Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot xavfsizligi60
vositalari — davlat va harbiy boshqaruv kanallarida axborotni soxtalashtirish;
— testli dasturlarni betaraflashtirish vositalari;— obyekt dasturiy ta’minotiga ayg'oqchilar tomonidan atayin kiritiluvchi turli xil xatoliklar. Universallik, maxfiylik, apparat-dasturiy amalga oshirilishining har xilligi, ta’sirining keskinligi, qo'llanish vaqti va joyini tanlash imkoniyati, nihoyat, foydaliligi axborot qurolini haddan tashqari xavfli qiladi. Bu qurolni, masalan, intellektual mulkni himoyalash vositasiga o'xshatib niqoblash mumkin. Bundan tashqari u, hatto, urush e'lon qilmasdan hujum harakatlarini avtonom tarzda olib borish imkonini beradi.Hozirgi jamiyatda axborot qurolini ishlatish harbiy strategiyasi fuqaro sektori bilan uzviy bog'langan. Axborot qurolining, uning ta’siri shakli va usullarining paydo boiishi hamda qollanishi xususiyatlarining turli-tumanligi undan himoyalanishning murakkab masalalarini vujudga keltiradi.Axborot quroli qo'llanishining oldini olish yoki qoilanishi oqibatlarini bartaraf qilish uchun quyidagi choralarni ko'rish lozim: — axborot resusrlarining fizik asosini tashkil etuvchi moddiy-texnik obyektlarni himoyalash; — ma’lumotlar bazalari va banklarning bir me’yorda va muttasil ishlashini ta’minlash; — axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan, uni buzilishidan yoki yo'q qilinishidan himoyalash; — axborot sifatini saqlash (o'z vaqtidaligi, aniqligi, to'laligi va foydalanuvchanligi). Davlatning Dunyo ochiq tarmog'iga ulanishining iqtisodiy va ilmiy texnik siyosatida axborot xavfsizligini nazarda tutish lozim. Fuqarolarning axborotga va intellektual mulkka ega bo'Iishdek qonuniy huquqini saqlashga moljallangan bu ochiq siyosat mamlakat hududida tarmoq asbob uskunalarini axborot quroli elementlari kirishidan saqlashni ko'zda tutishi lozim. Bu muammo hozir, chet el axborot texnologiyalari ommaviy sotib olinayotgan paytda o‘ta muhimdir. Malumki, dunyo axborot makoniga ulanmasdan mamlakat iqtisodini rivojlantirib bolmaydi. Internet tarmogi tomonidan ta’minlangan axborot va hisoblash resurslaridan operativ foydalanishni davlatchilikni, fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilmalarning rivojlanish 158 shartlari sifatida talqin etish mumkin. Ammo mamlakatning xalqaro telekommunikatsiya tizimida va axborot almashinuvida ishtirokini axborot xavfsizligi muammosini kompleks hal qilmasdan ta’minlash mumkin emasligini aniq tasavvur etish lozim. Ayniqsa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida rivojlangan mamlakatlardan texnologik jihatdan orqada qolayotgan mamlakatlar uchun xususiy axborot resurslarini himoyalash muammosi jiddiy hisoblanadi. Axborot qurolini ishlab chiqishni va uni ishlatishni kimyoviy va bakteriologik qurol kabi taqiqlash ehtimoldan uzoq. Shuningdek, ko'pgina mamlakatlaming yagona global axborot makonini shakllantirish bo'yicha urinishlarini ham chegaralab bolmaydi.Tizim ma’muri uchun himoyaning maqbul sathini ta’minlashning yagona usuli axborotga ega bolishdir, chunki hozircha axborot hujumiga insongina eng tez munosabat bildira oladi. Demak, axborot himoya ma’murlarining o'qishiga va professional o'sishiga qilinadigan sarf-xarajat Axborot hujumlariga qarshi eng samarali vosita hisoblanadi. Kompyuter virusi. Kompyuter virusi – bu o’z-o’zidan ko’payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi, hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va dasturlarga zarar yetkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisoblanadi. Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o’zidan nusxa ko’chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U o’zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta ko’paytirib va tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va buzilishlarga sabab bo’ladi va biror hodisa yuz berishi bilan, masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin. Viruslarning turlari va vazifalari. Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo’yicha turkumlash mumkin: - yashash makoni; - operatsion tizim; - ishlash algoritmi xususiyati. Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi ob’ektlarining xili bo’yicha turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi. Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling