Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


O‘lim va hayot davomiyligi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
3.3. O‘lim va hayot davomiyligi 
Demografik vaziyatning shakllanishida o‘lim ham asosiy jarayonlardandir. 
O‘lim, aholi takror barpo bo‘lishidagi asosiy jarayonlardan biri bo‘lib, avlodlarni 
hayotdan ko‘z yumishini ifodalaydi. O‘lim jarayoni aholining turli yoshlarida juda 
ko‘p omilar ta’sirida sodir bo‘ladi. Mutaxassislar o‘limga ta’sir etuvchi omillarni
ularning kelib chiqishiga bog‘liq holda ikki guruhga: endogen va ekzogen
omillarga ajratadilar. Endogen omillar ichki omillar bo‘lib, inson organizmidagi 


70 
o‘zgarishlar (kasallanish, keksalik) bilan bog‘liq omillardir. Ekzogen omillar esa 
tashqi omillar (urushlar, turli epidemiyalarning tarqalishi, baxtsiz hodisalar, tabiiy
ofatlar va h.k.) bo‘lib, ular tashqi muhit ta’sirida sodir bo‘ladilar.O‘lim jarayoni 
ma’lum aholi guruhlarida, avlodlarda davlatlarda va jamiyat taraqqiyoti
bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq holda, inson hayotining
turli davrlarida sodir bo‘ladi. O‘lim jarayonini ifodalashda quyidagi 
koeffisientlardan foydalaniladi. O‘limning umumiy koeffisienti: 
1000


TP
M
m
m-o‘lim umumiy koeffisienti (promilleda ifodalandi). 
M-o‘rganilayotgan davrdagi o‘lganlar soni. 
T-davr 
P-o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni 
O‘limning umumiy koeffisientiga ham aholining yosh va jinsiy tarkibi
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining ko‘pligi 
o‘limning umumiy koeffisientini ko‘tarilishiga olib keladi.
O‘lim 
jarayonida 
bo‘layotgan 
o‘zgarishlarni aniq o‘rganishda uning maxsus koeffisientlari (yosh guruhlari va 
jinslar bo‘yicha alohida ifodalanadi) dan aniqlanadi. 
O‘limning yosh guruhlari bo‘yicha koeffisienti-alohida yoshlar (1,2,3,4,5,...) 
yoki yosh guruhlari (1-4, 5-9, 10-14...) bo‘yicha hisoblanib, har 1000 ta 
o‘rganilayotgan yoshdagi aholiga nisbatan shu yoshdagi o‘lganlarning o‘rtacha 
sonini aniqlaydi va promilleda (‰) ifodalanadi. 
z
x
x
z
x
x
z
x
x
TP
M
m




,
,
1
*1000 
M
x1x+z
-o‘limning yosh guruhlari bo‘yicha koeffisienti ifodasi. 
T-o‘rganilayotgan davr, yil. 
M
x1x+z
-o‘rganilayotgan yosh guruhidagi jami o‘lganlar soni. 
P
x1x+z
-o‘rganilayotgan yosh guruhidagi aholining o‘rtacha soni. 
O‘limning yosh guruhlari bo‘yicha koeffisienti yordamida har bir yosh 
guruhida sodir bo‘layotgan o‘lim hollari va omillari o‘rganiladi, va o‘lim
jadvali tuzishda foydalaniladi.
Aholi
guruhidagi o‘lim jarayonini o‘rganishda go‘daklar o‘limi, ya’ni bir yoshgacha
(0-12 oy) bo‘lgan bolalar o‘limi ham juda ahamiyatlidir. Chunki, ko‘p hollarda
go‘daklar o‘limi bir muncha ko‘proq bo‘lib, aholi o‘limining umumiy 


71 
koeffisientining yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham go‘daklar 
o‘limi alohida hisoblanadi. 
Go‘daklar o‘limi har 1000 ta tirik tug‘ilgan bolalarga nisbatan, shu yoshda 
o‘lgan go‘daklarning sonini bildiradi va promilleda ifodalanadi. 
1000

сони
болалар
тугилган
тирик
булган
ёшгача
бир
даврдаги
ган
ўрганилаёт
сони
болалар
жами
улган
ёшгача
бир
Aholi o‘lim darajasini o‘rganishda onalar o‘limini mukammal o‘rganib 
borish zarurdir. Onalar o‘lim tug‘ilish darajasi yuqori, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi nisbatan sust, davlatlarda baland bo‘lib. Aholi o‘lim ko‘rsatkichlariga
bevosita ta’sir etdi. Onalar o‘limiga homiladorlikning oxirgi (28 haftadan keyin) 
hamda farzand tug‘ilgandan keyingi (6 hafta) davrida sodir bo‘lgan ayollar o‘limi 
kiritiladi. Onalar o‘limi har 1000 ta tuqqan ayollarga yoki har 1000 ta tirik 
tug‘ilgan bolalarga nisbatan hisoblanadi. Aholi o‘limi jamiyat rivojlanishi 
davomida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida sodir bo‘lib kelgan. Moddiy 
shart-sharoitlarning yaxshilanib borishi o‘lim hollarining kamayishiga, aksi esa – 
ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, aholiga 
tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasining oshib borishi ham o‘limga bevosita ta’sir 
etuvchi omillardandir. Shuningdek, tug‘ilish biologik imkoniyat darajasida 
bo‘lganda, ko‘pbolalik an’analari rivojlangan davrlarda tug‘ilgan farzandlar 
orasidagi davr, muddat (protogenetik davr: nikohga kirgandan birinchi farzand 
tug‘ilguniga qadar o‘tgan vaqt; intergentik davr: birinchi va ikkinchi, ikkinchi va 
uchinchi, uchinchi va to‘rtinchi va h.k. farzandlar tug‘ilishi orasidagi davr, yil) 
qisqa (1,2-2 yil) bo‘lgan hollarda ham go‘daklar, onalar o‘limi yuqori bo‘ladi. 
XX asr 50-yillariga qadar dunyoning barcha hududlarida ham o‘lim yuqori 
darajada edi. Ushbu davrga qadar aholi o‘limida ko‘proq ekzogen (tashqi muhit 
ta’siridagi omillar: urushlar, epidemiyalar, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar) omillar 
sabab bo‘lgan. Aholining juda ko‘p qismi, ayniqsa Osiyo, Afrika hududlarida 
yuqumli infeksion kasalliklardan bolalik davrida ko‘z yumishgan. Qadimda yer 
sharida go‘daklar va ayollar o‘limi ayniqsa yuqori bo‘lgan. Ko‘pchilik ayollar 
farzand ko‘rish davrlarida turli kasalliklar ayniqsa qon yo‘qotish tufayli halok 
bo‘lganlar. Markaziy Osiyo davlatlarida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida har 
1000ta tug‘ilgan chaqaloqlardan bir yoshgacha bo‘lgan davrda 300-400tasi, ba’zi 
davrlarda esa, 500-600tasi nobud bo‘lgan. Qadimda aholi o‘limining yuqoriligi
qayd 
etilganidek, 
aholining 
turmush 
darajasiga, 
tibbiy 
xizmatlarning 
yetishmasligiga, aholining ma’lumotlik darajasining pastligiga, farzandlar 
tug‘ilishining yuqoriligi va farzandlar tug‘ilishi orasidagi davrning nisbatan 
qisqaligi kabi omillar bilan bog‘liq edi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling