Anvar obidjon hayoti va ijodi mavzusida dars ishlanma


Download 144.02 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.11.2023
Hajmi144.02 Kb.
#1753281


ANVAR OBIDJON HAYOTI VA IJODI 
MAVZUSIDA DARS ISHLANMA 
 
 
 
Ra


“Bolalarning suyukli shoiri”mavzusidagi dars ishlanma
Darsning maqsadi: 
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish 
orqali ularning shoir she’riyatiga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, ularda mavzu 
bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish bilan birga axborot ustida ishlash, 
o‘zini-o‘zi rivojlantirish
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, 
yaxshilik, kamtarlik tuyg‘ularini singdirish, ularni ona Vatanimiz, oila va ota-onaga 
cheksiz mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash orqali badiiy adabiyotda aks etgan 
umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash, ulardan 
ta’sirlanish, go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, hissini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, she’r tahlili hamda 
ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlash, muammoli vaziyatlar yechimini 
to‘g‘ri topishga o‘rgatish, mavzu asosida bilim, ko‘nikmalarini boyitish, ularda nutqiy va 
lingvistik kompetensiya elementlarini shakllantirish. 
Darsning turi: yangi bilim beruvchi. 
Darsda foydalaniladigan usullar: musobaqa, “Begonasini top”, “Raqamlar tilga 
kirganda”,ʻʻMuzyorar’’ 
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Anvar Obidjon portreti, asarlari, elektron darslik, 
proyektor,tarqatmalar, audiolar. 
Darsning borishi:
I. 
Tashkiliy qism:
–oʻquvchilar bilan salomlashish; 
–davomatni aniqlash; 
–sinf xonasi va oʻquvchilarning darsga tayyorgarligini koʻzdan kechirish; 
–dars musobaqa tarzida olib borilishini e’lon qilish, 
–Sinf oʻquvchilarini guruhlarga ajratish va ularga “Ziyo”, “Ilgʻorlar” 
,ʻʻBilimdonlar”nomlarini berish. 
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 
ʻʻBegonasi top”metodi yordamida adabiyot darslarida oʻtilgan mavzularni takrorlash 
uchun varaqlar tarqatiladi.Oʻquvchilarga besh daqiqa vaqt ajratiladi.Eng birinchi va 
toʻgʻri bajargan jamoa baholanib boriladi va dars yakunida umumiy reyting ball eʻlon 
qilinadi.


III. Yangi mavzu bayoni. 
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq 
tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. Qishloq maktabida o‘qib yurganidayoq 
kinomexanik, traktorchi singari kasblarni o‘rganib, oilasiga yordam berishga harakat 
qilgan. Maktabni bitirgach esa konda burg‘ilovchi, qishloqda kutubxonachi bo‘lib ishladi. 
So‘ng Samarqanddagi moliya texnikumida o‘qib, 1966–1969-yillarda harbiy xizmatni 
o‘tadi. 
Armiyadan qaytib ham ma’lum muddat turli kasblarda ishlagach, nihoyat, tuman 
gazetasiga kelibgina o‘z iqtidorini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldi. u 1971–1976-
yillarda Oltiariq tu-mani gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri sifatida ishlab, 
jurnalistlik va adabiy tahrir sohalarida yetarli tajriba orttiradi. Ayni paytda 1974–1979-
yillar davomida hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan 
ta’lim oladi. 
Garchi shoir dastlabki she’riy mashqlarini 14–15 yoshida boshlagan, harbiy xizmatda ham 
ancha-muncha she’r bitgan bo‘lsa-da, «Ona yer» deb nomlangan ilk kitobi 1974-yilda – 
shoir 27 yoshga kirganida chop etildi. 
u turli nashriyotlarda, jurnallarda mehnat qildi, 1989–1998-yillarda esa xalqimiz 
istiqlolining ilk nishonalaridan biri – «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir, direktor 
bo‘ldi. 
Shundan buyon Anvar Obidjonning ellikdan ortiq kitobi nashr etildiki, bu ijodkorning 
qanchalar sermahsulligi, o‘quvchilari safining kengligidan darak beradi. 
Qolaversa, Anvar Obidjon nihoyatda serqirra ijodkor sifatida tanilgan. Avvalo, u 
zamonaviy bolalar adabiyotining zabardast vakili sanaladi. Ijodkor xalqimizning aziz 
farzandlariga ko‘plab she’riy, nasriy kitoblarni, teatr va kino tomoshalarini tortiq etgan. 
ularning ayrimlarinigina sanab o‘tamiz: «Bahromning hikoyalari» (1980), «Masxaraboz 
bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), «Oltin yurakli Avtobola» (1988), «Dahshatli 
Meshpolvon» (1989), «Meshpolvonning janglari» (1994), «O‘q o‘tmas bolakay» (2005), 
«Atrofimizdagi qiziqchilar» (2014) va b. 
Anvar Obidjonning bolalarga atalgan «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi» nomli ilk komediyasi 
1983-yilda respublika «Yosh tomoshabinlar» teatrida sahnalashtirilgan edi. Shundan 
buyon yurtimiz teatrlarida ning «Pahlavonning o‘g‘irlanishi», «Topsang – hay-hay» 
(«Qorinbotir)», «Navro‘z va Boychechak», «To‘tiqul», «Alamazon», «Meshpolvon» kabi 
pyesalari qo‘yildi. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida adib ssenariylari asosida «Tilsimoy – 
g‘aroyib qizaloq», «Dahshatli Meshpolvon» filmlari suratga olingan. 
Keyingi yillarda adibning «Oltiariq hangomalari», «Baloga qolgan futbolchi», ikkita 
kitobdan iborat «Tanlangan she’rlar» hamda «Ajinasi bor yo‘llar» singari yirik kitoblari 
o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.


Xalqimizning sevimli shoiri Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprelda 73 yoshida vafot etdi. 
Shoirning «Hayotning har lahzasi go‘zal» she’ri xalqimiz ruhiyatidagi mana shu ajoyib 
yangilanishni birgina kun – erta tongdan quyosh botgunga qadar kuzatiladigan lavhalarda 
nihoyatda jonli aks ettiradi. 
Masalan, siz bilan biz ko‘cha bo‘ylarida, xiyobonlarda deyarli har kun ko‘zimiz 
tushadigan gullarni mana bu tarzda ko‘rsatish – ifoda qilish faqat shoirning qo‘lidan 
keladi-da: 
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh. 
Bu she’rning har bandi oxirida takrorlanib keladigan misralar o‘quvchi yodiga bir umr 
muhrlanib qolishining sababi esa, ularda aks etgan shoir samimiyatidan, qalbidagi 
ezgulikdandir: «Hayotning har lahzasi go‘zal, umrning har dami g‘animat…» 
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Oʻquvchilar jamoaviy boʻlgan holda “Raqamlar tilga kirganda” usulidan foydalanib 
Anvar Obidjonning hayoti va ijodiy faoliyatini yoritishadi. Oʻquvchilarga ushbu shartni 
bajarish uchun besh daqiqa vaqt ajratiladi.Eng birinchi va toʻgʻri bajargan jamoa 
baholanib boriladi va dars yakunida umumiy reyting ball eʻlon qilinadi. 
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun har bir jamoadan bittadan vakil taklif etiladi va 
ʻʻMuzyorar’’metodidan foydalangan holda shoirning hayoti va ijodi,she’rlari yuzasidan 
beriladigan savollarga tezkor javob berishlari talab etiladi.Oʻqituvchi belgilab qoʻygan 
marraga birinchi yetib borgan jamoa vakillari gʻolib deb topiladi. Jamoa vakillari 
baholanib boriladi va dars yakunida umumiy reyting ball eʻlon qilinadi. 
V.Baholash va ragʻbatlantirish. 
Dars soʻngida rag‘bat kartochkalari hisoblanib, gʻolib guruh e’lon qilinadi. Guruhlarga 
“Eng faol jamoa”, “Eng ahil jamoa”, “Eng ziyrak jamoa ”nominatsiyalari beriladi. 
Guruhlar umumiy holda va har bir oʻquvchi alohida tarzda ham baholanadi. 
VI.Uyga vazifa. 
Anvar Obidjon she’rlaridan yod olish. “Sevimli bolalar yozuvchisi”mavzusida Anvar 
Obidjon hayoti va ijodini yoritib beruvchi matn tuzish topshiriqlari beriladi.

Download 144.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling