Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
Aholining yosh tarkibi juda qadimdan shakllanib kelgan demografik 
holatning natijasi bo‘lib, u ayni paytda demografik istiqbolning zamini hamdir. 
Ilmiy va statistik manbalarda aholini iqtisodiy-demografik nuqtai nazardan uch 
guruhga ajratadilar: bolalar – 0–14 yosh; mehnat yoshidagi aholi – 15–64 yosh; 
qariyalar – 65 va undan yuqori yoshdagilar. 
Aholining yosh tarkibi esa, asosan, uning tabiiy ko‘payishiga bog‘liq. 
Tug‘ilish yuqori bo‘lgan holtlarda aholi tarkibida bolalar salmog‘i yuqori bo‘ladi 
yoki, aksincha, tug‘ilish past, aholining o‘rtacha umr ko‘rish muddati nisbatan 
uzoq bo‘lgan hollarda aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining yuqori bo‘lishi 
kuzatiladi. 
XX asr boshlarida shved demografi G.Sundberg aholi yosh tarkibini uch 
xilga ajratgan: progressiv, stasionar, regressiv. 
Progressiv yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida bolalar (0–14 yoshdagi) 
salmog‘i qariyalarga (65 yosh va undan yuqori) nisbatan yuqori bo‘ladi. Bunday 
holat tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lganda kuzatiladi va aholi muntazam ko‘payib 
borishini ta’minlaydi. 
Stasionar yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida qariyalar salmog‘i bilan 
bolalar salmog‘i tengdir; aholi soni bir xil miqdorda turadi va aholining ko‘payib 
yoki kamayib ketishi kuzatilmaydi. 
Regressiv yosh tarkibida aholi umumiy sonida qariyalar salmog‘i bolalarga 
qaraganda yuqori bo‘ladi. Bunday holda esa aholi soni asta-sekin kamayib borib 
“depopulyasiya” holati yuz beradi. Aholi qarib boradi. 
BMT tasnifiga ko‘ra jami aholi tarkibida 65 va undan katta yoshdagilar 
salmog‘i 7 foizdan yuqori bo‘lsa aholi demografik nuqtai nazardan qari 
1
В. А. Каприлов. География населения. М., 1999, с. 34


84 
hisoblanadi. Xozirgi davrda 2009 yil dunyo aholisi tarkibida 65 va undan yuqori 
yoshdagilar salmog‘i 8% ni, Afrikada – 3%, Amerikada – 9%, Osiyoda – 7%, 
Yevropada – 16%, Avstraliya va Okeaniyada esa 10% tashkil etmoqda. Dunyo 
bo‘yicha aholisi eng qari davlatlarga Yaponiya (23%); Germaniya, Italiya (20%) 
va Monako (24%) davlatlarini kiritish mumkin. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 5% 
tashkil etmoqda.
Demografik yosh davlatlarga esa aholi tarkibida 0-14 yoshdagi bolalar 
salmog‘i yuqori bo‘lgan davlatlar kiradi. 2009 yil ma’lumotlari ko‘rsatishicha 
dunyo bo‘yicha aholi tarkibida bolalar salmog‘i 27%, (Afrikada – 41%, Amerikada 
– 26%, Osiyoda – 31%, Yevropada – 15%, Avstraliya va Okeaniyada – 24%) 
tashkil etgan. O‘zbekiston dunyodagi yosh davlatlar tarkibiga kiradi va respublika 
aholisining 33% bolalar tashkil etmoqda.
Aholining yosh tarkibida mehnat yoshidagi
1
(15-64) aholi guruhi salmog‘i 
alohida ahamiyatga egadir. Chunki ushbu guruh asosiy ishlab chiqarish kuchini 
tashkil etadi va iqtisodiy rivojlanishning omili bo‘lib hizmat qiladi. Mehnat 
yoshidagi aholi guruhining shakllanishi asosan aholining takror barpo bo‘lishi 
xususiyatlariga bog‘liqdir. Alohida hollarda esa hududlarda immigratsiya va 
emigratsiya jarayonlari ham mehnat yoshidagi aholi salmog‘iga ta’sir etadi.
Dunyodagi qator davlatlarda jami aholi tarkibida mehnat yoshidagi aholi 
salmog‘i 50 – 65 foizni tashkil etadi. Xozirgi davrda (2009 yil) dunyo aholisining 
65 foizi 15-64 yoshli aholi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston aholisining 
62,0% 15-64 yoshdagi kontingentlardir.
Aholining oilaviy tarkibi. Oila-insonlarning tabiiy biologik, nikoh. qon-
qarindoshlik, iqtisodiy, xuquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan, turmush 
birligi va o‘zaro javobgarlik orqali bog‘langangan ijtimoiy guruhidir. Oilaning 
bugungi shaklida oila a’zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, ma’naviy 
xuquqiy, psixologik munosabatlar va o‘zaro javobgarlik his-tuyg‘ulari bilan 
bog‘lanib turadilar. Oilada har bir oila a’zosining o‘z ijtimoiy o‘rni bordir. Oila 
asosini er-xotin tashkil etadi. Lekin oilada er-xotin uning farzandlari, ota-onasi, 
aka-uka, opa-singil va boshqa qarindosh-urug‘lar ham yashashlari mumkin. 
Demak oila turli mezonlar asosida tashkil topar ekan, ushbu mezonlarni o‘z 
mazmuniga ko‘ra, shartli ravishda demografik, ijtimoiy va iqtisodiy mezonlarga 
ajratish mumkin. 
Oilaning demografik mezonlarga ko‘ra turlari: 
1. Ma’lumki oila tashkil bo‘lishiga avvalo erkak bilan ayol o‘rtasidagi nikoh 
birligi asos bo‘ladi. Ana shu nikoh birligiga asosan oila ikki turga 
bo‘linadi.
Poligam-ko‘p nikohli oilalar, bunday oilalar bir erkak, bir nechta ayol bilan 
nikohda turishi, oila ko‘rishi mumkin.
Monogam-bir nikohli oilalar, ya’ni bir erkak bir ayol bilan nikohda turadi, 
oila quradi.
qayta tuzilgan –ikkinchi nikohli oilalar. 
1
Ме нат ши ар бир давлатнинг ишлаб чиқариш хусусиятлари ва ижтимоий-иқтисодий олатига боғлиқ 
олда фарқ қилиши мумкин, қатор Европа давлатларида ши 18 шдан бошланади. Ўзбекистонда ме нат 
ши а ллар учун 16-54, эркаклар учун эса 16-59 этиб белгиланган. 


85 
2. Oila unda istiqomat etuvchi oila a’zolarining tarkibiga qarab ham turlarga 
bo‘linadi: 
Oddiy (nuklear) oila, unda er-xotin nikohga kirmagan, ya’ni turmush 
qurmagan farzandlari bilan yashaydi. Bunday oilalar turlari eng ko‘p tarqalgandir. 
Murakkab (ko‘p bo‘g‘inli) oilalar, bunday oilalarda ikki yoki undan ortiq, 
avlod vakillari istiqomat etishadi. Masalan, ota-ona oila qurgan farzandi va 
nabiralari bilan yoki bobo, buvi, ota-ona va farzand o‘z bolalari bilan istiqomat 
etishadi. 
3. Oila yadrosini tashkil etgan er-xotin hayotligiga, shu oilada birga yashash va 
yashamasligiga qarab ham oilalar turlicha bo‘ladi.

Tugal (to‘liq) oilalar, er-xotin xayot bo‘lgan va birga yashagan oilalar. 

Tugalmas (noto‘liq) oila. Bunday oilalarda oila asosini tashkil etgan er 
xotinning biri hayot emas yoki shu oilada yashamaydi.
4. Oilada istiqomat etuvchi oila a’zolarining miqdoriga ko‘ra: 
Kichik oilalar (2-4 kishilik)
O‘rta oilalar (5-6 kishilik) 
Katta oilalar (7-8 va undan ko‘p kishilik) mavjuddir. 
5. 
Bolalar soniga ko‘ra: farzandsiz, bir bolali, kam, o‘rtacha va ko‘p bolali 
oilalar (davlatlarda, turli davrlarda ushbu mezonlar turlichadir.) ga 
ajratish mumkin 
Oila jamiyatda tutgan ijtimoiy o‘rniga, ya’ni er-xotinning ijtimoiy sinfiga, 
guruhiga qarab ham turlarga bo‘linadi. Oilaning bo‘nday ijtimoiy turlari, turli 
ishlab chiqarish usuli hukmron jamiyatda turlicha bo‘lgan. Masalan, sobiq sovet 
hokimiyatida sosialistik ishlab chiqarish usuli hukmron edi. Ushbu davrda 
jamiyatda asosan 3ta ijtimoiy sinf qayd etilar edi. Ular, ishchi xizmatchi va 
kolxozchi sinflar bo‘lgan. Bunday sharoitda ba’zi oilalarda er-xotin bir xil 
ijtimoiy, sinfga, guruhga mansub bo‘lsa (eri ham, hotini ham ishchi, ziyoli yoki 
kolxozchi), ba’zi oilalarda esa er-xotin turli ijtimoiy guruhga mansub (eri ishchi, 
xotini ziyoli, eri kolxozchi, xotini ishchi va x.k.) bo‘lgan. Shu bois, oilalar
ijtimoiy holatiga ko‘ra 2 guruhga bo‘lish mumkin: 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling