Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot xavfsizligi60
Shifrlash jarayonida dastlabki axborot ustida qaytariluvchanlik
xususiyatiga ega boigan matematik, mantiqiy, kombinator va boshqa o'zgartirishlar amalga oshiriladi. Natijada shifrlangan axborot harflar,sonlar, boshqa simvollar va ikkili kodlarning tartibsiz to'plamlari ko'rinishini oladi.Axborotni shifrlashda o'zgartirish algoritmi va kalit ishlatiladi. Odatda,shifrlashning muayyan metodi uchun algoritm o'zgarmaydi. Shifrlanuvchi axborot va shifrlash kaliti shifrlash algoritmi uchun dastlabki ma’lumot sifatida xizmat qiladi. Kalit tarkibiga algoritmning ma’lum qadamida o'zgartirishlarni ta’minlovchi boshqaruvchi axborot hamda shifrlash algoritmini amalga oshirishda ishlatiladigan operandlar kattaliklari kiradi. Steganografiya metodlari nafaqat saqlanuvchi yoki uzatiluvchi axborot mazmunini, balki maxfiy axborotning saqlanishi yoki uzatilishini berkitish imkoniyatiga ega. Bu metodlar ochiq fayllar orasida maxfiy axborotni niqoblashga asoslangan. Kompyuter sistemalarida multimediya fayllarining ishlanishi steganografiya imkoniyatlarini yanada oshirdi. Axborotni kodlash deganda, dastlabki axborotning mazmuniy tuzilishini kodlar bilan 188 almashtirish tushuniladi. Kodlar sifatida harflar,raqamlar, harf va raqamlar birikmalari ishlatilishi mumkin. Kodlashda va teskari o'zgartirishda maxsus jadvallar yoki lug'atlardan foydalaniladi.Maxfiy axborotni kodlashda kodlovchi jadvallarni saqlash va tarqatishga to'g'ri keladi.Ushlab qolingan axborotni statistik metodlar yordamida ishlash orqali kodlar oshkor qilinishining oldini olish maqsadida kodlovchi jadvallarni tez-tez o'zgartirib turish lozim. Bu maxfiy axborotni kodlashdagi kamchilik hisoblanadi. Axborotni zichlashtirish axborotni ba’zi bir shartlar bilan kriptografik o‘zgartirishga taalluqli, deb hisoblash mumkin. Zichlashtirishdan maqsad axborot hajmini kamaytirish. Zichlashtirilgan axborotni teskari o'zgartirishsiz o'qish yoki undan foydalanish mumkin emas.Zichlashtirish va teskari o'zgartirish vositalarining foydalanuvchanligi hisobga olinsa, ularni axborotni kriptografik o'zgartirishdagi ishonchli vositalar qatoriga qo'shib bo'lmaydi. Hatto, algoritmlar sir tutilganda ham, ular statistik ishlanish metodlari yordamida osongina fosh etilishi mumkin. Shu sababli zichlashtirilgan maxfiy axborot fayllari keyin shifrlanadi. Vaqtni tejash maqsadida zichlashtirish va shifrlash jarayoni birgalikda amalga oshiriladi. Kompyuter tarmoqlarida axborotni kommunikatsion qism sistemasi orqali kafolatli uzatishni ta’minlash maqsadida uni yetkazishning ikkilangan yo'nalishlari hamda aloqa kanallarida axborotning buzilishi va yo'qolishiga qarshi choralar ko'zda tutilishi lozim. Bunday murakkab sistemalar adaptive bo'lishi, ya’ni bu sistemalardagi elementlami nazorat qilish doimo ta’minlanishi va, hatto, alohida qism sistemasi ishdan chiqqanda ham,sistema ishlashni davom ettirish imkoniyatiga ega bo'lishi shart.Himoyalangan kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlovchi barcha metod va vositalar quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin: • foydalanuvchi qism sistemasida va ixtisoslashtirilgan kommunikatsion kompyuter sistemalarida axborot himoyasini ta’minlash; • tarmoqni boshqarish qism sistemasida axborotni himoyalash; • aloqa kanallarida axborotni himoyalash; • o'zaro aloqada bo'lgan jarayonlarning haqiqiy ekanligini nazorat qilishni ta’minlash; • kommunikatsion qism tarmoq orqali olinuvchi axborotning haqiqiyligini tasdiqlash. Zamonaviy kriptotizimlardan quyidagilarni ta’kidlash mumkin: a) simmetrik – Sezar tizimi, Trisemus jadvali, Pleyfer – ning bigrammli shifri, Xill kriptotizimi, Vijiner shifrlash tizimi va boshqalar; 189 b) nosimmetrik – RSA kriptotizimi (Rayvest R., Shamir A va Adleman A – Rivest, Shamir va Adleman), Poliga – Xelman, El Gamail shifrlash tizimlari va boshqalar. Zamonaviy shifrlash standartlaridan axborotni shifrlashga Rossiya standartini GOST 28147-89, AQShning DES (Data Encryption Standart) standartini keltirish mumkin. KT va T larida kriptoximoya qilishni ishlatish istiqbollariga to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilaga e’tiborni qaratish kerak: - kalit uzunligi zamonaviy tizimlar uchun >90 bit bo’lishi kerak; - juda ma’suliyatli qo’llanishlar uchun nafaqatgina kalit, balki shifrlash algoritmi xam maxfiy xisoblanadi; - stenografiya kriptoximoya qilishning istiqbolli yo’nalishi xisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy simmetrik va nosimmetrik kriptotizimlarni, zamonaviy shifrlash standartlarini xamda stenografiya va shifrlashni kompleks ishlatish yopiq axborotning kriptochidamliligini birmuncha oshiradi Ushbu "Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi" standarti O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan ishlab chiqilgan va unda O’zbekiston Respublikasining "Elektron raqamli imzo xususida"gi va "Elektron xujjat almashinuvi xususida"gi qonunlarining me’yorlari amalga oshirilgan. Ushbu standart – kriptografik algoritm, elektron ma’lumotlarni himoyalashga mo’ljallangan. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi simmetrik blokli shifr bo’lib, axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun ishlatiladi. Algoritm 128 yoki 256 bit uzunligidagi ma’lumotlarni shifrlashda va rasshifrovka qilishda 128, 256, 512 bitli kalitlardan foydalanishi mumkin. Standart EHM tarmoqlarida, telekommunikatsiyada, alohida hisoblash komplekslari va EHMda axborotni ishlash tizimlari uchun axborotni shifrlashning umumiy algoritmini va ma’lumotlarni shifrlash qoidasini belgilaydi. Shifrlash algoritmi dasturiy va apparat usullarda amalga oshirilishi mumkin. Simmetrik shifrlashning barcha tizimlari quyidagi kamchiliklarga ega: axborot almashuvchi ikala sub’ekt uchun maxfiy kalitni uzatish kanalining ishonchliligi va xavfsizligiga quyiladigan talablarning qat’iyligi; kalitlarni yaratish va taqsimlash xizmatiga quyiladigan talablarning yuqoriligi. Sababi, o’zaro aloqaning «har kim – xar kim bilan» sxemasida «n» 190 ta abonent uchun n(n-1)/2 ta kalit talab etiladi, ya’ni kalitlar sonining abonentlar soniga bog’liqligi kvadratli. Masalan, nq1000 abonent uchun talab qilinadigan kalitlar soni n(n-1)/2=499500. Shu sababli, foydalanuvchilari yuz milliondan oshib ketgan «Internet» tarmog’ida simmetrik shifrlash tizimini qo’shimcha usul va vositalarsiz qo’llashning iloji yo’q. Asimmetrik shifrlashning birinchi va keng tarqalgan kriptoalgoritmi RSA 1993 yilda standart sifatida qabul qilindi. Ushbu kriptoalgoritm har taraflama tasdiqlangan va kalitning yetarli uzunligida bardoshligi e’tirof etilgan. Hozirda 512 bitli kalit bardoshlikni ta’minlashda yetarli hisoblanmaydi va 1024 bitli kalitdan foydalaniladi. Ba’zi mualliflarning fikricha protsessor quvvatining oshishi RSA kriptoalgoritmining to’liq saralash xujumlarga bardoshligining yo’qolishiga olib keladi. Ammo, protsessor quvvatining oshishi yanada uzun kalitlardan foydalanishga, va demak, RSA bardoshligini oshishiga imkon yaratadi. Asimmetrik kriptoalgoritmlarda simmetrik kriptoalgoritmlardagi kamchiliklar bartarf etilgan: kalitlarni mahfiy tarzda yetkazish zaruriyati yo’q; asimmetrik shifrlash ochiq kalitlarni dinamik tarzda yetkazishga imkon beradi, simmetrik shifrlashda esa himoyalangan aloqa seansi boshlanishidan avval mahfiy kalitlar almashinishi zarur edi; kalitlar sonining foydalanuvchilar soniga kvadratli bog’lanishligi yo’qoladi; RSA asimmetrik kriptotizimda kalitlar sonining foydalanuvchilar soniga bog’liqligi chiziqli ko’rinishga ega (N foydalanuvchisi bo’lgan tizimda 2N kalit ishlatiladi). Ammo asimmetrik kriptotizimlar, xususan RSA kriptotizimi, kamchiliklardan holi emas: hozirgacha asimmetrik algoritmlarda ishlatiluvchi funksiyalarning qaytarilmasligining matematik isboti yo’q; asimmetrik shifrlash simmetrik shifrlashga nisbatan sekin amalga oshiriladi, chunki shifrlashda va rasshifrovka qilishda katta resurs talab etiladigan amallar ishlatiladi (xususan, RSAda katta sonni katta sonli darajaga oshirish talab etiladi). Shu sababli asimmetrik algoritmlarni apparat amalga oshirilishi, simmetrik algoritmlardagiga nisbatan anchagina murakkab; ochiq kalitlarni almashtirib quyilishidan himoyalash zarur. Faraz qilaylik "A" abonentning kompyuterida "V" abonentning ochiq kaliti "K Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling