Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/50
Sana17.10.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1705870
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Axborot xavfsizligi60

Uzish (raz’edinenie). Tizim resursi yo’q qilinadi, axborotdan foyda-
lanuvchanlik buziladi. Bunday buzilishlarga misol tariqasida uskunaning 
ishdan chiqishi, aloqa liniyasining uzilishi yoki fayllarni boshqaruvchi 
tizimning buzilishini ko’rsatish mumkin.
Ushlab qolish (perexvat). Resursdan ruxsat berilmagan foydalanishga 
yo’l ochiladi. Natijada axborotning maxfiyligi (konfidensialligi) buziladi. 
Bunday foydalanuvchilar fizik shaxs, dastur yoki kompyuter bo’lishi mumkin. 
Bunday buzilishlarga misol tariqasida ma’lumotlarni ushlab qolish maqsadida 
aloqa kabeliga ulanish va fayllardan yoki dasturlardan noqonuniy nusxa 
ko’chirishni ko’rsatish mumkin. 
Turlash (modifikatsiya). Resursdan nafaqat noqonuniy foydalanishga 
yo’l ochiladi, balki resurs buzg’unchi tomonidan o’zgartiriladi. Natijada 
axborotning yaxlitligi buziladi. Bunday buzilishlarga misol tariqasida fayldagi 
ma’lumotlar mazmunini o’zgartirilishini, dasturning vazifalari va 
xarakteristkalarini o’zgartirish maqsadida uni modifikatsiyalashni, tarmoq 
orqali uzatilayotgan axborotlar mazmunini o’zgartirilishini va h. ko’rsatish 
mumkin. 
Soxtalashtirish (falsifikatsiya). Tizimga soxta ob’ekt kiritiladi. Natijada 
axborotning asliga to’g’riligi buziladi. Bunday buzilishlarga misol tariqasida 


205 
tarmoq orqali yasama ma’lumotlarni uzatish yoki faylga yozuvlarni qo’shishni 
ko’rsatish mumkin.
Yuqorida keltirilgan buzilishlar passiv va aktiv xujum atamalari bo’yicha 
klassifikatsiyalanganida passiv taxdidga ushlab qolish (perexvat) mansub 
bo’lsa, uzish (raz’edinenie), turlash (modifikatsiya) va soxtalashtirish 
(falsifikatsiya) aktiv taxdidga mansub ekanligini ko’rish qiyin emas. 
Passiv xujumlar natijasida uzatilayotgan ma’lumotlar ushlab qolinadi 
yoki monitoring amalga oshiriladi. Bunda buzg’unchining maqsadi 
uzatilayotgan axborotni ushlab qolishdir. Passiv buzilishlarni ikkita guruxga 
ajratish mumkin: axborotlar mazmunini fosh etish va ma’lumotlar oqimini 
taxlil etish. 
Axborotlar mazmunini fosh etish nima ekanligi ma’lum. Telefon orqali 
suxbatda, elektron pochta axborotida yoki uzatilayotgan faylda muhim yoki 
maxfiy axborot bo’lishi mumkin. Tabiiyki, bunday axborot bilan bu axborot 
mo’ljallanmagan shaxslarning tanishishi maqbul emas. 
Ma’lumotlar oqimini taxlili mukammalroq xisoblanadi. Faraz qilaylik, biz 
axborot yoki boshqa uzatiluvchi ma’lumotlar mazmunini shunday 
maskirovka qilaylikki, buzg’unchi axborotni o’z ixtiyoriga kiritganida ham 
undagi axborotni chiqarib ololmasin. Ko’pincha axborot mazmunini 
maskirovka qilishda shifrlash qo’llaniladi. Ammo, axborot mazmuni shifrlash 
yordamida ishonchli tarzda berkitilgan bo’lsada, buzg’unchida uzatiluvchi 
ma’lumotlarning o’ziga hos alomatlarini kuzatish imkoniyati qoladi. Masalan, 
uzatuvchini va axborotlarni uzatishga ishlatiluvchi tugunlarni, axborotlar 
uzunligini va ularning almashinuv chastotasini aniqlash mumkin. Bunday 
axborot ma’lumotlar almashinuvidan ko’zlangan maqsadni aniqlashda juda 
ham qo’l kelishi mumkin. 
Himoyaning passiv buzilishlarini aniqlash juda qiyin, chunki ularda 
ma’lumotlarga qandaydir o’zgartirishlar kiritish ko’zda tutilmaydi. Ammo, 
bunday xil buzilishlarni oldini olishni amalga oshirsa bo’ladi. Shu sababli 
passiv buzilishlar xolida e’tiborni ularni aniqlashga emas, balki ularni oldini 
olishga qaratish lozim.
Aktiv xujumlar natijasida ma’lumotlar oqimi o’zgartiriladi yoki soxta 
oqimlar hosil qilinadi. Bunday buzilishlarni to’rtta guruxga ajratish mumkin: 
imitatsiya, tiklash, axborotni turlash (modifikatsiyalash), xizmat ko’rsatishdagi 
xalaqitlar. 


206 

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling