1raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari tavsifi raqamli iqtisodiyotda elektron tijoratning rivojlanishi
Download 25.31 Kb.
|
Raqamli iqtisodiyot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- , raqamli iqtisodiyot
Reja: 1RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY TARKIBIY ELEMENTLARI TAVSIFI 2. RAQAMLI IQTISODIYOTDA ELEKTRON TIJORATNING RIVOJLANISHI 3. ELEKTRON TIJORATDA MA’LUMOTLAR HAVFSIZLIGINI TA’MINLASH 4. ELEKTRON TIJORAT MUAMMOLARI VA UNGA BO’LGANTAHDIDLAR 1.Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlari tavsifi Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli iqtisodiyotni umumiy bir ma’noda tushunish mavjud emas, shunday bo‘lsada, uning ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, raqamli iqtisodiyot– jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va hizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. B Bizning fikrimizcha, ushbu ta’rif juda to‘g‘ri, lekin foydalanish uchun biroz noqulay. Aynan shu sababli, biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik: Raqamli (elektron) iqtisodiyot hamda elektron tijorat bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish o‘ziga xosxususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Kognitiv texnologiyalar Kognitiv texnologiyalar yordamida intellektuallashtirilgan internetda axborot izlab topish mashinalari bir so‘rovga javob tariqasida minglab javoblar beradi. Bu ma’lumotlar inson idrok qilishi uchun ochiq, ishonchli va to‘liq bo‘lisga musobaqalashib, to‘plangan ma’lumotlarni o‘zlari qayta ishlay boshlaydilar va natijada bu dunyoni biz uchun “shaffof” qiladi. Bunday dunyoda aldab bo‘lmaydi, chunki yolg‘on darhol fosh bo‘ladi, obro‘-e’tibor esa eng muhim kapital hisoblanadi. M2C Iste’molchi ishlab chiqaruvchini mustaqil ravishda topadi, avtomatik hujjataylanmansii hisobga olgan holda esa u to‘gridan-to‘g‘ri barcha kontragentlari bilan o‘zaro aloqa qilishi mumkin. Shu tariqa M2C (manufacturer to customer, ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga) biznes modeli va bunda ushbu iste’molchi uchun zarur (yoki ko‘ngildagi) original xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan C2M (customer to manufacturer) modeli paydo bo‘ladi Download 25.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling