Orqa miyani qon bilan ta’minlanishi
Orqa miya — medulla spinalis ning bo'yin segmentlari a.vertebralis ning tarmog'i bo'lgan a.spinalis anterior, a.spinales posteriores hisobiga qon bilan ta’minlanadi. Umurtqalar orasidagi teshik — foramen intervertebrale dan qo'shimcha arteriya tarmoqlari yo'naladi. Bu tarmoqlar ramus spinalis deb atalib, bo'yin segmentlariga a.vertebralis dan ajraladi. Orqa miyaning ko'krak segmentlari a.intercostalis qovurg'alararo arteriyaning ramus spinalis tarmog'i hisobiga, bel segmentlari esa bel arteriyasi — a.lumbalis ning ramus spinalis tarmoqlar hisobiga qon bilan ta’minlanadi. Bu tarmoqlar orqa miya yuzasida arterial to'r hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |