigan –jon, -xon, -bek, -beka//-bika, -oy –xon, -niso, -toy kabi komponentlarni antroponomikformantlar deb ataydi2.Xorazm dostonlarida uchraydigan ayol ismlarini appelyativga qoʻshilgan indikatorlari yordamida tasnif qilishga harakat qildik:
Beka//Bika: E.Begmatov: beka, bika indikatorlarini - bekning xotini yoki qizi; beklar avlodiga mansub ayol, ismlar tarkibida kelishini keltirib oʻtadi va shu oʻrinda bek soʻzining ikki xil ma’nosi borligini koʻrishimiz mumkin.
bek, beg – 1)hukumdor , hokim, boshliq:
bek – 2) berk manosida; mustahkam himoya qilingan; kuchli, qudratli3
Xorazm dostonlarida Asilbeka, Gulasrorbika, Norgulbeka, Suluvbika, Sumbulsochbeka kabi ismlar tarkibida uchraydi.Bek qadimgi manbalarda bäg˃bəg shakllarida talaffuz qilingan boʻlib, dastlab, “katta, yirik” kabi ma’nolarni anglatgan. Xuddi shu soʻzga kichraytirish manosini bildiruvchi –ka qoʻshimchasini qoʻshish orqali beka soʻzi hosil qilingan: bek > bəy+ka >beyka//bə:ka//beka kabi. Bu soʻz asli “kichik beka” manosini anglatgan(OʻTIL,I,43).Bundan tashqari ushbu indikatorning bibish, buvish kabi shakllari ham mavjud.Xalq ogʻzaki ijodi materiallari ayol ismlarida qoʻllanilgan –biyi, -jon, -oy, -poshsha kabilar antroponimik farmantlar, antroponomik indikatorlar, komponentlar, affikslar kabi nomlar bilan yuritiladi va bizningcha eng ma’quli antroponomik indikatorlardir va ular dastlab leksema sifatida paydo boʻlib, soʻngra antroponomik indikatorlarga aylangan, shu bilan birga ayrimlari leksema sifatida ham qoʻllaniladi.

Download 20.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling