Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot xavfsizligi60
Shifrlash jarayonida dastlabki axborot ustida qaytariluvchanlik
xususiyatiga ega boigan matematik, mantiqiy, kombinator va boshqa o'zgartirishlar amalga oshiriladi. Natijada shifrlangan axborot harflar,sonlar, boshqa simvollar va ikkili kodlarning tartibsiz to'plamlari ko'rinishini oladi. Axborotni shifrlashda o'zgartirish algoritmi va kalit ishlatiladi. Odatda, shifrlashning muayyan metodi uchun algoritm o'zgarmaydi. Shifrlanuvchi axborot va shifrlash kaliti shifrlash algoritmi uchun dastlabki ma’lumot sifatida xizmat qiladi. Kalit tarkibiga algoritmning ma’lum qadamida o'zgartirishlarni ta’minlovchi boshqaruvchi axborot hamda shifrlash algoritmini amalga oshirishda ishlatiladigan operandlar kattaliklari kiradi. Steganografiya metodlari nafaqat saqlanuvchi yoki uzatiluvchi axborot mazmunini, balki maxfiy axborotning saqlanishi yoki uzatilishini berkitish imkoniyatiga ega. Bu metodlar ochiq fayllar orasida maxfiy axborotni niqoblashga asoslangan. Kompyuter sistemalarida multimediya fayllarining ishlanishi steganografiya imkoniyatlarini yanada oshirdi. Axborotni kodlash deganda, dastlabki axborotning mazmuniy tuzilishini kodlar bilan almashtirish tushuniladi. Kodlar sifatida harflar,raqamlar, harf va raqamlar birikmalari ishlatilishi mumkin. Kodlashda va teskari o'zgartirishda maxsus jadvallar yoki lug'atlardan foydalaniladi.Maxfiy axborotni kodlashda 177 kodlovchi jadvallarni saqlash va tarqatishga to'g'ri keladi.Ushlab qolingan axborotni statistik metodlar yordamida ishlash orqali kodlar oshkor qilinishining oldini olish maqsadida kodlovchi jadvallarni tez-tez o'zgartirib turish lozim. Bu maxfiy axborotni kodlashdagi kamchilik hisoblanadi. Axborotni zichlashtirish axborotni ba’zi bir shartlar bilan kriptografik o‘zgartirishga taalluqli, deb hisoblash mumkin. Zichlashtirishdan maqsad axborot hajmini kamaytirish. Zichlashtirilgan axborotni teskari o'zgartirishsiz o'qish yoki undan foydalanish mumkin emas.Zichlashtirish va teskari o'zgartirish vositalarining foydalanuvchanligi hisobga olinsa, ularni axborotni kriptografik o'zgartirishdagi ishonchli vositalar qatoriga qo'shib bo'lmaydi. Hatto, algoritmlar sir tutilganda ham, ular statistik ishlanish metodlari yordamida osongina fosh etilishi mumkin. Shu sababli zichlashtirilgan maxfiy axborot fayllari keyin shifrlanadi. Vaqtni tejash maqsadida zichlashtirish va shifrlash jarayoni birgalikda amalga oshiriladi. Kompyuter tarmoqlarida axborotni kommunikatsion qism sistemasi orqali kafolatli uzatishni ta’minlash maqsadida uni yetkazishning ikkilangan yo'nalishlari hamda aloqa kanallarida axborotning buzilishi va yo'qolishiga qarshi choralar ko'zda tutilishi lozim. Bunday murakkab sistemalar adaptive bo'lishi, ya’ni bu sistemalardagi elementlami nazorat qilish doimo ta’minlanishi va, hatto, alohida qism sistemasi ishdan chiqqanda ham,sistema ishlashni davom ettirish imkoniyatiga ega bo'lishi shart.Himoyalangan kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlovchi barcha metod va vositalar quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin: • foydalanuvchi qism sistemasida va ixtisoslashtirilgan kommunikatsion kompyuter sistemalarida axborot himoyasini ta’minlash; • tarmoqni boshqarish qism sistemasida axborotni himoyalash; • aloqa kanallarida axborotni himoyalash; • o'zaro aloqada bo'lgan jarayonlarning haqiqiy ekanligini nazorat qilishni ta’minlash; • kommunikatsion qism tarmoq orqali olinuvchi axborotning haqiqiyligini tasdiqlash. Autentifikatsiya mexanizmini ta’minlash zarurati, obyekt resurslaridan uzoqdagi foydalanuvchilarning foydalanishini chegaralash zarurligi hamda tarmoqda maxsus kommunikatsion kompyuter sistemalarining mavjudligi kompyuter tarmoqlari obyektlari himoyasining xususiyatidir. Uzoqlashgan foydalanuvchilar haqiqiyligini tasdiqlash muammosi muhim bo'lganligi sababli bu muammoni hal qilish mexanizmlari alohida guruhga ajratilgan. 178 Kommunikatsion qism sistemasining aloqa kanallaridan bo‘lak barcha elementlari ixtisoslashtirilgan kommunikatsion kompyuter sistemalari sifatida ko'riladi. Himoyalangan korporativ tarmoqlarda konsentratorlar, kommunikatsion modullar (serverlar), shlyuzlar va ko'priklar obyektlarda foydalanuvchilarning kompyuter sistemalari bilan birgalikda joylashtirilishi lozim. Kompyuter sistemalarida faqat xizmatchi axborot ma’no jihatidan ishlanadi. Xizmatchi axborotga adres axboroti, axborotlarni buzilishdan himoyalovchi ortiqcha axborot, foydalanuvchilar identifikatori,vaqt belgisi, axborotlar (paketlar) tartib raqami, shifrlash atributlari va boshqa axborotlar kiradi. Axborotlardagi foydalanuvchilar axboroti (ishchi axborot) kommunikatsion kompyuter sistemalari sathida bitlar ketma-ketligi sifatida ko'rib chiqiladi va bu ketma-ketlik kommunikatsion qism sistemasi orqali o'zgartirishsiz yetkazilishi shart. Shu sababli bunday sistemalarda ishchi axborot mazmunini ochmaslikdek muhim imkoniyat mavjud. Ishchi axborotdan operatorlar va kommunikatsion kompyuter sistemalarining xodimlari foydalana olmasliklari lozim. Bunday axborot kommunikatsion qism sistemasining boshqa elementiga muvaffaqiyatli uzatilganidan so'ng tashqi xotira qurilmalarida saqlanmasligi lozim. Berk sistemalarda ishchi axborot kommunikatsion qism sistemasi doirasida shifrlangan holda aylanadi. Internetga moijallangan elektron to’lov tizimi Internet orqali Tovar va xizmatlarni sotib olish, sotish jarayonida moliya tashkilotlari, biznes tashkilotlari va Intemet-foydalanuvchilar o'rtasida hisob-kitobni amalga oshiruvchi tizimdir. Elektron kommersiyaning har qanday tizimi ishi Internetga mo’ljallangan elektron to’lov tizimi asosida o'zaro hisoblashlarni amalga oshirish bilan tugaydi. Odatda, bu tizimlar mavjud an’anaviy to’lov tizimining an’analari bo’lib, asosiy farqi — butun to’lov jarayoni elektron raqam shaklida Internet imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Aynan to’lov tizimi buyurtmalarni ishlash xizmatini yoki electron variantini barcha standart atributli, talabga to'la javob beradigan magazinga aylantirishga imkon beradi. Bunda xaridor sotuvchining saytida tovar yoki xizmatni tanlab, kompyuterdan uzoqlashmasdan to'lovni amalga oshirishi mumkin.Elektron kommersiya tizimida to'lovlar quyidagi bir qator shartlarning bajarilishi orqali amalga oshiriladi: — konfidensiallikning saqlanishi — Internet orqali to’lovlar amalga oshirilishida xaridor ma’lumotlarini (masalan, kredit karta raqami) faqat qonun bilan belgilangan tashkilotlargina bilishi kafolatlanishi shart; — axborot yaxlitligining saqlanishi — xarid xususidagi axborot hech kim 179 tomonidan o‘zgartirilishi mumkin emas; — autentifikatsiya — xaridor ham, sotuvchi ham ikkala tomon haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishlari shart; — mualliflashtirish — jarayon: bu jarayonda tranzaksiya o‘tkazilishi xususidagi talab to’lov tizimi tomonidan ma’qullanadi yoki rad etiladi.Bu muolaja xaridorning mablag'i borligini aniqlashga imkon beradi; — sotuvchiga bo’ladigan xavf-xatardan kafolatlash — sotuvchi Intemetda savdo qilayotganida tovarni qaytarish va xaridorning insofsizligi bilan bog'liq ko'pgina xavf-xatarga duch keladi. Xavf-xatar o'lchami to'lov tizimi provayderi va savdo zanjiriga kiritilgan boshqa tashkilotlar bilan maxsus bitim orqali kelishib olinishi shart; — tranzaksiya uchun to'lovni minimallashtirish — buyurtma va tovarga to'lov tranzaksiyalarining ishlanishi uchun to'lov, tabiiyki, tovarning umumiy narxiga kiradi, demak, tranzaksiya narxining pasayishi firmaning raqobatbardoshligini oshiradi. Tranzaksiya uchun to'lov har qanday holatda, hatto xaridor tovarni qaytarganda ham, amalga oshirilishi shartligini ta’kidlash muhim.Hozir Internetga mo'ljallangan to’lov sistemasining: — kreditli (kredit kartochkalari bilan ishlovchi) xillari ishlatilmoqda; — debetli (elektron cheklar va raqamli naqdi bilan ishlovchi). 180 9-Mavzu : Elektron raqamli imzo Reja: 1. Elektron raqamli imzo haqida 2. Elektron raqamli imzo va uning zamonaviy turlari Hujjat tushunchasi. Hujjat - matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo’lib, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy ob’ektdir. Hujjat turlari. Hujjat turlari – hujjatlarni o’z shakliga ko’ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: Matnli hujjatlar. Qog’ozga yozuv mashinasi, qo’l yoki axborot kommunikatsiya vositalari yordamida tushirilgan qandaydir ma’no beruvchi so’zlar ketma-ketligidir. Tovushli hujjatlar. Ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot. Tasvirli hujjatlar. Fotosurat, rang tasvir mahsuli. Elektron hujjat. Elektron hujjat O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi. Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir. Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. An’anaviy va elektron hujjat almashish. Odatda hujjatlarni an’anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati muhim rol o’ynaydi. Chunki pochta xizmatining asosiy vazifasi jo’natmalarni o’z manzillariga yetkazib berishdan iboratdir. Ushbu holatda hujjatlar konvertga solinadi va aloqa bo’limiga topshiriladi. Shundan so’ng pochta xizmati xodimlari tomonidan hujjat kerakli manzilga jo’natiladi va yetkaziladi. Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an’anaviy hujjat almashish 181 tizimidan biroz farq qilinadi. Bunda hujjat elektron ko’rinishda kompyuter, telekommunikatsiya va Internet tarmog’i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi. Imzo va uning ahamiyati. Imzo – hujjatning haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi. Muhr va uning ahamiyati. Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o’zining alohida shakliga ega bo’lib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi. 182 10-Mavzu : Elektron raqamli imzo va uning zamonaviy turlari Reja: 1. Raqamli imzoni shakllantirish muolajasi 2. Raqamli imzoni tekshirish muolajasi 3. Xeshlash funksiyasi Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo O’zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi. Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; Elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qo’llaniladigan va shaxs imzosini to’laligicha o’rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan xujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo’llaniladi. Elektron raqamli imzodan muhr o’rnida foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o’rnida ham foydalanish ham mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi barcha o’zgarishlarni yoki o’zgartirishlarni ko’rsatib beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo yuridik shaxs nomiga, ya’ni kompaniya va tashkilotlar nomiga ruyxatdan o’tkaziladi. Elektron hujjatning rekvizitlari. Elektron xujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; jo’natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo’natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; jo’natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi mumkin. Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat xujjat muallifiga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron xujjatning kim tomonidan 183 yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo’llanilishi mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko’ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat. Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi. Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot- kommunikatsiya tizimi orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi. 184 11-Mavzu : Xodimlarning maxfiy ma’lumotlarga kirishlarini ro’yxatga olish Reja: 1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ximoyalash zaruriyati. 2. Tashkilotlardagi axborotlarni ximoyalash. 3. Axborotlarni tashkiliy himoyalash elementlari Ta’sir etish maqsadi bo’yicha xavfsizlik xavfini uchta asosiy turga farqlanadi: 1. Axborot maxfiyligining buzilish xavfi; 2. Axborot butunligining buzilish xavfi; 3. Tizimning ishlash layoqatligining buzilish xavfi (xizmat ko’rsatishdagi inkor (rad) etishlar). Axborot maxfiyligining buzilish xavfi maxfiy yoki sirli axborotni xavfni amalga oshirishda axborot unga murojaat qilishi mumkin bo’lmagan shaxslarga ma’lum bo’lib qoladi. Kompyuter tizimida, bir tizimdan boshqasiga uzatilayotgan yoki kompyuter tizimida saqlanayotgan biror yopiq axborotga ruxsat etilmagan murojaat qilish bo’lganda har safar axborot maxfiyligini buzilishi havfi sodir bo’ladi. Axborot butunligining buzilishi xavfi uning sifati va ishonchligi buzilishiga yoki to’liq yo’qotilishiga olib keladigan xalaqitlarga yoki axborotning o’zgarishiga yo’naltirilgandir. Axborotning butunligi niyati yomon odam tomonidan ko’ra bila turib hamda tizimni o’rab turgan muhit tomonidan ob’etiv ta’sirlar natijasida buzilishi mumkin. Bu havf ayniqsa, axborotni uzatish tizimlari, kompyuter tarmoqlari va radiotexnika tizimlari uchun dolzarbdir. Tizimning ishlash layoqatligini buzilish xavfi (xizmat ko’rsatishdagi inkor etishlar) ma’lum bir oldindan mo’ljallangan ta’sirlar yoki tizimning ishlash layoqatligini susaytiradigan yoki uning ba’zi bir resurslariga murojaat qilishni blokirovkalaydigan xolatlarni yaratishga yo’naltirilgandir. Masalan, tizimning bir foydalanuvchisi biror xizmatga murojaat qilishga so’rov bersa, boshqasi esa bu murojaat qilishni blokirovkalash bo’yicha xarakterlarni amalga oshirsa, unda birinchi foydalanuvchi xizmat ko’rsatishga rad javobini oladi. Resursga murojaat qilishni blokirovkalash doimiy va vaqtincha bo’lishi mumkin. Axborot xavfsizligini buzish bo’yicha sabablar tasodifiy va yomon niyatli 185 (oldindan mo’ljallangan) bo’lishi mumkin. Birinchi holda buzuvchi, xalaqit beruvchi va boshqa jarayonlarning manbalari bo’lishi mumkin: - tasodifiy holatlar (er qimirlashi, yongin, dovul va b.); - tizimning tarkibiy elementlarini izdan chiqishi (texnik buzilishlar); - foydalanuvchilar va xizmat ko’rsatish xodimlarini xato xarakatlari; - dastur ta’minotidagi xatoliklar; - tashqi muhit ta’siri natijasida aloqa yo’lidagi xalaqitlar va boshqalar. Hozir jahonda moliya – bank kompyuter tarmoqlari oldindan mo’ljallangan xavflarga eng yuqori darajada ta’qib etiladi? bunday xavflarga quyidagilar tegishlidir: - bank xizmatchilari soniga tegishli bo’lmagan begona shaxslarning ruxsat etilmagan murojaat qilishi va saqlanayotgan maxfiy axborot bilan tanishishi; - bank xizmatchilarining ular murojaat qilishi mumkin bo’lmagan axborot bilan tanishib chiqishi; - dasturlarni va berilganlarni ruxsatsiz nusxalash; - maxfiy axborotni o’z ichiga olgan magnit tashuvchilarni o’g’irlash; - chop qilingan bank xujjatlarini o’g’irlash; - axborotni ataylab yo’qotish; - bank xodimlari tomonidan moliyaviy hujjatlarni, hisobot va ma’lumot bazasini ruxsatsiz o’zgarish; - aloqa kanallari bo’yicha uzatilayotgan ma’lumotlarni qalbakilashtirish; - aloqa kanallari bo’yicha uzatilayotgan ma’lumotlar mualliflarini rad etish; - ma’lumotlar (axborotni) olish dalilini rad etish; - oldin uzatilgan ma’lumotlarni to’xtatib qo’yish; - virusli harakatlar keltirib chiqargan axborotning buzilishi; - magnit tashuvchilarda saqlanayotgan arxivdagi bank axborotlarini buzilishi; - tizim tashkil etuvchilari va tugunlarini o’g’irlanishi. Axborot xavfsizligigining asosiy taxdid turlari: 1. Texnik vositalarda axborotlarni saqlanishi yoki ruxsatsiz kirishdagi qayta ishlashlar; 2. Telekommunikatsiya kanallari orqali uzatilayotgan axborotlarni texnik vositalar yordamida tutib olish; 3. Qayta ishlangan axborotlarni elektromagnit nurlanishi orqali chiqib ketishi (tarqalishi); 186 4. Texnik vositalar elektron qurilmalari yordamida axborotlarni tutib olish va ob’ektlarni joriy etish; 5. Telekommunikatsiya qurilmalari ishida ishdash chiqish yoki axborotlarni buzilishi, chaqiruvchi buzilishlar, maxsus dasturiy texnik ta’sirlar. Tashkilotning himoyalash tizimiga bo’lgan haqiqiy ehtiyojini aniqlash va xavfsizlikning mavjud barcha xilma-xil choralaridan kerakligini tanlashda turli yondashishlardan foydalaniladi. Bunday yondashishlardan biri axborot himoyasining quyidagi uchta jihatiga asoslangan. Himoyaning buzilishlari. Korxonaga tegishli axborotni saqlash va ishlatish xavfsizligiga zarar keltiruvchi har qanday xarakatlar. 187 12-Mavzu: Axborotni simmetrik va nosimmetrik algoritmlari asosiasosida kriptografik himoyalash tamoyillari Reja: 1. Axborotni simmetrik algoritmlari asosiasosida kriptografik himoyalash tamoyillari 2. Nosimmetrik algoritmlari asosiasosida kriptografik himoyalash tamoyillari Axborotni kriptografik himoyalash deb dastlabki axborotning shunday o'zgartirilishiga aytiladiki, natijada bu axborotdan vakolati bo'lmagan shaxslar foydalana olmaydilar. Axborotni kriptografik o'zgartirish metodlarini tasniflashda turli yondashishlar mavjud. Axborotni kriptografik o'zgartirish metodlarini dastlabki axborotga ta’sir etish turi bo'yicha quyidagi to'rt guruhga ajratish mumkin: 1. Shifrlash. 2. Steganografiya. 3. Kodlash. 4. Zichlashtirish. Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling