Apikomplekslar (apicomplex), yani spora hosil
Koktsidiyalar (Coccidiida) turkumi
Download 42.34 Kb.
|
4-maruza
Koktsidiyalar (Coccidiida) turkumi. Koktsidiyalar hayvonlarning ichagi, jigari, buyragi va boshqa organlari epiteliy hujayralari ichida parazitlik qiladi. Tanasi dumaloq yoki oval shaklida. Jinssiz va jinsiy ko’payishi doimo to’g’ri gallanib turadi. Jinssiz ko’payishi ko’p marta bo’ linish (shizogoniya) yoki endodiogeniya deb ataladigan ikkiga bo’linish orqali sodir bo’ladi. Koktsidiyalarning hayot sikli xilma-xil bo’lib, ayrim turlari faqat bitta xo’jayinda parazitlik qiladi, sporogoniya davri batamom yoki qisman tashqi muhitda o’tadi. Xo’jayin almashtirib rivojlanadigan koktsidiyalarning jinssiz ko’payishi bitta xo’jayinda, jinsiy ko’payishi va sporogoniyasi boshqa bir xo’jayinda sodir bo’ladi. Quyida Eimeria, Toxoplasma va Sarcocystia urug’lariga mansub bo’lgan koksidiyalarning hayot siklini ko’rib chiqamiz.
Eymeriya urutining juda ko’p turlari har xil umurtqali hayvonlar, xususan quyonlar, echkilar, qoylar, yirik shoxli mollar va uy parrandalarida parazitlik qiladi. Hayvonlar koktsidiyalarning ootsistalarini suv yoki yem orqali yuqtiradi. Ootsistalar juda kichik bo’ladi. Quyon eymeriya ootsistalari uzunligi 12 mkm dan 35 mkm ga yetadi. Har bir ootsistada 4 tadan sporoblast (sporotsista)lar bor. Har qaysi sporotsista ichida esa 2 tadan ingichka chuvalchangsimon harakatchan sporozoitlar bo’ladi. Oziq yoki suv bilan ichakka tushgan ootsistalar va sporotsistalar qobig’i yemirilib, sporozoitlar ichak bo’shlig’iga chiqadi. Sporozoitlar faol harakatlanib ichak, jigar, oshqozonosti bezi hujayralariga kirib oladi va oziqlanib o’ suvchi davr - trofozoitlarga aylanadi. Trofozoitlar tez o’sadi; yadrosi ko’p marta ketma-ket bo’linib, ko’p yadroli shizontlarni hosil qiladi. O’z navbatida shizont ham bo’linib, ko’p sonli merozoitlarni hosil qiladi (14-rasm). Ko’p marta bo’linish orqali jinssiz ko’payish shizogoniya deyiladi. Shizogoniyada hosil bo’lgan merozoitlar ichak bo’shlig’iga chiqib, qo’shni hujayralarga kirib oladi va jinssiz ko’payish yana takrorlanadi. Natijada parazitlar soni keskin oshadi. Jinssiz ko’payish 4-5 marta takrorlangandan so’ng merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo’la boshlaydi. Buning uchun hujayralarga kirib olgan merozoitlar gameta hosil qiluvchi gamontlarga aylanadi. Ulardan bir qismi (makrogamontlar) bo’linmasdan o’sib, makrogameta –tuxum hujayralarni hosil qiladi. Ikkinchi qismi (mikrogamontlar)ning yadro va sitoplazmasi ko’p marta bo’linib, mayda mikrogametalar (spermatozoidlar)ni hosil qiladi. Spermatozoidlar tanasi cho’ziq, ikkita uzun xivchini yordamida faol harakat qiladi. Spermatozoidlardan biri tuxum hujayrasiga kirib, uning yadrosi bilan qo’shilishi natijasida urug’lanish (kopulyatsiya) sodir bo’ladi. Zigota mustahkam qobiq ishlab chiqarib, ootsistaga aylanadi. Ootsistaning bundan keyingi rivojlanishi organizmdan tashqarida boradi. Tashqi muhitda oosista yadrosi ikki marta bo’linib, har qaysi yadro bo’lagidan to’rttadan sporoblastlar hosil bo’ladi. Qattiq pust bilan o’ralgan sporoblastlar sporalar, yoki sporotsistalar deyiladi. Har bir sporaning yadrosi yana bo’linib, ikkitadan sporozoitni hosil qiladi. Ootsista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo’lib qoladi. Ootsistalar hayvon ichagiga tushganida ulardan sporozoitlar chiqadi va rivojlanish yana qaytadan boshlanadi. Koksidiyalar orasida eymeriya urug’i vakillari turli uy hayvonlariga parazitlik qilib, katta ziyon keltiradi. Koksidiyalar oaydo qiladigan kasallik koksidioz deyiladi. Eimeria magna, E.intestinalis va boshqalar quyonlarda juda xavfli koksidioz paydo qiladi. Kasal yosh quyonlar ko’pincha ularning yoppasiga qirilib ketadi. E.tenella jo’jalarni qirilib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Bir necha tur koksidiyalar (E. zurni, E.smithi) yirik shoxli mollar, ayniqsa buzoqlarga katta ziyon keltiradi. E.bovis qoramollarda qonli ichburug’ paydo qiladi. Baliqchilik xo’jaliklariga karp koksidiyasi - YE.safesh ziyon yetkazadi. Toksoplazma (Toxoplasma gondii) qushlar, sutemizuvchilar va odamda jigar, taloq, miya, qon tomirlari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Parazit dastlab 1908 yilda fransuz olimlari tomonidan kemiruvchilarda topilgan. Uzoq vaqt davomida uning systematik o’rni noma’lum bo’lgan. Faqat, 1970 yilda Daniya, Angliya va AQSH olimlari parazit hayot siklini o’rganishgandan so’ng uni koksidiyalar turkumiga mansub ekanligi aniq bo’ldi. Toksoplazma hujayra ichida parazitlik qiladi; xo’jayin almashtirish orqali rivojlanadi (15-rasm). Hayvonlar parazit sistasini yutib, yoki kasal hayvonlarni yeb zararlanadi. Parazit yo’ldosh orqali ham embrionga o’tadi. Toksoplazmaning jinsiy ko’payishi mushuk organizmida kuzatilgan. Mushuklar parazitni kemiruvchilardan yuqtiradi. Mushuk organizmida parazitning hayot sikli, boshqa koksidiyalar singari jinsiy ko’payish va sporotsistalar hosil bo’lishi bilan tugallanadi. Toksoplazma har xil ta’sir ko’rsatadi. Ayrim hayvonlar kasallikka berilmasligi; boshqalari esa juda ta’sirchanligi tufayli halok bo’lishi mumkin. Odamga toksoplazma bilan zararlanishi uy hayvonlari, asosan mushuklar bilan bog’liq. Odatda parazit mushuklarda ko’p uchraydi. Lekin ular kasal bo’lmasdan parazitni tashuvchi bo’lib qoladi. Toksoplazma odatda limfa, nerv va ko’zni shikastlaydi. Odam va sutemizuvchilar embrioni ona qornida zararlanganida bola niobud bo’lishi yoki uning ayrim organlari og’ir jarohatlanishi mumkin. Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), ya’ni go’sht sporalilari uy hayvonlari (qora mollar, cho’chqalar, parrandalar) va bir qancha yovvoyi hayvonlar muskullarida parazitlik qiladi. Ular go’shtda 0,5-5 mm uzunlikdagi sistalar hosil qiladi. Sistalar ichida yuzlab chuvalchangsimon bir yadroli merozoitlar bo’ladi (16-rasm). Ularning hayot sikli koksidiyalarga o’xshaydi; lekin ikkita xo’jayinda rivojlanadi. Yirtqich hayvonlar (mushuk, it) va odam asosiy xo’jayin bo’lib, ular organizmida parazitning jinsiy bo’g’imlari rivojlanadi. Go’sht sporalilari bilan zaharlangan hayvonlarda odatda kasallanish alomatlari kam seziladi. Ayrim hollarda organizmda parazit juda tez ko’payib ketganida kasallanish alomatlari paydo bo’lishi mumkin. Download 42.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling