Apikomplekslar (apicomplex), yani spora hosil
Download 42.34 Kb.
|
4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miksosporalilar – Myxosporea
Miksosporidiyalar – Myxosporidia tipi. Miksosporidiyalar tipi miksosporalilar (Myxosporea) va aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinflarini o’z ichiga oladi. Umurtqasiz hayvonlar va tuban umurtqalilar (asosan, baliqlar, halqali chuvalchanglar, ba’zan sudralib yuruvchilar) tana bo’shlig’i, to’qimalar va hujayralarida parazitlik qiladi. Hayot sikli parazitlik qiluvchi vegetativ stadiya (trofont) va tarqalish uchun xizmat qiluvchi sporalik stadiyalarini o’z ichiga oladi. Parazitlik qiluvchi stadiyasi ikki tipdagi (vegetativ ham generativ) hujayralardan iborat. Miksosporidiyalar asosan jinssiz ko’payadi. Generativ hujayralardan reduktsion (meyoz) bo’linish natijasida juda ko’p sporalar hosil bo’ladi. Sporalarda spiral o’ralgan otiluvchi ipchasi, kapsula va amyobasimon ko’pincha ikki yadroli murtagi (sporozoiti) bo’ladi. Sporalar xo’jayin organizmiga tushib qolganida otiluvchi iplar kapsuladan otilib chiqib, sporani ichak devoriga yopishib olishiga yordam beradi.
Miksosporalilar – Myxosporea sinfi. Miksosporalilar, ya′ni shilimshiq sporalilarga asosan baliqlarda, ba’zan sudralib yuruvchilarda parazitlik qiluvchi bir necha yuz tur kiradi. Ular tabiatda hamma suv havzalarida uchraydi. Ayrim miksosporalilar baliqlar, ayniqsa, baliq chavoqlarida og’ir kasallik paydo qilib, baliqchilik xo’jaliklariga katta ziyon keltiradi. Miksosporalilar to’ qimalar va tana bo’ shlig’ida yashaydi; jabralar, teri, muskullar, o’t pufagi, qovuq, tog’ay va boshqa organlarni zararlaydi. Organlar bo’shlig’ida uchraydigan voyaga yetgan miksosporalilar ko’p yadroli amyobaga o’xshash bo’ladi (18-rasm). Ularning kattaligi bir necha mkm.dan 2 sm gacha keladi. To’qimalarda 1-2 sm va undan ham yirikroq shishlar hosil qiladi. Miksosporalilar sporasi juda xilma-xil va murakkab tuzilgan, ko’pincha ikki, ba’zan 3-6 tavaqali bo’ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi, kapsulada esa otiluvchi ip o’rami joylashgan. Sporalarning tashqi tomondan qattiq pust bilan qoplangan va ko’ pincha uzun o’simtalari bo’ladi. Baliq tanasidan suvga tushgan sporalarni boshqa baliqlar yutishi mumkin. Ichakda ovqat hazm qilish shirasi ta’sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chiqib, ichak devoriga sanchiladi. Sporaning tavaqalari ochilib, amyobaga o’xshash parazit chiqadi va ichak epiteliysi orqali qonga o’tib oladi. Parazit qon orqali turli organlarga boradi. Uning yadrolari bo’linishi natijasida ko’p yadroli plazmodiy hosil bo’ladi. Keyinchalik plazmodiyda generativ yadrolar shaklla-nadi va spora hosil bo’ladi. Miksosporidiyalarning generativ va vegetativ yadrolari diploid xromosomali bo’ladi. Faqat spora xrsil bo’lish jarayonida meyoz natijasida yadrolar gaploid bo’lib qoladi. Buning natijasida spora hosil qiluvchi yadrolar (shu jumladan, amyobasimon mo’rtak, otuvchi kapsula va tavaqalarning yadrolari) gaploid bo’ladi. Faqat amyobasimon mo’rtakning spora ichidan chiqishidan oldin mo’rtak yadrolari juft- juft bo’lib qo’shilishi natijasida diploid yadro hosil bo’ladi. Bunday jinsiy ko’payish avtogamiya deyiladi. Jinsiy ko’payish xususiyati, hayot siklida yadrosining gaploid va diploid fazalari nisbati o’ziga xos bo’lishi, xivchinli davrining bo’lmasligi bilan miksosporidiyalar boshqa sporalilarga o’xshab xivchinlilarga emas, balki soxta oyoqdilarga yaqin turadi. Bir qancha miksosporidiyalar baliqlarni ko’plab nobud bo’lishiga sabab bo’ladi. Gulmoy (forel) o’stiriladigan xo’jaliklarga miya miksozomasi (Myxosoma serebralis) katta ziyon keltiradi. Parazit yosh baliqlar tog’ay to’qimasini zararlab, ularning umurtqalarini qiyshayishiga sabab bo’ladi. Aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Astinosporea) sinfi vakillari halqali chuvalchanglar va sipunkulidlarda parazitlik qiladi. Ular miksosporalilardan sporasining yanada ham murakkabroq tuzilishi bilan farq qiladi. Download 42.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling