Aorta aorta


Download 32.15 Kb.
bet5/6
Sana08.05.2023
Hajmi32.15 Kb.
#1445126
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 mavzu

Pars petrosa qismidan chiquvchi tarmoqlar:
I. a.canalis pterygoidei — qanotsimon kanal ichidan o'tuvchi arteriya qanot-tanglay chuqurchasiga boradi va chuqurchadagi hosilalarni qon bilan ta’minlaydi. Pars cavernosa qismidan chiquvchi tarmoqlar:
a) r.basalis tentorii — qattiq parda chodirining asosiga yo'naluvchi shox;
b) r.marginalis tentorii qattiq parda chodirining chekkasiga yo'naluvchi shox;
d) r.meningeus — miya pardasiga yo'naluvchi shox;
e) a.hypophysialis inferior — gipofiz bezining pastki arteriyasi;
f) r.r.ganglionares trigeminales — uch shoxli nerv tugunini qon bilan ta’minlaydigan shoxlar;
g) r.r.nervorum — bosh miya nervlarini qon bilan ta’minlaydigan shoxlar.
Pars cerebralis qismidan ajraluvchi arteriyalar:
I. a.ophtalniica — ko'z arteriyasi kallaning ichki yuzasidan, ko'z kosasiga — canalis opticus orqali o'tadi. Ko'z arteriyasi quyidagi mayda tarmoqlarni ajratadi:
a) qattiq parda arteriyasi — r.meningea recurrens;
b) ko'z yoshi bezi arteriyasi — a.lacriinalis;
d) ko'z soqqasining qon tomir pardasini hosil etuvchi arteriya — a.centralis retinae, a.a.cilliares;
e) ko'z soqqasi mushaklari arteriyasi — r.muscularis;
f) qovoqlar arteriyasi — a.palpebrale laterales et mediales;
g) burun bo'shlig'ining yuqori havo yo'llari shilliq qavatlari arteriyalari — a.a. ethmoidales anterior et posterior;
h) ko'z kosasining yuqori teshigi foramen supraorbitale orqali chiqib, peshona sohasini qon bilan ta’minlaydigan arteriya — a.supraorbitalis;
i) burun tashqi sohasining arteriyasi — a.dorsalis nasi;
j) a.a.muscularis — ko'z atrofidagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi;
k) a.supratrochlearis — ko'zning g'altaksimon mushagini qon bilan ta’minlaydi.
2. a.caroticotympanici — chakka suyagidagi tirqishlar orqali, o'rta quloq bo'shlig'iga o'tadi.
3. a.cerebri anterior — bosh miyaning oldingi arteriyasi bosh miya peshona bo'lagini qon bilan ta’minlaydi. Har ikkala tarafdagi oldingi bosh miya arteriyalari o'zaro oldingi biriktiruvchi arteriyalar — a.communicans anterior vositasida qo'shilib turadi. Shu sababli bosh miyaning oldingi arteriyasidan ajraluvchi tarmoqlar 2 ta guruhga: qo'shuvchi arteriyadan oldingi — pars precommunicalis va biriktiruvchi arteriyadan keyingi qism pars postcommunicalis tarmoqlariga ajraladi.
I. a.cerebri anterior ning pars precommunicalis sohasidagi tarmoqlari: a.a.centrales anteromediales — markaziy pushtalarga yo'naluvchi oldingi medial tarmoqlar. O'z navbatida bu arteriya quyidagi shoxlarga ajraladi:
a) a.a.striataemediales proximales — targ'il tananing proksimal o'rtalikdagi arteriyasi;
b) a.supraoptica — ko'ruv yo'li ustidagi arteriya;
d) a.a.perforantes anteriores — oldingi ilma-teshik soha arteriyasi;
e) a.preopticae — ko'ruv yo'li oldidagi arteriya.
II. a.cerebri anterior ning pars postcommunicalis sohasidagi tarmoqlari:
1. a.striata medialis distalis — targ'il tanaga yo'naluvchi distal arteriya;
2. a.frontobasalis medialis — bosh miyaning peshona qismning asosiga yo'naluvchi medial arteriya:
3. a.polaris frontalis — bosh miyaning peshona bo'lagi arteriyasi;
4 a.callosomarginalis — qadoqsimon tana chekkasidagi arteriya. Bu arteriyadan quyidagi shoxlar ajraladi:
a) r.frontalis anteromedialis — peshona bo'lagining oldingi medial shoxi;
b) r.frontalis intermediomedialis — peshona bo'lagining oraliqdagi medial shoxi; d) r.frontalis posteromedialis — peshona bo'lagining orqa medial shoxi;
e) r.cingularis — belbog' pushtasining shoxi;
o) r.paracentrales — markaz oldi pushtasining shoxi.
5. a.pericallosa — qadoqsimon tana atrofidagi arteriya. Bu arteriyadan quyidagi shoxlar ajraladi:
a) r.r.precuneales — pona oldi pushtasining shoxlari;
b) r.r.parietooccipitales — tepa va ensa bo'laklarining shoxlari.
6. a.communicans anterior — oldingi qo'shuvchi arteriya tarmoqlari.
1) a.a.centrales anteromediales — oldingi medial markaziy arteriya. Bu arteriyaning shoxlari:
a) a.siipraehiasm atica — ko'ruv nerv kesishmasining ustidagi arteriya:
b) a.cominissuralis mediana — oldingi qo'shib turuvchi arteriya;
d) a.callosa mediana — qadoqsimon tananing medial arteriyasi.
7. a.cerebri media — bosh miyaning o'rta arteriyasi. Bu arteriya bosh miyaning chakka, tepa va qisman peshona bo'laklarini qon bilan ta’minlaydi. Uning pars sphenoidalisasosiy suyak sohasida; pars incularis orolcha qismida; ostki va ustki yakuniy tarmoqlari bo'ladi.
I. a.cerebri media ning pars sphenoeidalis qismidan quyidagi arteriyalar ajraladi: a) a.a.centrales anterolaterales — markaziy pushtaga yo'naluvchi oldingi lateral arteriya;
b) a.polaris temporalis — chakka bo'lagiga yo'naluvchi arteriya;
d) a.temporalis anterior — oldingi chakka arteriyasi.
II. a.cerebri media ning pars insularis sohasidan orolchani qon bilan ta’minlaydigan — a.a.insulares tarmoqlari chiqadi.
III. a.cerebri media ning r.r.terminales inferiorees — pastki yakuniy tarmoqlari:
a) r.temporalis anterior — oldingi chakka shoxi;
b) r.temporalis medius — o‘rta chakka shoxi;
d) r.temporalis posteriororqa chakka shoxi;
e) r.temporooccipitalis — chakka - ensa shoxi;
o) r.guri angularis — burchakli pushta shoxi;
IV. a.cerebri media ning r.r.terminalis superiores — yakuniy ustki shoxlari:
a) a.frontobasalis lateralis — peshona bo'lagi asosining lateral arteriyasi;
b) a.perifrontalis — peshona bo'lagi oldidagi arteriya;
d) a.sulci precentralis — markaz oldi egatining arteriyasi; e) a.sulci centralis — markaziy egat arteriyasi;
o) a.sulci postcentralis — markaz orqasidagi egat arteriyasi;
g) a.parietalis anterior — tepa bo'lagining old arteriyasi;
h) a.parietalis posterior — tepa bo'lagining orqa arteriyasi.
6) a.chorioidea — bosh miyaning yon qorinchalari ichida qon tomir chigalini hosil qiladi. Bu arteriyadan quyidagi shoxlar ajraladi:
a) r.r.choroidei ventriculi lateralis — bosh miya yon qorinchalari ichidagi chigalni hosil qiluvchi shox;
b) r.r.substantiae perforantae anterioris — bosh miyadagi oldingi ilma-teshik soha shoxlari;
d) r.r.chiasmatici — ko'ruv nervi kesishmasiga yo'naluvchi shoxlar;
e) r.r.tractus optici — ko'ruv nervi traktiga yo'naluvchi shoxlar;
o) r.r.corporis geniculi lateralis — lateral tizzasimon moddalarga yo'naluvchi shoxlar;
g) r.r.genus capsulae internae — ichki kapsulaning tizza qismiga yo'naluvchi shoxlar;
h) r.r.cruris pasterioris capsulae internae — ichki kapsulaning orqa oyoqchalariga yo'naluvchi shoxlar;
i) r.r.partis retrolentiformis capsulae internae — yasmiqsimon o'zak orqasidagi ichki kapsulaga yo'naluvchi shoxlar;
j) r.r.globi pallidi — rangpar shar hosilasiga yo'naluvchi shoxlar;
k) r.r.caudae nuclei caudati — dumsimon o'zakning dum qismiga yo'naluvchi shoxlar;
I) r.r.hippocampi — gipokamp sohaga yo'naluvchi shoxlar;
m) r.r.corporis amygdaloidei — bodomsimon o'zakga yo'naluvchi shoxlar;
n) r.r.nucleorum thalami — ko'ruv bo'rtig'ining o'zaklariga yo'naluvchi shoxlar;
o) r.r.substantiae nigrae — qoramtir moddaga yo'naluvchi shoxlar;
p) r.r.nuclei rubri — qizil o'zakga yo'naluvchi shoxlar;
q) r.r.cruris cerebri — bosh miya oyoqchasiga yo'naluvchi shoxlar.
7) a.communicans posterior — orqa qo'shuvchi arteriya ensa sohasini qon bilan ta’minlaydigan arteriya bilan qo'shiladi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
a) a.a.centrales posteromediales — markaziy pushtaning orqa medial arteriyalari;
b) r.chiasmaticus — ko'ruv nerv kesishmasining shoxi;
d) a.a.tuberis cinerei — kulrang bo'rtiq arteriyalari;
e) a.thalamotuberalis — ko'ruv bo'rtig'i arteriyasi;
o) r.hypothalamicus — bo'rtiq osti sohasidagi shox;
g) a.a.mamillares — so'rg'ichsimon tana arteriyalari;
h) r.nervi osulomotorii — ko'zni harakatlantiruvchi nerv shoxi. Bosh miyani qon bilan ta’minlashda o'mrov osti arteriyasi — a.subclavia ning umurtqa tarmog'i — a.vertebralis ham qatnashadi. Bu arteriya bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'simtasidagi teshiklar — foramen processus transversus orqali yo'nalib, bosh miya asosiga ensa suyagining foramen magnum teshigi orqali o'tadi. A.vertebralis kalla bo'shlig'ining ichida, Voroliy ko'prigining oldingi yuzasida o'zaro qo'shilib, asosiy arteriya — a.basilaris ni hosil qiladi. O'z navbatida a.basilaris bosh miyaning orqadagi ikkita arteriyasi — a.cerebri posteriores ga bo'linadi. Bu arteriyalar ichki uyqu arteriyasining orqa biriktiruvchi arteriyasi — a.communicantes posterior bilan birikadi. Bosh miyaning orqa arteriyasi — bosh miyaning ensa bo'lagini, Voroliy ko'prigini miyacha va uzunchoq miyani qon bilan ta’minlaydi. Ichki uyqu arteriyasi tarmoqlari va o'mrov osti arteriyasining umurtqa arteriyasi tarmoqlari o'zaro qo'shilib, bosh miya asosida arterial qon tomirlar halqasi — circulus arteriosus cerebri ni hosil qiladi. Bu arterial halqa quyidagi arteriyalarning qo'shilishidan hosil bo'ladi: a.communicans anterior, a.a.cerebri anteriores, a.a.communicantes posteriores, a.cerebri posterior (a.vertebralis dan). Bosh miyaning orqa arteriyasi — a.cerebri posterior ning tarmoqlari orqa qo'shuvchi arteriyagacha — pars precommunicalis va qo'shuvchi arteriyadan keyingi — pars postcommunicalis bo'limlariga ajraladi.
I. a.cerebri posterior ning pars precommunicalis — sohasidagi tarmoqlari:
a) a.a.centrales posteromedialis markaziy egat orqasidagi medial arteriyalar;
b) a.a.circumferentiales breves aylanib o'tuvchi qisqa tarmoqlar;
d) a.thalami perforans ko'ruv bo'rtig'ini ichiga yo'naluvchi arteriya;
e) a.collicularis to'rt tepalik arteriyasi;
II. a.cerebri posterior ning pars postcommunicalis sohasidan ajraluvchi tarmoqlar:
a) a.a.centrales posterolaterales — markaziy egat orqasidagi lateral arteriyalar;
b) a.thalomogeniculata — ko'ruv bo'rtig'i va tizzasimon modda arteriyalari;
d) r.r.choroidei posteriores mediales — tomirli chigalni hosil qiluvchi orqa medial shoxlar;
e) r.r.choroidei posteriores laterales — tomirli chigalni hosil etuvchi orqa lateral shoxlar;
f) r.pedunculares — miya oyoqchalarining shoxlari.
III. Bosh miyaning orqa arteriyasi — a.cerebri posterior ning yakuniy tarmoqlari:
1. a.occipitalis lateralis — bosh miya ensa bo'lagining lateral arteriyasi. Bu arteriyaning shoxlari:
a) r.r.temporales anteriores — chakka bo'lagining oldingi shoxlari;
b) r.r.temporales intermedii — chakka bo'lagining oraliq shoxlari;
d) r.r.temporales posteriores — chakka bo'lagining orqa shoxlari.
2. a.occipitales mediales — ensa bo'laginig medial arteriyasi. Bu arteriyaning shoxlari;
a) r.corporis callosi dorsalis — qadoqsimon tana orqa shoxi;
b) r.parietalis — tepa bo'lagiga yo'naluvchi shox;
d) r.parietooccipitalis — tepa va ensa pushtalariga yo'naluvchi shox;
e) r.calcarinus — qush pixi sohasiga yo'naluvchi shox;
d) r.occipitotemporalis — ensa va chakka pushtalariga yo'naluvchi shox.

Download 32.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling