Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Dunyo hududlarida aholining tug‘ilganda kutilayotgan umr ko‘rish


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
Dunyo hududlarida aholining tug‘ilganda kutilayotgan umr ko‘rish
yoshi (2009 yil)

Hududlar 
Erkaklar 
ayollar 
ikkala jins 
Dunyo bo‘yicha 
67 
71 
69 
Afrika 
53 
56 
55 
Amerika 
72 
78 
75 
Osiyo 
68 
71 
69 
Evropa 
72 
80 
76 
Avstraliya 
va 
Okeaniya 
74 
78 
76 
*Population Reference Bureau. 2009 Word Population Data Sheet.
Aholining uzoq umr ko‘rishi mumkin bo‘lgan hudud Yevropa, Avstraliya va 
Okeaniya hamda Amerika hududlari ekan. Hozirgi davrda insonning eng uzoq 
umr ko‘rishi o‘rtacha 79-83 yoshni tashkil etmoqda. 2009 yil eng uzoq umr 
ko‘rsatkichi Yaponiya (83 yosh). Xitoy-Gonkong (82 yosh), Xitoy-Makao (82 
yosh), Singapur (81 yosh), Islandiya (81 yosh), Finlyandiya (80 yosh), G‘arbiy 
Yevropa davlatlarida (79-82 yosh), Kosta-Rika, Gvadelupa davlatlarida (79 yosh) 
kuzatilmoqda. Eng qisqa umr ko‘rish esa Markaziy Afrika Respublikalari (45 
yosh), Angola (46 yosh), Nigeriya (47 yosh), S’erra-Leona (48 yosh) va Burundi 
(49 yosh) davlatlarida qayd etilmoqda.
Aholining o‘rtacha umr ko‘rish muddatini aniqlashda ayniqsa go‘daklar 
o‘limi alohida ahamiyatga egadir. Go‘daklar o‘limining yuqori bo‘lishi aholi 
o‘rtacha umr ko‘rish muddatini ko‘rsatkichlarini qisqarishiga olib keladi. 
Go‘daklar o‘limi (har 1000ta tirik tug‘ilgan bolaga nisbatan 0 dan 1 
yoshgacha bo‘lgan o‘lim soni). Manbalardan ma’lumki, XIX asrda, ba’zi 
rivojlanayotgan davlatlarda esa, XX asr birinchi yarmida ham go‘daklar o‘limi 
yuqori bo‘lgan. 1900 yilda G‘arbiy Yevropa davlatlarida har 1000ta tirik tug‘ilgan 
chaqaloqdan 140tasi, Markaziy Osiyo davlatlarida esa qayd etilganidek – 500-
600tasi hayotdan ko‘z yumgan. 1950 yillarda go‘daklarning o‘lim hollari bir 
muncha kamaydi. Yevropa davlatlarida go‘daklar o‘limi 45‰ni (eng yuqorisi 69 


74 
‰ – Gresiyada, eng pasti – 22 ‰ Shvesiyada)
1
, sobiq SSSR tarkibiga kirgan 
davlatlarda esa – 80-83 ‰ni tashkil etgan
2

1960–1980 yillarda dunyodagi qator davlatlarda aholi salomatligi borasida 
ulkan ishlar qilindi. Sog‘likni saqlash tizimi rivojlanib, aholiga tibbiy xizmat 
ko‘rsatish yaxshilandi. Onalar va bolalar salomatligiga katta e’tibor berildi. 
Dunyoda aholi salomatligini, onalar va bolalar, ayollar salomatligini muhofaza 
etuvchi nufuzli tashkilotlar tuzildi. Natijada aholi o‘limi, jumladan go‘daklar o‘limi 
ham keskin kamaydi 
1980–2000, 2001–2009 yillarda go‘daklar o‘limining pasayishi jarayoni davom 
etdi. 1980 yilda go‘daklar o‘limi iqtisodiy rivojlangan davlatlarda quyidagi 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan: Avstriyada – 14,3 ‰, Belgiyada – 12,1‰, Daniyada 
– 8,4 ‰, Italiyada – 14,6 ‰, Kanadada – 10,4 ‰, Niderlandiyada – 8,6 ‰, 
Norvegiyada – 8,1 ‰, AQShda – 12,6 ‰, Fransiyada –10,0 ‰, Shvesiyada – 6,9 
‰, Yaponiyada – 7,5 ‰. 2009 yilda bu ko‘rsatkichlar 3-6 ‰ni tashkil etgan. XXI 
asr boshida go‘daklar o‘limining eng past ko‘rsatkichlari Yaponiya, Singapur, 
Shvesiya davlatlarida qayd etilib, ularda har 1000 tirik tug‘ilgan bolalardan uchtasi 
halok bo‘lar ekan. 1980 yillarda go‘daklar o‘limining eng yuqori darajasi 
rivojlanayotgan davlatlardan Afg‘oniston – 194 ‰, Malavi – 163‰, Somali – 155 
‰ kabilarda qayd etilgan. Hozirgi davrda ushbu davlatlarda go‘daklar o‘limi 
kamayib, mos ravishda 145, 107, 114 ‰ni tashkil etmoqda. Lekin Markaziy Afrika 
davlatlarida (113 ‰), Markaziy Osiyoning janubida joylashgan davlatlarda (65 ‰) 
hamon go‘daklar o‘limi yuqoridir. Bu holning asosiy sabablari, bir tomondan 
tug‘ilishning yuqori bo‘lishi va natijada ona va bola organizmini zaiflashuvi bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan issiq iqlim sharoiti, iqtisodiy rivojlanishning pastligi, hamda 
tibbiy xizmatning nisbatan yetishmasligidir. 
Qadimda go‘daklar asosan ekzogen sabablarga ko‘ra, yuqumli kasalliklardan 
vafot etgan bo‘lsalar, hozirgi davrga kelib, yuqumli kasalliklar kamayib ketdi. 
Go‘daklar o‘limiga endogen omillar (ko‘proq nafas olish organlari kasalligi, 
endokrin, yurak-qon tomir kasalliklari) sabab bo‘lmoqda.. Shunday bo‘lsada, 
dunyodagi qator davlatlarda go‘daklar o‘limi XXI asr boshida, oldingi asrga 
nisbatan, keskin kamaygan va bu hol aholi umr ko‘rishi ko‘rsatkichlariing 
ko‘tarilishiga ta’sir etgan.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling