Apikomplekslar (apicomplex), yani spora hosil
Mikrosporidiyalar – Microsporidia tipi
Download 42.34 Kb.
|
4-maruza
Mikrosporidiyalar – Microsporidia tipiMikrosporidiyalar hujayra ichida parazitlik qiladi, asosan har xil bo’g’imoyoqdilarni, ba’zan umurtkali hayvonlar (asosan baliqlar)ni zararlaydi. Bu tipga 900 ga yaqin tur kiradi. Sporasida otiluvchi ipi bo’lishi bilan ular qisman miksosporalilarga o’xshab ketadi. Lekin miksosporidiyalar sporasi yuqorida qayd qilinganidek ko’p hujayrali, mikrosporidiyalarning sporasi bir hujayrali bo’ladi. Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik (4-10 mkm) bo’lib, qattiq pust bilan qoplangan. Spora ichida spiral o’ralgan ipchasi va ikki yadroli mo’rtak (sporoplazma) bor (19-rasm). Mikrosporidiyalarning hayot sikli ham miksosporidiyalarnikiga o’xshash bo’ladi. Sporasi oziq bilan xo’jayini ichiga tushganida otuvchi kapsuladan otilib chiqqan ipchasi ichak epiteliysiga botib kiradi. Ip bilan birga sporadan chiqqan ikki yadroli sporaoplazma epiteliy hujayrasiga kirib oladi. Xo’jayin hujayrasida parazit shizogoniya orqali ko’payib, ko’p hujayrali zanjirni yoki ko’p yadroli plazmodiyni xrsil qiladi. Shundan so’ng plazmodiy tanasi va zanjir alohida hujayralarga ajralib ketadi. Yadrolar bir marta bo’lingandan so’ng har qaysi hujayra ikki yadroli bo’ladi. Hujayra qattiq po’st bilan o’ralib, spora hosil qilish jarayonida plazmodiyning ikkala yadrosi bir-biri bilan qo’shiladi. Shundan keyin keladigan sporogoniya jarayonida yuqorida ta’riflangan bir hujayrali sporalar hosil bo’ladi. Spora ichidagi yadrolarning qo’shilishi jinsiy ko’payish jarayonidagi jinsiy hujayralarning qo’shilishiga o’xshaydi4. 4 И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s. 65-80 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi. Asalarilarning o’rta ichagi epiteliy hujayralari, ba’zan malpigi naychalari, gemolimfasi, tuxumdonlari va so’lak bezlarida Nosema apis parazitlik qiladi. Oval shakldagi parazitning uzunligi 5- 6 mkm, ichak hujayralarining yemirilishiga sabab bo’ladi. Kasal arilar yaxshi ucholmaydi, kuchsizlanib ko’pincha halok bo’ladi. Tut ipak qurti nozemasi (Nosema bombyci) ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga yuqadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o’tgan parazit qurtning hamma organlarini zararlaydi. N.bombyci (19-rasm) qurtlarda "qora son" (pebrina) paydo qiladi. Kasal qurtlarning terisi qoramtir dog’lar bilan qoplanadi. Bunday qurtlarning axlati orqali tashqi muhitga juda ko’p sporalar chiqarib, boshqa qurtlarni ham zararlaydi. Kasallangan qurtlar ko’pincha halok bo’ladi. Kuchsiz zararlangan qurtlar halok bo’lmasdan pilla ichida g’umbakka aylanadi. G’umbakdan nozema bilan zararlangan kapalak chiqadi. Kapalak esa zararlangan tuxum qoyadi. Shunday qilib, kasallik nasldan- naslga o’tadi. Mikrosporidiyalarning ayrim turlari baliqlar muskuli va biriktiruvchi to’qimalarida parazitlik qiladi. Asalari va tut ipak qurtida mikrosporidozga qarshi kurashish asosan profilaktika tadbirlaridan iborat. Zararlangan ari oilalari dezinfektsiya qilinadi. Kuchli zararlangan oilalar kuydiriladi. Tut ipak qurtida pebrinani oldini olish uchun kapalak tuxumlari tekshirishdan o’tkazib turiladi. Parazit sporasi topilgan to’dalardagi tuxumlar kuydiriladi. Download 42.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling