Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши
Dunyo hududlari bo‘yicha tug‘ilishning umumiy va yig‘indi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi guruh
Dunyo hududlari bo‘yicha tug‘ilishning umumiy va yig‘indi koeffisientlari (2009 y.) Dunyo hududlari Tug‘ilishning umumiy koeffisienti Tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti Dunyo bo‘yicha 20 2,6 Rivojlangan davlatlar 12 1,7 Rivojlanayotgan davlatlar 22 2,7 Afrika 36 4,8 Amerika 17 2,2 Osiyo 24 2,3 Evropa 8 1,5 Avstraliya va Okeaniya 18 2,5 Population Reference Bureau. 2009 Word Population Data Sheet. Sayyoramizda tug‘ilishning hududlar bo‘ylab bunday farq qilishi, avvalo u davlat aholisining moddiy va madaniy turmush darajasiga, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda bandligiga, hamda shu davlat halqining asrlar davomida shakllanib, saqlanib kelayotgan milliy urf-odatlariga, qolaversa, diniga bog‘liqdir. Bulardan tashqari, tug‘ilishga aholining jins va yosh bo‘yicha taqsimlanishi, nikohdan o‘tish va ajralish kabi qator demografik omillar, psixologik omillar, tibbiyot rivojlanishi, hamda har bir davlat tomonidan olib borilayotgan demografik siyosat ham ta’sir qiladi. Yuqorida qayd etilganidek, keyingi 20-30 yil ichida dunyoning deyarli hamma hududlarida tug‘ilishning kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda. 1970-2009 yillar davomida tug‘ilishning eng tez kamayishi Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi (shu davr ichida 1,7 marta kamaygan). Uning asosiy sabablaridan biri shahar aholisining o‘sishi bo‘lgan. Masalan, AQSh va Kanadada shahar aholisining 1950-2009 yillarda 64 % dan 75-80 % gacha o‘sgan. Bundan tashqari, tug‘ilishning kamayishiga ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda, yollanma ishlarda qatnashishi ham sabab bo‘lgan. Masalan, Kanadada 1931 yil 67 modliy ishlab chiqarishda qatnashuvchi aholining 17 % ayollar bo‘lgan bo‘lsa, 1980-2009 yillarda esa bu ko‘rsatkich 40 % dan oshib ketdi. Shimoliy Amerikada tug‘ilishning kamayishiga olib kelgan muhim sabablardan yana biri ajralishning nikohdan ko‘pligidir. Hozirgi davrda AQShda har yili qayd etilgan nikohlarning 50 % ga yaqini buzilganligi ma’lum. Tabiiy holki, nikohning qisqa vaqt davom etishi oilada bola sonining o‘z-o‘zidan kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, Shimoliy Amerikada ishsizlar sonining tobora ortib borishi, ertangi kunga ishonchsizlik bilan qarash kabi xususiyatlari ham tug‘ilishni kamaytiradi. Ba’zi joylarda davlat tomonidan olib borilayotgan tug‘ilishni cheklashga qaratilgan demografik siyosat ham tug‘ilishning kamayishiga olib kelmoqda. Buni Xorijiy Osiyoning eng yirik davlatlari-Xitoy va Hindiston misolida ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, Xitoyda oiladagi bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. 1970 yillardan boshlab aholi o‘rtasida tug‘ilishni kamaytirish uchun qator tadbirlar qo‘llana boshladi. Natijada, Xitoyda tug‘ilish keskin kamaydi. Hindistonda ham tug‘ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Oilada bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. Bu masala yuzasidan bir qancha tashkilotlar maxsus tadqiqot olib boradilar. Ular jumlasiga Oilani rejalashtirish asosiasiyasi, Hindiston tibbiyot asosiasiyasi, Hindiston Qizil yarim oy jamiyati kabi tashkilotlar kiradi. Hindistonda tug‘ilishning kamayishiga aholi savodxonlik darajasining oshishi ham ta’sir etmoqda. Masalan, 1971 yili Hindiston aholisining 29,4 % savodli edi. Hozirgi davrda 40 % dan yuqori aholi savodlidir. Ma’lumki, Xorijiy Osiyo aholisining 70% dan ko‘prog‘ini Xitoy va Hindiston aholisi tashkil etadi. Shuning uchun Xitoy va Hindistonda tug‘ilishning nisbatan kamayishi butun Xorijiy Osiyo bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichiga ta’sir kildi. 1970-2009 yillarda tug‘ilish Xorijiy Osiyoda deyarli 2 barobar kamaydi. Ana shu davrda tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti Yevropada 2,1dan 1,5 ga, Okeaniyada 3,1 da 2,5 ga, afrikada 6,5 dan 4,8 ga kamaygan. Shunday qilib, biologik jarayon bo‘lgan tug‘ilish qator ijtimoiy (aholining savodlilik darajasi, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei. Oilaning davlatda, jamiyatda tutgan o‘rni, urf-odatlar, qadriyatlar, din, etnik tarkibi, urbanizasiya jarayoni va h.k.) iqtisodiy (aholi bandligi, ayollar bandligi, oila daromadi, ijtimoiy muhofazalar va h.k.) tibbiy (homiladorlikdan saqlanuvichi vositalar, va ular va ular haqidagi bilimlar bilan ayollarni ta’minlanganligi, onalar, bolalar salomatligi) va demografik (aholining yosh jinsiy tarkibi, reproduktiv yoshdagi ayollar salmog‘i, nikoh, ajralish o‘lim jarayonlari) omillar ta’sirida sodir bo‘lar ekan. Agar dunyodagi davlatlarni tug‘ilishning bugungi holatiga qarab sharxlamoqchi bo‘lsak, ularni shartli ravishda uch guruhga ajratmog‘imiz lozim. Ma’lumki, tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti 2,1 dan past bo‘lsa tug‘ilish darajasi ham past bo‘ladi: 2,1-4,0 bo‘lsa tug‘ilish darajasi -o‘rtacha va 4,1 va undan yuqori bo‘lsa tug‘ilish darajasi yuqori bo‘ladi. Ana shu demografik mezonga asosan dunyo davlatlarini guruhlarga ajratish mumkin Birinchi guruh – tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar: Afrika davlatlari (MSR, Tunis, Moris va Seyshel 68 orollaridan tashqari), Osiyo va Janubiy Amerikadagi qator davlatlar hamda Avstraliya va Okeaniyadagi ba’zi mamlakatlar. Ulardagi oilalarda farzandlar soni o‘rtacha 4,1dan to 7,0gacha, ba’zi hollarda esa, undan ham yuqori bo‘lgan. Tug‘ilishi eng yuqori sanalgan davlatlardan Afg‘oniston, Gvineya-Bisau va Niger bo‘lib, ularda tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti 7,1-7,7ni va Yamanda – 6,7ni, Mali va Kongoda – 6,2ni tashkil etadi. Ushbu davlatlardagi oilalarda tug‘ilish darajasining bunday yuqori bo‘lishiga olib keluvchi qator omillar mavjuddir. Ulardan asosiylari quyidagilar: yuqorida zikr etilgan davlatlar, asosan, iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatlar bo‘lib, ayniqsa ayollarning ma’lumotliligi nisbatan past; ko‘p bolalikni qo‘llab-quvvatlovchi an’analar ko‘proq saqlanib qolgan; ayollar ijtimoiy ishlab chiqarishda kam ishtirok etadi; shahar turmush tarzining shakllanishi sust; tug‘ilishni cheklash haqida tushunchalar va unga kerakli tibbiy vositalar keng tarqalmagan. Ta’kidlab o‘tish lozimki, tug‘ilish darajasining yuqoriligi ba’zi demografik oqibatlarni keltirib chiqardi. Jumladan, aholining soni tez ko‘paya borib, ko‘plab yangi oilalar vujudga keladi, aholi tarkibida bolalar soni yuqori bo‘ladi. Bu demografik oqibatlar esa, o‘z o‘rnida qator ijtimoiy-iqtisodiy muammmolarga sabab bo‘ladi. Tug‘ilishi yuqori bo‘lgan davlatlarda keyingi 15-20 yil ichida aholi soni yiliga 2,5–3,2 foizdan ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda 40 dan oshiq davlatda tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti 4,1–7,5 tashkil etmoqda. Shuni alohida qayd etish lozimki, keyingi 10 yil ichida dunyodagi tug‘ilish yuqori bo‘lgan davlatlar soni kamaydi. 1989 yili bunday davlatlar soni 79ni tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yili ularning soni 37taga kamaydi va 42tani tashkil etdi. Agar 1989 yili ushbu davlatlarda istiqomat etuvchi aholi salmog‘i dunyo aholisining 23 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib, bu ko‘rsatkich deyarli 14 foizni tashkil etdi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling