Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/50
Sana17.10.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1705870
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Axborot xavfsizligi60

 
Simsiz tarmoqlar infratuzilmasi. Simsiz tarmoq infratuzilmasi 
foydalanuvchilar va oxirgi tizimlarning o’zaro simsiz aloqalarinita’minlaydi.
Uni bazaviy stansiyalar, foydalanish kontrollerlari, ulanish o’rnatilishini 
ta’minlovchi ilovalarning dasturiy ta’minoti va taqsimlovchi tizim tashkil etishi 
mumkin. 
Bazaviy stansiya infratuzilmaning tarqalgan komponenti hisoblanadi. U 
xavo muhiti orqali tarqaluvchi simsiz tarmoq axborotsignallarining simli 
tarmoqqa uzatilishini ta’minlaydi. Bazaviy stansiyani ba’zida taqsimlovchi 
tizim deb ham yuritishadi. Demak, bazaviy stansiya Web-sahifalarni ko’zdan 
kechirish servislari, elektron pochta va ma’lumotlar bazasi kabi tarmoq 
xizmati yo’nalishidan foydalanishni ta’minlaydi. Bazaviy stansiyada ko’pincha 
simsiz tarmoq interfeysi platasi bo’lib, bu plata foydalanuvchi 
kompyuteridagi simsiz tarmoq interfeysi platasining ishlash prinsipidan 
foydalanadi. Bazaviy stansiya"nuqta-nuqta" yoki "nuqta-bir necha nuqta" 
kabi ulanishlarni madadlashi mumkin. 
 Xavo muhiti. Havo kompyuter qurilmalari va simsiz infratuzilmalar 
orasida axborot oqimini uzatish kanali hisoblanadi.Simsiz tarmoqlar orqali 
aloqani nutq orqali muloqotga o’xshatish mumkin. Agar suhbatdoshlar 
orasidagi masofa oshaversa, ular bir-birlarini yomon eshita boshlaydilar.
Simsiz tarmoqlarning axborot signallari ham xavo orqali tarqaladi
ammo o’zining xususiyati evaziga nutq signalariga qaraganda anchagina 
katta masofaga tarqalishi mumkin. Bu signallar odamga eshitil-maydi, 
shusababliularni, 
so’zlashgaxalaqitberishidanqo’rqmay, 
yanadayuqori 
sathlargacha kuchaytirish mumkin. Ammo aloqa sifati to’siqlarning 
mavjudligiga bog’liq. To’siqlar signallar tarqalishiga xalaqit qiladi yokiularni 
susaytiradi, natijada signallar sathi pasayadi, ularning tarqalishuzoqligi 
kamayadi. 
Yomg’ir, qor, tuman, tutun (smog) simsiz tarmoqlarda axborot 
signallarini tarqalishiga ta’sir etuvchi obi-xavo sharoitlari hisoblanadi.
Masalan, kuchli jala aloqa uzunligini ikki martaga kamaytirishi 


225 
mumkin.Binolar va daraxtlar kabi boshqa to’siqlar tarqalish sharoitlariga va 
simsiz tarmoq xarakteristikalariga ta’sir etishi mumkin. Simsiz regional va 
global tarmoqlarni joylashtirishni rejalashtirishda bu muammolarning 
muhimligi ortadi. 


226 
VI bob. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida ma’lumotlarni himoyalash 
29-Mavzu : Tizimga kirishni markazlashtirilgan usuli 
Reja: 
1. Tarmoqlararo ekranlarning afzalliklari va kamchiliklari 
2. Paketli filtrlar
SSL/TLS protokollari. himoyalangan ulanishlar protokoli - Secure 
Sockets Layer (SSL) Internet brauzerlarining xavfsizligi muammosini yechish 
uchun yaratilgan. SSL taklif etgan birinchi brauzer - Netscape Navigator 
tijorat tranzaksiyalari uchun Internet tarmog’ini xavfsiz qildi, natijada 
ma’lumotlarni uzatish uchun xavfsiz kanal paydo bo’ldi. SSL protokoli shaffof, 
ya’ni ma’lumotlar tayinlangan joyga shifrlash va rasshifrovka qilish jarayonida 
o’zgarmasdan keladi. Shu sababli, SSL ko’pgina ilovalar uchun ishlatilishi 
mumkin.
SSLo’zidan keying TLS (TransportLayerSecurity – transport sathihimg 
oyasi protokoli) bilan Internetda keng tarqalgan xavfsizlik protokolidir.
Netscape kompaniyasi tomonidan 1994 yili tatbiq etilgan SSL/TLS 
hozirda har bir brauzerga va elektron pochtaning ko’pgina dasturlariga 
o’rnatiladi. SSL/TLS xavfsizlikning boshqa protokollari, masalan, Private 
Communication Technology (PCT – xususiy kommunikatsiya texnologiyasi), 
Secure Transport Layer Protocol (STLP-xavfsiz sathning transport protokoli) 
va Wireless TransportLayer Security (WTLS – simsiz muhitda transport sathini 
himoyalash protokoli) uchun asos vazifasini o’tadi. 
SSL/TLSning asosiy vazifasi tarmoq trafigini yoki gipermatnni uzatish 
protokoli HTTPni himoyalashdir.SSL/TLS aloqa jarayonining asosida yotadi.
Oddiy HTTP-kommunikatsiyalarda TCP-ulanish o’rnatiladi, xujjat 
xususida so’rov yuboriladi, so’ngra xujjatning o’zi yuboriladi. 
SSL/TLS ulanishlarni autentifikatsiyalash va shifrlash uchun ishlatiladi.
Bu jarayonlarda simmetrik va asimmetrik algoritmlarga asoslangan turli 
texnologiyalar kombinatsiyalari ishtirok etadi. SSLTLSda mijozni va serverni 
identifikatsiyalash mavjud, ammo aksariyat hollarda server auten-
tifikatsiyalanadi.
SSL/TLS turli tarmoq kommunikatsiyalar xavfsizligini ta’minlashi 
mumkin. Protokolning juda keng tarqalishi elektron pochta, yangiliklar, 
Telnet va FTP (File Transfer Protocol - fayllarni uzatish protokoli) kabi 
mashxur TCP-kommunikatsiyalar bilan bog’liq. Aksariyat hollarda SSL/TLS 


227 
yordamida kommunikatsiya uchun alohida portlar ishlatiladi. 
SSH protokoli. Secure Shell protokoli, SSL/TLSkabi kommunikasiyalarni 
himoyalash uchun 1995 yili yaratilgan. O’zining moslanuvchanligi va 
ishlatilishining soddaligi tufayli SSH ommaviy xavfsizlik protokoliga aylandi 
va hozirda aksariyat operatsion tizimlarda standart ilova hisoblanadi.


228 
VI bob. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida ma’lumotlarni himoyalash 
30-Mavzu : Axborot butunligini ta’minlashning kodli nazorat usuli 
Reja: 
1. Himoyaning buzilishi 
2. Himoya mexanizmi 
3. Himoya xizmati
Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday 
kompyuterlarni xarid qilishdagi parametrlardan biriuning o’lchami. Noutbuk 
qanchalik kichkina bo’lsa, u shunchalik qimmat turadi.Boshqa tarafdan, 
noutbuk qanchalik kichkina bo’lsa, uni o’g’irlash shunchalik osonlashadi.
Shifrlash kalitlarining, masalan, WEP-kalitlar (WiredEquivalent Privacy), 
dasturiy kalitlar, parollar yoki shaxsiy kalitlarning (PGP, Pretty Good Privace 
kabilar) yo’qotilishi katta muammo hisoblanadiva uni ilovalar yaratilishi 
bosqichidayoq hisobga olish zarur. Niyati buzuq odam noutbukni o’z 
ixtiyoriga olganidan so’ng aksariyat xavfsizlik mexanizmlari buzilishi mumkin. 
Cho’ntak kompyuterlari. PDA(PersonalDigitalAssistans - "shaxsiy 
raqamli yordamchilar")ning ko’pgina xillaridan simsiz ilovalar bilan ishlashda 
foydalaniladi. Maxsus qurilgan PDAlarda tibbiyot, sanoat yoki aviatsiya 
ilovalari ishga tushiriladi. Cho’ntak kompyuterlari ham mavjud bo’lib, ularda 
simsiz aloqa uchun o’rnatilgan kartochka, shtrix kodlarning skaneri, xizmat 
muddati uzoq bo’lgan batareyalar yoki magnit hoshiyali kartalarni o’quvchi 
qurilma kabi qo’shimcha qurilmalar bilan birgalikda PalmOS yoki 
WindowsSEoperatsion tizim o’rnatilgan. Bunday kompyuterlardan 
foydalanish uchun maxsus texnik tayyorgarlik talab etilmaydi. Shunga 
o’xshash qurilmalarni yoki ilovalarni himoyalash ayniqsa murakkab masala 
hisoblanadi.
PDAdan foydalanishga xohish bildirgan xujum qiluvchi uchun undagi 
axborot kiritish mexanizmlarining barchasi nishon hisoblanadi. Undan 
tashqari, aksariyat cho’ntak kompyuterlari shunday ishlab chiqilganki, ularni 
ishlab chiquvchilari uchun ilovalardagi xatoliklarni osongina aniqlash yo’llari 
ta’minlangan. Xatoliklarni aniqlashda ishlatiluvchi interfeyslar niyati buzuq 
odamlar uchun haqiqiy "teshik" xizmatini o’tashi mumkin. 
Cho’ntak kompyuteri ishlaydigan axborotni himoyalash uchun 
axborotni cho’ntak kompyuterida emas, balki ma’lumotlarning xavfsiz rezerv 
bazasida saqlash lozim. Yana bir variant - JAVA tili ilovasidan yoki 


229 
foydalanuvchi uchun maxsus yaratilgan ilovalardan foydalanish. Bu holda 
axborot qurilmada saqlanmaydi, ammo, PDAning displeyida akslantiriladi.
Boshqacha aytganda, simsiz ilovalardan faqat simsiz tarmoqdan 
foydalanish mavjud bo’lgan joylarda foydalanish mumkin.
Aksariyat PDAlarda parol yordamida blokirovka va razblokirovka qilish 
imkoniyati mavjud. Bu usullarga butunlay ishonmaslik lozim, ammo ular 
niyati buzuq odamlarni vaqtincha tuxtatib turishi mumkin. Undan tashqari 
PDAni blokirovka qilish tizimi qurilmadagi ilovalardan yoki axborotdan niyati 
buzuq odamlarning foydalanishni qiyinlashtiradi. PDAning zarur bo’lmagan 
barcha funksiyalarini o’chirib quyish lozim, chunki har bir o’chirilgan kiritish 
mexanizmi bo’lishi mumkin bo’lgan xujumlar sonini kamaytiradi.
Cho’ntak kompyuterida muhim axborotni saqlash uchun shifrlashni 
qo’llash va unga qo’shimcha sifatida manbani ulash va ekranni blokirovka 
qilish uchun parollar o’rnatish tavsiya etiladi.


230 

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling