Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Dunyo hududlarida aholi o‘limi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Dunyo hududlarida aholi o‘limi
(1000 aholiga nisbatan o‘lganlar soni)
* 
Hududlar 
1958-1962 yy. 
2001 y. 
2009 y. 
Dunyo bo‘yicha 
17 




72 
Evropa
10 
11 
11 
Osiyo
20 


Afrika 
23 
14 
12 
Shimoliy Amerika 
13 


Lontin Amerikasi



Avstraliya va Okeaniya 



*Naselenie mira. M., 1965. S 12; Naselenie i obщestvo. (Inform byulleten RAN. M., 
2001 № 56: Population Reference Bureau. 2009 Word Population Data Sheet. 
Hozirgi davrda dunyo bo‘yicha aholi o‘lim ko‘rsatkichlari Osiyo, Afrika, 
Amerika, Okeaniya hududlarida kamayib, Yevropa hududida esa, ortib 
borayotganligi kuzatiladi. Umuman, sayyoramiz aholisida o‘lim jarayoni XX asr 
ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida 2-2,5 marta kamaygan. Hozirgi davrda 
o‘limga enzogen omillar (organizmning qarishi va uning kasallanishi tufayli sodir 
bo‘lgan ichki muhit omillari) sabab bo‘lmoqda. Bu hol, albatta jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, turmush tarzining yaxshilanishi, aholiga tibbiy 
xizmat ko‘rsatishning oshib borishi bilan bog‘liq. Lekin Yevropa davlatlarida aholi 
o‘lim ko‘rsatkichlarining bir muncha ko‘tarilishiga demografik omil, ya’ni aholi 
tarkibida qariyalar (60-65 ysh va undan yuqori) salmog‘ining ortib borishi ta’sir 
etgan. Ma’lumki, aholi o‘limining umumiy koeffisienti aholining yosh tarkibiga 
bevosita bog‘liq. Agar aholi tarkibida bolalar (0-14 yosh) va yoshlar (16-29 yosh) 
salmog‘i yuqori bo‘lsa, o‘lim koeffisienti kamayadi. Dunyoning juda ko‘p 
davlatlarda XX asr boshlarida aholi o‘rtacha 35-40 yil umr ko‘rgan bo‘lsa, hozirgi 
vaqtda – o‘rtacha 63-68 yosh umr ko‘rishi kuzatiladi. Yevropada esa, bu 
ko‘rsatkich 70-79ga yetdi. Mazkur hududda tug‘ilishning keskin kamayishi aholi 
tarkibida bolalar va yoshlar salmog‘ining keskin kamayishiga olib kelgan bo‘lsa, 
aholining umr ko‘rish muddatini uzayganligi qariyalar salmog‘ining oshib 
borishiga olib keldi. Natijada Yevropada o‘lim ko‘rsatkichlari ko‘tarildi. 
Ma’lumki, inson dunyoga kelib, ma’lum davr yashab, hayotdan ko‘z 
yumadi. Inson dunyoga kelib yashagan davri hayot davomiyligi yoki umr ko‘rish 
muddati deb, o‘rganiladi. Insonning hayot davomiyligi birinchi navbatda o‘lim 
jarayoni bilan bog‘liq.O‘lim esa yuqorida qayd etilganidek, turli omillar ta’sirida 
sodir bo‘ladi. Demak, o‘limga ta’sir etuvchi omillar, o‘lim jarayoni orqali hayt 
davomiyligiga ham ta’sir etadi. Hayot davomiyligi mutaxassislar tomonidan
dunyo va uning alohida hududlari, erkaklar va ayollar uchun maxsus demografik 
uslublarda hisoblanadi. Odatda kutilayotgan umr ko‘rish muddati aniqlanadi. Unda 
yangi tug‘ilgan chaqaloqlar qancha umr ko‘rishi mumkinligi hisoblab chiqiladi.
Bu holda tug‘ilgan bolalarni ulg‘ayib borishida yoki bir yosh guruhidan 
ikkinchi yosh guruhiga o‘tishda shu yosh guruhlarida o‘rganilayotgan davrdagi 
o‘lim holati hisobga olinadi. Olingan natija aholi o‘rtacha umr ko‘rish muddatini 
nazariy hisobi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, Rossiyada 1993 y. o‘g‘il bolalar 
uchun go‘daklar o‘limi 20,0 ‰ edi. Demak, tug‘ilgan 1000ta o‘g‘il boladan 20tasi 
1 yoshgacha yashamaydi. Ikki yoshli o‘g‘il bolalarda esa, shu yili o‘lim ehtimoli 6 
kishini tashkil etgan. Ko‘rinib turibdiki, 1000ta tug‘ilgan boladan 1 yoshga 


73 
980tasi, 2 yoshga esa, 974tasi o‘tdi. Ana shunday usul bilan avlodnng oxirigacha 
umr ko‘rish ehtimoli hisoblab chiqiladi. Yuqorida qayd etilganidek, oldingi asrda 
aholi o‘rtacha 30-35 yil umr ko‘rgan. Hozir esa bu ko‘rsatkich ikki barobarga 
oshgan. 2009 yilda aholi umr ko‘rishi bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar Markaziy 
va Janubiy Afrika davlatlarida kuzatilmoqda (erkaklar 42-44, ayollar 45-46 yosh)

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling