Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
IV.BOB. AHOLI TARKIBI 
4.1 Aholining jinsiy, yosh va oilaviy tarkibi
Aholining jinsiy va yosh tarkibi ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan muhim 
ahamiyatga egadir. Chunki, mehnat resurslarini maktabgacha maktab yoshidagi 
kontingentlarni, nafaqa yoshidagi aholini hisoblash, ularga kerakli moddiy va 
ma’naviy imkoniyatlarni yaratish aholining jinsiy, yosh tarkibiga asoslanadi.


82 
Aholining jinsiy tarkibi. Aholining jinsiy tarkibi, asosan uch omil ta’sirida 
shakllanadi: yangi tug‘ilganlardagi jinsiy nisbat, o‘limdagi jinsiy farq, hamda aholi 
migratsiyasidagi jinsiy farq. Statistik ma’lumotlar va ilmiy adabiyotlarda qayd 
etilishicha dunyo bo‘yicha qiz bolalarga nisbatan o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilar 
ekan. Ma’lumotlar ko‘rsatishicha dunyoda har 100ta qiz bolaga tug‘ilgan o‘g‘il 
bolalar soni 104–107ni tashkil etadi. O‘g‘il bolalar salmog‘ining qiz bolalarga 
nisbatan yuqorilgi ko‘p hollarda15–20 yoshlarga qadar saqlanib boradi. Asosan 
20–24 yoshlarda jinslar nisbatan tenglashadi. Undan keyin esa, asta-sekin jami 
aholi tarkibidagi erkaklarga qaraganda ayollar salmog‘i ortib boradi. Bu hol qator 
omillar bilan bog‘liqdir. Ularga bolalik davrida o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan 
ko‘proq xastalanishi, baxtsiz xodisalar va erkaklarning o‘ziga xos turmush tarzi 
kabilarni kiritish mumkin. Shuningdek, erkaklarning ko‘p qismi yoshlik va o‘rta 
yoshlik davrida og‘ir mehnat bilan mashg‘ul bo‘lib, inson salomatligi uchun zararli 
bo‘lgan alkogolizm, chekish kabi odatlar bilan shug‘ullanadilar. Yuqorida 
keltrilgan turmush tarziga xos omillar, hamda xalqlar orasida, davlatlar orasida 
ro‘y berib turadigan urushlar erkaklarning hayotdan barvaqt ko‘z yumishiga olib 
keladi.
1
Shunday bo‘lsada aholi jinsiy tarkibining shakllanishi dunyo hududlarining 
har birida o‘ziga xos hususiyatga egadir. Ushbu xususiyatlar, yuqorida qayd 
etilganidek, ana shu hududning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan ifodalanadi 
Hozirgi davrda (XXI asr boshlari) sayyoramiz aholisining jinsiy 
mutanosibligi yosh guruhlari bo‘yicha keskin farq qiladi. Tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, dunyodagi barcha davlatlarda ham 0–14 yosh guruhlarida o‘g‘il 
bolalar qiz bolalarga nisbatan ko‘proq ekan. Bu hol yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
o‘g‘il bolalarning ko‘proq tug‘ilishi bilan bog‘liqdir. 15–64 yosh guruhlarida esa, 
ayollar va erkaklar salmog‘i dunyo bo‘yicha bir muncha tenglashadi va har ming 
ayolga 1020 erkak to‘g‘ri keladi. Lekin bu nisbiylik hamma qit’alarda ham bir xil 
emas. Yevropada – 1000, Osiyoda – 1049, Afrikada – 979, Amerikada – 990, 
Okeaniyada – 1039ta to‘g‘ri kelgan. O‘zbekiston uchun mazkur ko‘rsatkich 
996tani tashkil etadi. 65 va undan yuqori yosh guruhlaridagi ayollarga yer yuzida 
742, Yevropada 649, Osiyoda 879, Afrikada 889, Amerikada 741, okeaniyada 818, 
MDH tarkibiga kirgan davlatlarda 444ta erkak to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda bu 
ko‘rsatkich 580tani tashkil etadi. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, ikkinchi jahon urushida Yevropagi qator 
davlatlar, ayniqsa sobiq SSSRda juda ko‘p erkaklar halok bo‘lgan. Shuning uchun 
ham XX asrning oxiriga qadar aholi tarkibida ayollar nisbatan eng yuqori bo‘lgan 
davlat sobiq SSSR hisoblanar edi. Chunonchi 1989 yilda bu davlatda har 1000 
ayolga 891ta erkak to‘g‘ri kelgan.
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha dunyo aholisining umumiy tarkibida 
erkaklar ayollarga nisbatan bir muncha ko‘proq bo‘lib, ya’ni har 1000 ayolga 
nasbatan erkaklar soni 1009 ni tashkil etar ekan. Ayollarga nisbatan erkaklarning 
ko‘pligi asosan Osiyo davlatlarida (1000 ayolga 1042 ta erkak) kuzatilsa. Yevropa 
davlatlarida esa aksincha – ayollar salmog‘i yuqoriligi kuzatiladi. Ayollarning 
1
Асанов Г.Р. А оли географияси. – Т., 1978. – 75 б.; Б риева М.Р. Ўзбекистонда оила демографияси. – Т., 
1987. – 57 б. 


83 
erkaklarga nisbatan ko‘pligi ayniqsa Rossiya davlatida yuqoridir (1000 ayolga 890 
erkak)
1
.
O‘zbekistonda ham aholining jinsiy tarkibi hududning ijtimoiy-iqtisodiy 
holati va demografik jarayonlari ta’sirida shakllanib, kelgan. Respublika hududida 
XIX asrning ikkinchi yarmi hamda XX asrning boshlarida ayollar salmog‘i ancha 
past bo‘lib, har 1000 erkakka 856-859 ni tashkil etgan. XX asrning 60 yillaridan 
boshlab ayollar salmog‘i oshib borgan. Hozirgi davrda O‘zbekistonda aholining 
jinsiy tarkibi deyarli tenlashib, qulay demografik rivojlanishga asos bo‘lmoqda 
2008 yil O‘zbekistonda 1000 ayolga nisbatan erkaklar soni 999,8 ni tashkil etgan.
Aholining jinsiy tarkibida migratsiyaning o‘rni ahamiyatlidir. Aholi 
migratsiyasida erkaklar ishtiroki yuqori bo‘lganligi sababli migratsion oqim yuqori 
bo‘lgan ba’zi yirik shaharlarda, o‘zlashtirilayotgan hududlarda aholi tarkibida 
erkaklar salmog‘i yuqori bo‘ladi. Masalan Toshkent shahrida jami aholining 51 
foizini erkaklar tashkil etadi.
O‘lish jarayoni ham aholi jinsiy tarkibiga ma’lum darajada ta’sir etadi. 
Ayniqsa keksa aholi guruhida (65 va undan yuqori yoshlarda) ayollarga nisbatan 
erkaklar o‘limining yuqori bo‘lishi, ushbu yoshlarda erkaklar salmog‘ining pasayib 
ketishiga sabab bo‘lgan. Masalan O‘zbekistonda 2008 yil 70 yosh va undan yuqori 
har 1000 ayolga nisbatan 704 erkak to‘g‘ri kelgan.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling