Apikomplekslar (apicomplex), yani spora hosil


Download 42.34 Kb.
bet4/6
Sana13.04.2023
Hajmi42.34 Kb.
#1350669
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza

Qon sporalilari - Haemosporidia turkumi. Qon sporalilari xo’jayin almashtirib rivojlanadigan bir necha o’nlab turlarni o’z ichiga oladi. Ularning jinsiy ko’payishi qon so’ruvchi pashshalar ichagida, jinssiz ko’payishi esa odam va boshqa umurtqalilar (qushlar, sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar) organizmida boradi. Pashshalar ularning asosiy xo’jayini, odam va umurtqali hayvonlar esa oraliq xo’jayini hisoblanadi. Qon sporalilarining sporogoniyasi (spora ichida ko’payishi) hech vaqt tashqi muhitda emas, balki odatda pashshalar organizmida boradi. Bu hasharotlar sporalilarni tashuvchilar hisoblanadi.
Plasmodium urug’iga odamda parazitlik qiluvchi to’rtta tur kiradi. Bu plazmodiylarning hayot sikli bir-biriga o’xshash bo’lib, quyidagicha boradi. Bezgak pashshasi (Anopheles)ning urg’ochisi odam qonini so’rganida (erkak pashshalar qon so’rmasdan, balki gul nektari bilan oziqlanadi) qonga bezgak plazmodiysining juda ko’p sporozoitlarini o’tkazadi (17-rasm). Plazmodiy sporozoitlari 5-8 mkm keladigan juda kichik chuvalchangsimon bir yadroli hujayralar bo’lib, tuzilishi koktsidiyalarning sporozoitlariga o’xshaydi. Sporozoitlar qon oqimi bilan butun tanaga tarqalib ketadi. Ular jigar va qon tomirlari endotelyaysi (ichki epiteliy) hujayralariga kirib olib, trofozoit va shizont stadiyalarini o’taydi. Jinssiz ko’payish (shizogoniya) natijasida shizontlardan juda ko’p bir yadroli hujayralar - merozoitlar hosil bo’ladi. Merozoitlar endi zararlangan organning boshqa hujayralariga va qon eritrotsitlarga kirib olib o’sadi. Parazitning eritrotsitlar gemoglobini hisobida oziqlanib o’sadigan davri trofozoidlar deyiladi. Trofozoitlardan bo’linib ko’payuvchi shizontlar hosil bo’ladi. O’sayotgan trofozoitlarda koktsidiyalar merozoitlaridagiga o’xshash ultratsitostom bo’lishi aniqlangan. Shizontlar eritrotsit hujayrasini to’ldirib oladi. Parazit eritrotsitlar gemoglobinining bir qismini hazm qiladi, hazm bo’lmasdan qolgan qismi esa qoramtir pigment melaninga aylanadi. Har qaysi eritrotsitlardagi har bir shizont bo’linib (shizogoniya) 10-20 merozoit hosil qiladi. Merozoitlar eritrotsitlarni yemirib, qon plazmasiga chiqadi va yangi eritrotsitlarga kirib oladi. Jinssiz ko’payish yana takrorlanadi.
Eritrotsitlar yemirilganida qonga melanin bilan birga zaharli almashinuv mahsulotlari chiqariladi. bumoddalar ta’sirida odam tanasi harorati keskin ko’tarilb, bezgak huruj qiladi. Bir necha marta shizogoniya siklidan keyin parazit ko’payishdan to’xtaydi. Eritrotsitlarga kirgan merozoitlar o’sib, shizontlar emas, endii gametotsitlar (gameta hosil qiluvchi hujayralar)ni hosil qiladi. Gametotsitlar ikki xil, ya’ni birmuncha yirik - makrogametotsitlar va mayda mikrogametotsitlar bo’ladi. Gametotsitlarning bundan keyingi rivojlanishi chivin (Anopheles) tanasida davom etadi. Urg’ochi chivin qon so’rganida chivin tanasida makrogametotsitlar yirik makrogametalarga, mikrogametotsitlar esa bo’linib, 5-6 ta harakatchan mayda mikrogametalarga aylanadi. Chivin ichagi bo’shlig’ida mikro- va makrogametalar qo’shilishib, urug’lanish sodir bo’ladi. Hosil bo’lgan juda harakatchan zigota ookineta deyiladi. Zigota chivin ichagi devorini teshib, ichakning tana bo’shlig’iga qaragan devoriga o’tib oladi. Bu yerda zigota elastik po’st bilan o’ralib, ootsistaga aylanadi. Ootsista yadrosi ko’p marta bo’linib, sporozoitlarni hosil qiladi. Ootsista qobig’i yorilgandan so’ng sporozoitlar tana suyuqligi- gemolimfaga chiqadi. Gemolimfadan sporozoitlar chivin so’lak bezlariga, so’ngra so’lak naylarga o’tadi. Chivin chaqqanda parazitlar yana odam qoniga o’tib, jinssiz ko’paya boshlaydi. Bezgak plazmodiysi rivojlanishi davomida tashqi muhitga chiqmaydi. Shu sababdan hayot siklida spora hosil qilmaydi.
Shuning uchun bu tur paydo qilgan kasallik ham 4 kunlik bezgak deyiladi. P.vivax juda keng tarqalgan. Uning hayot sikli 48 soat davom etadi. Bezgak ham har 3 kunda xuruj qilib turadi. P.falciparum parazitida shizogoniya 24 yoki 48 soat davom etadi, lekin bezgak xuruji uzoq davom etadi va eng xavfli hisoblanadi. P.falciparum paydo qilgan kasallik tropik bezgak deb ataladi. P.ovale faqat Afrikada uchraydi.
Bezgak plazmodiysi odam qoniga o’tgandan so’ng dastlabki kasallik alomatlari paydo bo’lguncha o’tgan vaqt kasallikning yashirin, ya’ni inkubatsiya davri deyiladi. Bezgak kasalligi inkubatsiya davri odatda 2 hafta, ba’zan 6 oy va undan ko’proq ham davom etishi mumkin. Kasallik haroratning juda tez va keskin (40° va undan yuqori) ko’tarilishi bilan boshlanadi. Bir ozdan so’ng harorat yana meyorga keladi, lekin isitmalash har doim ma’lum vaqt (24, 48 yoki 72 soat) o’tgandan so’ng takrorlanib turadi. Bezgak xuruji shizogoniya natijasida hosil bo’lgan merozoitlarning eritrotsitlardan qon zardobiga chiqish davriga to’g’ri keladi. Bezgakda kuchli anemiya (kam qonlilik) paydo bo’ladi. 1mm3 qondagi eritrotsitlar soni normadagi 5 mln dan bir mln gacha tushib qoladi. Kasal kishining qoni, jigari va talog’ida melanin ko’payib, jigari shishib ketadi.
Bezgak XIX asrning oxiri va XX asrning 40-yillarigacha Kavkaz, O’rta Osiyo, Volganing o’rta va quyi qismi va Ukrainada keng tarqalgan edi. 1935 yilning o’zida mazkur xududlarda 9 mln. kishi bezgakka chalinganligi ma’lum. O’sha davrda bezgak Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo va Yevropa mamlakatlarida tarqalgan edi. 30-yillarda faqat Hindistonning o’zida har yil 100 mln.dan ortiq kishi bezgak bilan og’rigan. Keyingi yillarda chivinlarga qarshi kurashning biologik usullari tobora ko’proq yoyilmoqda. Xususan, iqlim birmuncha iliq bo’lgan joylarda bezgak chivini lichinkasini yo’qotish uchun hovuz va ko’llarda gambuziya balig’i ko’paytirilmoqda. Shuning bilan birga bezgak chivinlariga qarshi genetik usullar ham ishlab chiqildi. Buning uchun erkak chivinlar yig’ib, rentgen nuri ta’sirida sterillangach, tabiatga qoyib yuboriladi. Chivinlar urg’ochisini urug’lantiradi, lekin urug’langan tuxumlardan lichinkalar chiqmaydi, yoki tuxumdan chiqqan lichinkalar normal rivojlana olmaydi.

Download 42.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling