Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/50
Sana17.10.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1705870
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Axborot xavfsizligi60

Imitatsiya deganda ob’ektning o’zini boshqa ob’ekt qilib ko’rsatishi 
tushuniladi. Odatda imitatsiya aktiv buzilishlarning boshqa bir xilining urinishi 
bilan birgalikda bajariladi. Masalan, buzg’unchi tizimlar almashinayotgan 
autentifikatsiya ma’lumotlarining oqimini ushlab qolib so’ngra 
autentifikatsiya axborotlarining haqiqiy ketma-ketligini tiklashi mumkin. Bu 
esa vakolati chegaralangan ob’ektning o’zini vakolati kengroq ob’ekt qilib 
ko’rsatishi (imitatsiya) orqali vakolatini kengaytirishiga imkon beradi. 
Tiklash deganda ma’lumotlar blokini passiv ushlab qolib, keyin uni 
ruxsat berilmagan natijani hosil qilish maqsadida retranslyatsiya qilish 
tushuniladi.
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash deganda ruxsat berilmagan natijani 
hosil qilish maqsadida qonuniy axborot qismini o’zgartirish, yoki axborot 
kelishi ketma-ketligini o’zgartirish tushuniladi.
Xizmat ko’rsatishdagi xalaqitlar aloqa yoki ularni boshqaruvchi 
vositalarning normal ishlashiga to’sqinlik qiladi. Bunday buzilishlarda 
muayyan maqsad ko’zlanadi: masalan, ob’ekt ma’lum adresatga 
yo’naltirilgan barcha axborotlarni to’xtatib qolishi mumkin. Yana bir misol, 
tarmoqni atayin axborotlar oqimi bilan ortiqcha yuklash orqali yoki tarmoqni 
ishdan chiqarish yo’li bilan barcha tarmoq ishini blokirovka qilish.
Himoyaning aktiv buzilishlarini butunlay oldini olish juda murakkab, 
chunki bunga faqat barcha aloqa vositalarini uzluksiz fizik himoyalash orqali 
erishish mumkin. Shu sababli himoyaning aktiv buzilishlarida asosiy maqsad 
ularni operativ tarzda aniqlash va tezdan tizimning ishga layoqatliligini tiklash 
bo’lishi shart. Buzilishlarning o’z vaktida aniqlanishi buzg’unchini to’xtatish 
vazifasini xam o’taydi, va bu vazifani buzilishlardan ogoxlantirish tizimning 
qismi deb ko’rish mumkin. 
Himoya mexanizmlari. Amaliyotda ishlatiladigan ximoya mexanizm-
larining aksariyati kriptografiya usullariga asoslangan. Shifrlash yoki 
shifrlashga yaqin axborotni o’zgartirishlar malumotlarni ximoyalash usullari 
xisoblanadi. 


207 
18-Mavzu: Parol tanlashda qo’yiladigan talablar 
Reja:
1. Parol tanlash 
2. Parol tanlashdagi talablar 
Korporativ tarmoqlara ishlatiladigan axborot zaif bo’ladi. Xozirda 
ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg’on 
axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga quyidagilar 
sabab bo’ladi: 
- kompterda ishlanadigan, uzatiladigan va saqlanadigan axborot 
xajmining oshishi; 
- ma’lumotlar bazasida muximlik va maxfiylik darajasi turli bo’lgan 
axborotlarning to’planishi; 
- ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdan va xisoblash tarmoq 
resurslaridan foydalanuvchilar doirasining kengayishi; 
- masofadagi ichi joylar sonining oshishi; 
- foydalanuvchilarni bog’lash uchun Internet global tarmog’ini va 
aloqaning turli kanallarini keng ishlatish; 
- foydalanuvchilar 
kompterlari o’rtasida axborot almashuvining 
avtomatlashtirilishi. 
Umuman olganda, tashkilotning kompyuter muxiti ikki xil xavf-xatarga 
duchor bo’ladi: 
- ma’lumotlarni yo’qotilishi yoki o’zgartirilishi; 
- servisning to’xtatilishi. 
Taxdidlarning manbalarini aniqla oson emas. Ular niyati buzuq 
odamlarning bostirib kirishidan to kompyuter viruslarigacha turlanishi 
mumkin. 
Bunda inson xatoliklari xavfsizlikga jiddiy taxdid xisobanadi. 3.1-rasmda 
korporativ axborot tizimida xavfsizlikning buzilish manbalari bo’yicha statistik 
ma’lumotlarni tasvirlovchi sektorli diagramma keltirilgan 


208 
3.1-rasm. Xavfsizlikning buzilish manbalari 
Ataylab qilingan Aktiv
buzuvchi dasturiy 
vositalari 
troyan oti 
viruslar 
tizimga bildirmasdan kirish 
Passiv
yashirin kanaldagi 
ma’lumotlar oqimi 
xotiradan foydalanish 
vaqtdan foydalanish 
Tasodifiy 
Nazorat o’tkazishdagi ko’rsatkichlar xatolari 
Domen aniqlashdagi xatolar 
Bitta ob’ekt uchun xar-xil turdagi nomlardan foydalanish va 
ketma-ketliklar xatolari 
Identifikatsiya va audentifikatsiya xatolari 
ob’ektlar chegaralarini tekshirishdagi xatolar 
Axborot tizimida zaif joylarni joylashish klassifikatsiyasi 
Dasturiy ta’minot 
operatsion tizim 
dasturlash xizmatlari 
amaliy daturlash 
jixozli (apparatli) ta’minot 
1
2
3
4
5
6
55% 
10% 
6% 
10% 
4% 
15% 
Фойдаланувчилар ва 
ходимлар хатоликлари 
Физик хавфсизлик 
муаммолари 
Вируслар
Виждонсиз 
ходимлар 
Хафа бўлган 
ходимлар 
Ташқаридан 
бўладиган 
хужумлар 


209 
19-Mavzu : Elektron tijorat tushunchasi 
Reja:
1. Parol tanlash 
2. Parol tanlashdagi talablar 
Elektron tijorat tushunchasi. Elektron tijorat faoliyati O’zbekiston 
Respublikasining “Elektron tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 613-II 
son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. 
Elektron tijorat Internet tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda 
oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyuter 
tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini 
ko’rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini 
ta’minlaydi. 
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi. Elektron tijoratning 
an’anaviy savdo turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi: 
 
xaridor o’ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib 
olish imkoniyatiga ega; 
 
savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni 
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud; 
 
ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nechta firmalarga 
murojaat qila olishi. Bu ko’p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida 
sotuvchilar bilan muloqotda bo’lish imkoniyati; 
 
kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor 
firmalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali 
foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig’ish va ularni sotib olishda aniq 
manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi; 
 
xaridorning yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta’minlanish darajasidan 
qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; 
 
hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob beradigan 
mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;
 
elektron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish 
jarayonidagi imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi 
mahsulotlarini sotish jarayonini tezlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni 
muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tezlashtirishi 
kerak bo’ladi; 
Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini 


210 
kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish 
imkoniyatini beradi. Xaridorlar kundalik xayotida kerakli mahsulotlar ichida 
sifatlilarini tanlashi mumkin. Chet el firmalariga murojaat qiladi. 


211 
20-Mavzu : Elektron pul birligi va xavfsizlik 
Reja:
1. Elektron hujjat
2. Elektron raqamli imzo
Elektron pullar tushunchasi. Elektron pul – bu pul birligiga 
tenglashtirilgan belgilar hamda kupyura va tanga rolini bajaruvchi juda katta 
son yoki fayllardir. Bunday tizimning faoliyat ko’rsatish harajatlari 
boshqalaridan ancha kam. Bundan tashqari, elektron pullar to’liq anonimlikni 
ta’minlashi mumkin, chunki uni ishlatgan mijoz haqida hech qanday 
ma’lumot berilmaydi.
Elektron pul birliklari. 
WMY – O’zbekiston zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun 
UZSning Y-hamyondagi ekvivalenti. 
WMR – rubl zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun RURning R-
hamyondagi ekvivalenti, WMR operatsiyalarining kafili bo’lib WebMoney 
Transfer ning Rossiya hududidagi vakili “BMP” MChJ xizmat qiladi.
WMZ – AQSh dollarida operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning 
Z-hamyondagi ekvivalenti. 
WME – yeVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EURning E-
hamyondagi ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo’lib Amstar 
Holdings Limited, S.A. xizmat qiladi.
WMU – Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun 
UAHning U-hamyondagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo’lib 
“Ukrainskoe Garantiynoe Agentstvo” MChJ xizmat qiladi. 
WMB – Bellorusiya zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun 
BYRning V-hamyondagi ekvivalenti. 
WMG – 1 gramm oltinning G-hamyondagi ekvivalenti. 
WBC va WMD – WMZningn S va D hamyonlardagi kredit operatsiyalari 
uchun ekvivalenti. 
Internet to’lov tizimlari, ular orqali to’lovlar va xaridlarni amalga oshirish. 
Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari 
xizmatlaridan foydalangan holda elektron to’lov hujjatlari vositasida naqd 
pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to’lovdir.Elektron to’lov 
tizimida tovarG’xizmatlar to’lovi xaridorning elektron hisobidan shaxsiy bank 


212 
raqami hisobiga pul mablag’larini chiqarish imkoniga ega bo’lgan 
sotuvchining elektron hisobiga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga 
oshiriladi. 
Quyidagi elektron to’lov tizimlari mavjud: 

WEBSUM; 

iPAY; 

PAYNET; 

WEBMONEY; 

IntellectMoney; 

Perfect Money; 

RBK Money; 

V-money. 
Elektron to’lov tizimlari yordamida Internet va IP-telefoniyaga ulanish 
uchun «PIN» kodlar va internet do’konlardan tovarlarni harid qilish, uyali 
aloqa xizmati, shaxar telefoniyasi, kommunal xizmatlar, domen va xosting, 
reklama, televidenie, chiptalar, datatsentrlar, veb resurslar uchun haq to’lash 
mumkin. 
iPAY– bu UzExdagi birja savdolarida, 
www.uzbex.com
global savdo 
maydonchasida, hamda iPAY tizimiga qo’shilgan internet do’konlarda onlayn 
to’lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi, O’zbekiston Respublikasi tovar 
hom-ashyo birjasining to’lov tizimidir. 
Elektron karmon, ularni to’ldirish va pul olish. Elektron karmon - bu 
elektron pullarni saqlash uchun mo’ljallangan vosita.Tovarlarni sotish va xarid 
qilishga mo’ljallangan veb texnologiyalar asosida yaratilgan axborot tizimi 
tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilardan tashkil topadi: 

mijozga tovar (xizmat) haqida ma’lumot berish; 

mijozdan tovar (xizmat)ga buyurtma qabul qilish. 
Ba’zan onlaynli to’lov tizimlaridan foydalanilganda uchinchi vazifa-to’lov 
haqini olish, tovarni sotishda esa yana to’rtinchi vazifa - haqi to’langan 
tovarni jo’natish qo’shiladi.Elektron karmonni to’ldirish va ulardan pul 
yechishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:
1. Tijorat banklarida naqd pul bilan; 
2. Bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida; 
3. Pochta orqali; 
4. Internet-banking yordamida; 
5. Pul o’tqazmalar tizimlari yordamida; 
6. Mobil aloqa yordamida. 


213 
V bob. Elektron tijorat, uni himoyalash muammolari 
21-Mavzu: Elektron karmon,ularni to’ldirish va pul olish
Reja: 
1. Elektron karmon. 
2. Elektron karmonni to’ldirish . 
Elektron karmon, ularni to’ldirish va pul olish. Elektron karmon - bu 
elektron pullarni saqlash uchun mo’ljallangan vosita. 
Tovarlarni sotish va xarid qilishga mo’ljallangan veb texnologiyalar 
asosida yaratilgan axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar 
quyidagilardan tashkil topadi: 

mijozga tovar (xizmat) haqida ma’lumot berish; 

mijozdan tovar (xizmat)ga buyurtma qabul qilish. 
Ba’zan onlaynli to’lov tizimlaridan foydalanilganda uchinchi vazifa-to’lov 
haqini olish, tovarni sotishda esa yana to’rtinchi vazifa - haqi to’langan 
tovarni jo’natish qo’shiladi. 
Elektron karmonni to’ldirish va ulardan pul yechishni quyidagi usullar 
bilan amalga oshirish mumkin:
1. Tijorat banklarida naqd pul bilan; 
2. Bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida; 
3. Pochta orqali; 
4. Internet-banking yordamida; 
5. Pul o’tkazmalar tizimlari yordamida; 
6. Mobil aloqa yordamida. 
Internet VISA va MasterCard to’lov kartochkalari. 
Visa Inc. – to’lov operatsiyalarini amalga oshirish xizmatlarini 
ta’minlovchi amerika kompaniyasi. VISA International Service Association - 
jahonning yetakchi to’lov tizimi hisoblanadi. 
VISA kartalari bo’yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSh dollarini 
tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul 
kilinadi. Dunyoda to’lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy 
raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% tashkil qiladi. 
MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming 
moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to’lov tizimi hisoblanadi. Bosh 
ofisi AQShning Nyu-York shaxrida joylashgan. 


214 
Hozirgi kunda internet to’lov tizimlari to’liqligicha yuqorida keltirilgan 
VISA va MasterCard bilan ishlash imkoniyatiga ega, ya’ni internet to’lov 
tizimlaridagi xamyonlarni to’ldirish yoki xamyonlardagi ishlatilmay qolgan 
mablag’larni qayta kartochkaga chiqarish mumkin.


215 
V bob. Elektron tijorat, uni himoyalash muammolari 
22-Mavzu : Internet do’konlar va internet birja 
Reja: 
1. Internet do’kon. 
2.Internet birja . 
Internet do’konlar va internet birja. 
Bugungi kunda “Internet do’kon” nomi ostida turli ko’lam va 
maqsaddagi yechimlarning keng spektri taklif qilinmoqda. WEBSUM elektron 
to’lov tizimidan foydalanadigan internet do’konlar quyida keltirilgan: 
UzEx internet birja – bu shaxsiy kompyuter orqali UzEx savdo 
maydonchalarida savdo qilish imkoniyatini beruvchi global milliy savdo 
maydonchasi. Ushbu savdo tizimi, iPAY tizimi foydalanuvchilariga, maksimal 
qulayliklar bilan osongina o’z tovarlarini sotish va kerakli tovarlarni harid 
qilish imkonini beradi. 


216 
V bob. Elektron tijorat, uni himoyalash muammolari 
23-Mavzu : Avtorizatsiya tushunchasi 
Reja: 
1. Avtorizatsiya tushunchasi
2. Ro’yxatdan o’tish tartibi. 
Avtorizatsiya tushunchasi. Avtorizatsiya – foydalanuvchining resursdan 
foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda 
foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan 
huquqlar beriladi. Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan 
resurslarni belgilaydi. 
Xozirda bir necha fayl sistemalari mavjud. Bular mos ravishda MS DOS, 
Windows va OS/2 operatsion sistemalarida ishlatiladigan FAT, NTFS, HpFS 
fayl sistemalaridir. Vinchester diskini shu fayl sistemalarining birida 
formatlash mumkin. NTFC fakat Windows NT uchun maxsus ishlab chiqilgan 
fayl sistemasidir. Bu fayl sistemasi, xususan, uzun nomli fayllarni ishlatish va 
biror faylga kirishni cheklash imkoniyatini yaratadi. 
Foydalanuvchi uchun tanish va qulay interfeys borligi. Windows da 
ishlovchilar doirasi kengligini nazarda tutib, foydalanuvchilar o’rganib qolgan 
interfeysga, yaqin interfeys Windows NT da yangi foydalanuvchilarga ancha 
qulaylik yaratadi.Shu bilan birga WindowsNT ni o’rganish, Windows ning 
boshqa versiyalarini o’rnatish va sozlash, tabiiy, juda yaqin va oson holda 
keltirilgan. Bu ishlar avtomatlashtirilgan bo’lib, o’rnatish dasturining o’zi 
kompyuterda mavjud kompyuter tarmoq kartasini (platasini) taniydi, tarmoq 
kartasisiz kompyuterda ishlash mumkin emas.
Uning parametrlarini video rejimlarni aniqlaydi va o’rnatadi xamda 
boshqa ishlarni amalga oshiradi. Sistema parametrlarini boshqarish markaz-
lashtirilgani sababli konfiguratsiyaga tez o’zgartirish kiritish oson. 
WindowsNtda Registry (registr) deb ataluvchi baza mavjud bulib, u 
sistema va uning ilovalarini sozlash parametrlarini uz ichiga oladi. Registr 
daraxt ko’rinishiga egaligidan unda kerakli parametrlarni tez topish mumkin. 
WindowsNTning versiyasida: WindowsNTWorkstation – ishchi stantsiyasi va 
WindowsNTServer – Server versiyalari xam mavjud. 
WindowsNTServer quyidagilardan iborat: fayl, bosmaga chiqarish, 
ilovalar, domenlarni tekshiruvchisi, uzoqlashgan kompyuterlarga kirish, 


217 
ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlar nusxalarini yaratish, aloqa, 
yo’rdamchi xizmatlar serveri sifatida bo’lishi mumkin. 
Ro`yxatdan o`tish jarayoni
Ruyxatdan o’tish jaraeni WinNTServer da himoyani birinchi 
boshlanishidir. 
Bu jarayon Ctr+Alt+Delni bosish va taklif oynasi hosil bo’lishi bilan 
boshlanadi. Unda Welcome – Xush kelibsiz oynasi paydo bo’ladi. Unga kirish 
uchun, avvalo, Ctr+Alt+Deltologon ma’lumoti, so’ngra ikkinchi Welcome 
oynasi paydo bo’ladi. Unda Username (foydalanuvchi nomi) va password– 
parol kiritiladi. So’ngra OK tugmasi bosiladi. 
Bunda foydalanuvchining o’z nomi, ishchi stantsiyasi yoki domenning 
server nomi (kirishi lozim bo’lgan) xamda parolgp kiritiladi. Agar nom yoki 
parolgp noto’gri kiritilsa, unda sistema serverga kirish mumkin emasligi 
xaqida ma’lumot beradi. 
Agar yuqorida keltirilgan uchta komponentlar to’gri tanlangan bo’lsa, 
sistema foydalanuvchini identifikatsiya qilish (tanish) bosqichga o’tadi.
Sistema foydalanuvchi parametrlarini SAM (ximoyaning byudjet 
menedjeriga) uzatish yo’li bilan identifikatsiya qiladi. Sistema parolgp va 
nomni domendan foydalanuvchilar bazasida joylashgan ma’lumot bilan 
solishtiradi. Domen deb umumiy byudjet bazasiga va ximoyani amalga 
oshirishning yagona siyosati mavjud kompyuter majmui tushuniladi. 
Agar nom va parolgp ustma -ust tushsa, unda server ishchi stantsiyasini 
boxabar qiladi. Bunda server foydalanuvchi ega bulgan imtiyozlar va boshqa 
ma’lumotlarni xam inobatga olib qo’yadi. Agar foydalanuvchi byudjetga ega 
bo’lsa, ximoya qism sistemasi foydalanuvchiga taalluqli kirish markeri (belgisi 
) ob’ektini tuzadi. Unda ximoya idenfikatori (SID – securityID), foydalanuvchi 
nomi va u kiruvchi guruxlarning nomlari saklanadi.
Welcome oynasidaparolgp va nom kiritilishi bilan ximoyalanish jarayoni 
amalga oshiriladi. 


218 
V bob. Elektron tijorat, uni himoyalash muammolari 
24-Mavzu : Login va parolni buzish 
Reja: 
1. Login va parol tushunchasi 
2. Login va parolga ega bo’lish shartlari 
Login tushunchasi. Login – shaxsning, o’zini axborot kommunikatsiya 
tizimiga tanishtirish jarayonida qo’llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo’lib, 
axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo’lish uchun 
foydalaniluvchining maxfiy bo’lmagan qayd yozuvi hisoblanadi. 
Parol tushunchasi. Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida 
tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter 
bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi 
yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi 
maxfiy so’zdan iborat. 
Avtorizatsiya tushunchasi. Avtorizatsiya – foydalanuvchining resursdan 
foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda 
foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan 
huquqlar beriladi. Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan 
resurslarni belgilaydi. 
Ro’yxatdan o’tish tartibi. Ro’yxatdan o’tish foydalanuvchilarni 
ro’yxatga olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish 
jarayoni. Ayrim veb-saytlar foydalanuvchilarga qo’shimcha xizmatlarni olish 
va pullik xizmatlarga obuna bo’lish uchun ro’yxatdan o’tishni, ya’ni o’zi 
haqida ayrim ma’lumotlarni kiritishni (anketa to’ldirishni) hamda login va 
parol olishni taklif qiladilar. Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgandan so’ng 
tizimda unga qayd yozuvi (account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga 
tegishli axborotlar saqlanadi. 
Login va parolga ega bo’lish shartlari. Biror shaxs o’zining login va 
paroliga ega bo’lishi uchun u birinchidan axborot kommunikatsiya tizimida 
ruyxatdan o’tgan bo’lishi kerak va shundan so’ng u o’z logini va parolini o’zi 
hosil qilishi yoki tizim tomonidan berilgan login parolga ega bo’lishi mumkin.
Login va parollar ma’lum uzunlikdagi belgilar ketma-ketligidan tashkil 


219 
topadi. Login va parollarning uzunligi va qiyinligi uning qanchalik xavfsizligini 
ya’ni buzib bo’lmasligini ta’minlaydi. 
Login va parolni buzish. Login va parolni buzish – bu buzg’unchining 
biror bir maqsad yo’lida axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlaridan 
foydalanish uchun qonuniy tarzda foydalanuvchilarga tegishli login va 
parollarini buzishdir. Bunda maxsus dastur yordamida login va parollar 
generatsiya qilib topiladi. Login va parollarning uzunligi bu jarayonning uzoq 
vaqt davom etishiga yoki generatsiya qilaolmasiligiga ishora bo’ladi. 
Login va parolni o’g’irlash. Login va parolni o’g’irlash – bu 
foydalanuvchilarning mahfiy ma’lumotlari bo’lgan login va parollarga ega 
bo’lish maqsadida amalga oshiriladigan internet firibgarligining bir turidir. Bu 
mashhur brendlar, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, banklar va boshqa servislar 
nomidan elektron xatlarni ommaviy jo’natish yo’li orqali amalga oshiriladi.
Xatda odatda tashqi ko’rinishi asl saytdan farq qilmaydigan saytga 
to’g’ri ishorat mavjud bo’ladi. Bunday saytga tashrif buyurgan foydalanuvchi 
firibgarga akkauntlar va bank hisob raqamlariga kira olishga ega bo’lishga 
imkon beruvchi muhim ma’lumotlarni bildirishi mumkin. Fishing – ijtimoiy 
injeneriyaning bir turi bo’lib, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi 
asoslarini bilmasligiga asoslangan. Jumladan, ko’pchilik oddiy faktni 
bilishmaydi: servislar qayd yozuvingiz ma’lumotlari, parol va shu kabi 
ma’lumotlarni yuborishni so’rab hech qachon xat yubormaydi. 


220 
VI bob. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida ma’lumotlarni himoyalash
25-Mavzu: Tarmoqlararo ekranlashtirilgan texnologiya 
Reja: 
1. Tarmoqlar oraligi ekranlar haqida 
2. Tarmoqlararo ekranlarning asosiy tashkil etuvchilari 
3. Filtrlovchi marshrutizator
Tarmoq texnologiyasining keng ko‘lamda qo‘llanishi natijasida 
umumiy resurslardan foydalanish imkonini beruvchi lokal tarmoqqa 
kompyuterlar birlashtirildi. Kliyent-server texnologiyasining tatbiq etilishi 
esa bu tarmoqni taqsimlangan hisoblash muhitiga aylantirdi. Tarmoqning 
xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq qurilmalarining 
xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir tashkil 
etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi 
mumkin. 
Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari lokal tarmoqlarni 
global tarmoqqa - Internetga ulash imkonini berdi. Internetning 
rivojlanishi xavfsizlikni ta’minlashni dolzarb masalaga aylantirdi va 
Internetga ulangan tarmoq va tizimlarda, qanday ma’lumotlarga ishlov 
berilishidan qat’iy nazar, xavfsizlik vositalari bo‘lishini taqozo etadi.
Chunki, Internetning imkoniyatlaridan foydalanib, buzg‘unchi 
xavfsizlikni buzishni global masshtabda olib borishi mumkin. Internetga 
ulangan kompyuter tajovuz obyekti bo‘lsa, hujumni amalga oshirayotgan 
shaxsga uning qayerda (qo‘shni xonada yoki boshqa kontinentda) 
joylashgani katta ahamiyatga ega emas. 
Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni 
blokirovkalash uchun «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi 
dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi. Odatda, alohida 
ajratilgan va himoyalangan KT «tarmoqlararo ekran» orqali hamma 
foydalanadigan tarmoqqa ulanadi. Tarmoqlararo ekran himoyalangan 
KTga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan axborotlarni nazorat 
qilish uchun qo‘llaniladi. 
Tarmoqlararo ekran quyidagi to‘rtta funksiyani bajaradi: 
- ma’lumotlarni filtrlash; 
- ekranlovchi agentlardan foydalanish; 
- manzillarni translatsiyalash; 


221 
- hodisalarni qayd qilish. 
Tarmoqlararo ekranning asosiy vazifasi (kirayotgan yoki chiqayotgan) 
trafikni filtrlashdan iborat. Korporativ tarmoqning himoyalanganlik 
darajasiga qarab filtrlashning turli qoidalari o‘rnatilishi mumkin. Filtrlash 
qoidalari filtrlar ketma-ketligini tanlash orqali amalga oshiriladi. Ushbu 
filtrlar o‘zidan keyingi filtrga yoki protokol sathiga ma’lumotlarni 
uzatilishiga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi.Tarmoqlararo ekran filtrlashni 
kanallar, tarmoqlar, transport va amaliy sathlarda amalga oshiradi. Ekran 
qancha ko‘p sathni o‘z ichiga olsa, shuncha takomillashgan hisoblanadi. 
Tarmoqlararo ekranda, dasturiy vositachi vazifani bajaruvchi va 
subyekt va obyekt orasida ulanishni ta’minlovchi, so‘ngra axborotni qayd 
qilish va nazoratini amalga oshirib jo‘natuvchi, ekranlovchi agentlardan 
(proxy-serverlar) foydalaniladi. Ekranlovchi agentlarning qo‘shimcha 
vazifasi foydalanishga ruxsat berilgan subyektdan haqiqiy obyektni 
yashirishdan iborat. Ekranlovchi agentlarning o‘zaro aloqa ishtirok-
chilariga ta’siri yo‘q. 
Tarmoqlararo ekranning manzillarni translatsiyalash funksiyasi 
haqiqiy ichki manzillarni tashqi abonentlardan yashirish uchun 
mo‘ljallangan. Bu tarmoq topologiyasini yashirish va agar himoyalangan 
tarmoq uchun yetarli miqdorda manzillar ajratilmagan bo‘lsa, yanada 
ko‘proq 
sondagi 
manzillardan 
foydalanishga 
imkon 
yaratadi.Tarmoqlararo ekran maxsus jurnallarda hodisalarni qayd qilib 
boradi. Biror aniq talab bo‘yicha ekranni sozlash orqali jurnallarni yuritish 


222 
VI bob. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida ma’lumotlarni himoyalash 
26-Mavzu : Xususiy xavfsiz virtual tarmoqlari 
Reja: 
1. Virtual shaxsiy tarmoqlar 
2. Foydalanuvchi VPN ining afzalligi 
3. Foydalanuvchi VPN bilan bog’liq muammolar 
Ekran simmetrik emas. U «tashqi» va «ichki» tushunchalarini farqlay 
oladi. Ekran ichki sohani nazoratsiz va adovatli bo‘lgan tashqi muhitdan 
himoyasini ta’minlab beradi. Shu bilan birga ekran himoyalangan tarmoq 
subyektlari tomonidan ommaviy tarmoq obyektlaridan foydalanishni 
cheklashni ham ta’minlaydi. Foydalanishga ruxsat berilgan subyektning 
vakolatlari buzilgan holatda uning ish faoliyati blokirovka qilinadi va 
barcha kerakli ma’lumotlar jurnalga yozib qo‘yiladi. 
Tarmoqlararo ekranlarga quyidagi zamonaviy talablar qo‘yiladi: 
1. Asosiy talablar - bu ichki tarmoqning xavfsizlikni ta’minlash va 
tashqaridan ulanishlar va aloqa seanslarini to‘liq nazorat qilish. 
2. Ekranlovchi tizim tashkilotning xavfsizlik siyosatini oddiy va to‘liq 
yuritish uchun quvvatli va moslanuvchan boshqarish vositalariga ega 
bo‘lmog‘i darkor. 
3. Tarmoqlararo ekran lokal tarmoq foydalanuvchilariga s ezdir-
masdan ishlashi va ular tomonidan ruxsat etilgan amallarni bajarishlariga 
xalaqit bermasligi lozim. 
4. Tarmoqlararo ekran ko‘p miqdordagi murojaatlar bilan blokirovka 
qilib qo‘yishni va ishdan chiqishining oldini olish uchun, uning protsessori 
tez ishlay olish, pik rejimlarida kiruvchi va chiquvchi oqimlarni yetarli 
darajada samarali qayta ishlay olishga ulgurishi lozim. 
5. Xavfsizlikni ta’minlash tizimi har qanday tashqi noqonuniy 
ta’sirlardan himoyalangan bo‘lishi lozim, chunki bu ta’sirlar tashkilotning 
konfedensial ma’lumotlarini ochish kaliti bo‘lishi mumkin. 
6. Ekranni boshqaruv tizimi olisdagi filiallar uchun ham yagona 
xavfsizlik siyosatini yuritishni markazlashgan holda ta’minlash 
imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim. 
7. Tarmoqlararo ekran foydalanuvchilarning tashqi ulanishlari orqali 
foydalanishga ruxsat berishning mualliflashtirish vositalariga ega 
bo‘lmog‘i kerak. Bu tashkilot xodimlarini xizmat safarida ham tarmoqdan 
foydalanishlariga imkon yaratadi. 


223 
VI bob. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida ma’lumotlarni himoyalash 
27-Mavzu : VPN (Virtual shaxsiy tarmoq)tarmog’i 
Reja: 
1. Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlar 
2. VPN – mijoz, VPN – serveri
3. VPN xavfsizlik shlyuzi
Hozirgi paytda keng qo‘llanilayotgan optik tolali kabellar nur o‘tkazuv- 
chanlik xususiyati bilan farqlanadi. Optik tolali kabellarda plastmassa yoki 
kremniydan yasalgan tolalar nur o‘tkazmaydigan tashqi qobiq bilan o‘ralgan 
bo‘ladi. Ushbu aloqa vositasida elektr signallari nurga aylantirilib ma’lumot 
jo‘natiladi va teskarisi bajarilib axborot qabul qilinadi. Ushbu kabelda signal 
jo‘natish tezligi 3 Gbit/s ni tashkil qiladi. 
Dunyo hamjamiyati tomonidan to‘plangan barcha bilim manbalaridan to‘la 
foydalanish, kurrai zaminimizda ro‘y berayotgan voqea va hodisalardan hamda 
ilm-fan yangiliklaridan tezkor xabardor bo‘lish yoki ogoh etish uchun Global 
hisoblash to‘ri (GHT) dan foydalaniladi. 
GHT (WAN-Wide Area Network) bir necha 10 va 100 kv. km maydon 
hududlami birlashtiradi. GHT ichida axborot almashish - telekommunika- tsiya 
(grekcha tele - “uzoq” va lotincha communicato - “aloqa”) deb ataladi. 
Internet millionlab kompyuterlar vositasida lokal, hududiy va korporativ 
tarmoqlami birlashtirgan kommunikatsiyali to‘rdir. 
Zamonaviy kommunikatsiya vositalari tarkibiga yer usti radiorele uza- 
tuvchi stansiyalari va koinot sun’iy yo‘ldoshlari yordamida radioto‘lqinlar orqali 
amalga oshiriluvchi simsiz ma’lumot uzatish va qabul qilish qurilmalari kiradi. 
Tekislikdagi radioto‘lqinlami ko‘rish chegarasida har 50 km ma- sofada 
signallami kuchaytirish uchun retranslyatsiya stansiyalari orqali juda uzoq 
masofaga ma’lumotlar uzatiladi. Sun’iy yo‘ldoshlar o‘ta yuqori chas- totali 
radioto‘lqinlar bilan ish ko‘radi. Turli darajali orbitadagi kosmik stan- siyalar 
guruhlaridan keluvchi signallar yer yuzidagi parabolik antennalarda qabul 
qilinadi va kerakli manzillarga yuboriladi. 
Internet tizimida telekommunikatsiyaviy uzatish turli darajalarda amalga 
oshiriladi va foydalanuvchilaming o‘zaro aloqalari protokollar bilan tartibga 
solinadi. 


224 
VI bob. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida ma’lumotlarni himoyalash
28-Mavzu : Simsiz tarmoqlarda axborotlarni himoyalash 
Reja: 
1. Virtual himoyalangan kanallarni qurish 
2. Tarmoqlararo ekranlarning asosiy komponentlari

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling