Aorta aorta
Download 32.15 Kb.
|
11 mavzu
a.infraorbitalis — ko'z kosasi bo'shlig'ida ko'z soqqasining mushaklarini qon bilan ta’minlaydi va oxirgi tarmoqlari ko'z kosasining ostidagi teshik orqali o'tib yuzda, shuningdek, yuqori lab sohasidagi mushaklarda va terida tarqaladi;
b) tanglayning tushuvchi arteriyasi — a.palatina descendens qanot-tanglay chuqurchasidan katta tanglay kanali — canalis palatinus major orqali o'tadi. Arteriyaning tarmoqlari qattiq va yumshoq tanglayda tarmoqlanadi va a.palatina major et minor deyiladi. Asosiy tarmoqning boshlanish joyidan — a.canali pterygoidei ajraladi va shu nom bilan ataladigan kanal orqali o'tib halqumning burun qismida tarmoqlanadi; d) ponasimon tanglay arteriyasi — a.sphenopalatina shu nomli teshik orqali o'tib. burun bo'shlig'ining shilliq qavatida tarqaladi. Bu tarmoqning oxirgi shoxlari kesuv tishlari joylashadigan katakchalar orasidagi kanal orqali o'tib, qattiq tanglayda tarmoqlanadi. 3. Chakkaning yuza arteriyasi — a.temporalis superficialis. Tashqi uyqu arteriyasining oxirgi tarmoqlari hisoblanadi va quyidagi shoxchalarga bo'linadi: a) yuzning ko'ndalang arteriyasi — a.transversa facie yonoq ravog'i bo'ylab yo'naladi; b) quloq oldi bezi arteriyalari — a.parotidea; d) chakkaning o'rta arteriyasi — a.temporalis media chakka mushagida tarqaladi; e) quloq suprasining oldingi arteriyasi — a.auriculari anterior tashqi quloq va tashqi eshituv yo'lini qon bilan ta’minlaydi; o) yonoq ko'z kosasi arteriyasi — a.zygomaticoorbitalis ko'zning lateral burchagida tarqaladi; g) peshona arteriyalari — a.frontalis peshona sohasini qon bilan ta’minlaydi; h) tepa suyagi sohasida tarmoqlanadigan tarmoq — a. parietalis. Ichki uyqu arteriyasi — a.carotis interna Ichki uyqu arteriyasi — a.carotis communis ning tarmog'i bo'lib, chakka suyagidagi canalis caroticus orqali o'tib, asosan bosh miyani qon bilan ta’minlashda qatnashadi. Ichki uyqu arteriyasining tarmoqlari bo'yin qismi — pars cervicalis, chakka suyagining toshsimon qismi — pars petrosa, so'g'on qismi — pars cavernosa va miya qismi — pars cerebralis larga bo'linadi. Ichki uyqu arteriyasining pars cervicalis — bo'yin qismidan tarmoqlar chiqmaydi. Uning kengaymasiga — sinus caroticus deyiladi. Download 32.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling